a 0p5 + a 1p4+ a 2p3+ a 3p2+ a 4p+ a 3=0 (4.13)
Bu erda
a0=Tj T'd Te Tp ;
a 1= Tj (T'd Te + T'd Tp+ Te Tp)+k2i h1 ;
a 2= Tj (T'd +Te + Tp)+ T'd Te Tp c2 k1i h1;
a 3= Tj +Te Tp c1+ T'd (Te +Tp ) c2 + kouTj +koi h1+ k2i h2;
a4= (Te + Tp) c1+ T'dc2+ k1i h2;
a 5=c1+kouc3+koih2;
h1=-Tj
h2=b1
(I, Id, Iq) koeffitsientlarga kiruvchi holat parametrlari sinxron generatorning vektor diagrammasidan aniqlanadi. Bu erda koi– generator statori tokining og’ish kanali bo’yicha kuchaytirish koeffitsienti [qo’zg’.birl../nom.tok birl.], k1i- stator tokining birinchi xosilasi kanali bo’yicha kuchaytirish koeffitsienti [qo’zg’.birl./nom.tok birl./sek.], k2i – stator tokining ikkinchi xosilasi kanali bo’yicha kuchaytirish koeffitsienti [quzg’.birl./nom.tok birl./sek2.]. Belgilab qo’yish lozimki, QAR-k da kuchlanish og’ishi bo’yicha kuchaytiruvchi koeffitsientlar qiymati kou=(100-200) [qo’zg’. birl./kuchlanish birl.] oralig’ida joylashgan.
Ko’rinib turibdiki, xarakteristik tenglamaning koeffitsientlari holat, sistema parametrlari va QAR kanallari bo’yicha kuchaytirish koeffitsientlariga bog’liq.
Keltirilgan munosabatlardan ko’rinadiki, qabul qilingan soddalashtirishlarda xarakteristik tenglama koeffitsientlari, xatto bitta generator mavjud bo’lganda, murakkablashadi va natijada ularni analitik tadqiq qilish mumkin bo’lmay qoladi.
Shu sababli, xususan qo’zg’atish tokini bir nechta holat parametrlari bo’yicha rostlash vaziyatlarida QARning optimal kuchaytirish koeffitsientlarini aniqlashda sonli usullar qo’llaniladi.
4.3-rasm. QAR turlicha bo’lganda burchak xarakteristikalari va sinxronlovchi quvvatlarni solishtirish
Mexanik elementlarda lyuftning mavjudligi ta’sirida va inersionlik ta’sirida paydo bo’luvchi sezmaslik sohasini hisobga olish, tenglamalarni tuzish va tahlil qilishni yanada murakkablashtiradi. Biroq, bu faktorlar generatorning turg’un ishlash shartlariga kuchli ta’sir etishi mumkin. Ularni noto’g’ri hisobga olish QARning noto’g’ri ishlashi natijasida sinxron generator turg’unligining buzilishiga sabab bo’lishi mumkin.
QAR-K ning mavjud bo’lishi burchak xarakteristikasining maksimumini oshiradi, chunki u Ug=const va XG = 0 sharti bilan ifodalanadi (4.3- rasm).
Sinov savollari
1. Qo’zg’atishni avtomatik rostlagichlarga ko’rsatilgan talablar.
2. Proporsional ta’sirli qo’zg’atishni avtomatik rostlagichlarni strukturaviy sxemasi.
3. Kuchli ta’sirli qo’zg’atishni avtomatik rostlagichlarni strukturaviy sxemasi.
4. SGning qo’zg’atishni avtomatik rostlagichlar tizimning qaysi parametrlariga ta’sir qiladi?
5. Qo’zg’atishni kuchaytirish koeffitsient bo’yicha tushuncha.
6. Har xil turdagi QARlar o’rnatilgan holda sinxron generatorning burchak xarakteristikalarini solishtirib tahlil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |