EQ – hisobiy e.yu.k.
Vektor diagramma xuddi yuqoridagidek P, Q, U larning berilgan qiymatlarida quriladi.
Holatlarni, xususan, turg’unlikni hisoblashda ayon qutbli generator hisobiy e.yu.k. EQ li fiktiv noayon qutbli generator bilan almashtiriladi, bunda energetik jarayonlar real mashinaning jarayonlari bilan bir xil bo’ladi. Bunda Xd fik.= Xq fik.= Xq xak . Fiktiv mashinaning P, Q, d kattaliklari real mashinaning kattaliklari bilan bir xil bo’ladi (5.5-rasm).
Hisobiy e.yu.k. orqali belgilangan generator quvvatini topamiz:
P=EQIq= . (5.14)
Generator berayotgan aktiv quvvat
5.6- rasm. Ayon qutbli generatorning vektor diagrammasi
Demak, real Eq bilan ifodalangan ayon qutbli mashinaning burchak xarakteristikasi ikkita sinusoidaning yig’in-disi shaklida bo’ladi, va xolanki Xd=Xq bo’lganda, ikkinchi qo’shiluvchi nolga teng bo’ladi, yani ayon qutblilik ikkinchi qo’shiluvchi bilan hisobga olinadi (5.7 rasm).
Ayon qutbli mashinaning quvvat formulasini E’q orqali ifodalaymiz:
5.7- rasm. Ayon qutbli generatorning burchak xarakteristikasi
Ayon qutbli generatorning shinasidagi reaktiv quvvat:
Endi barcha e.yu.k.larni bog’lovchi tenglamani tuzamiz. Vektor diagrammadan quyidagilarni yozish mumkin:
Uni (1.57) ga qo’yib, quyidagini xosil qilamiz:
Shunday qilib, vektor diagrammadan barcha zarur holat parametrlarini olish mumkin.
Sinxron generatorning xosil qilingan elektromagnit quvvatini va uning boshqa holat parametrlarini aniqlashning analitik ko’rinishi nafaqat elektr parametrlar, balki mexanik parametr – yuklama burchagi deb nomlanuvchi burchak bilan ham amalga oshirilgan. Ushbu xol mashinadagi elektromexanik o’tkinchi jarayonlarni – mashinaning turg’unligini sistemada turli tasirlar bo’lganda ham tadqiq etish imkonini beradi.
Etiborga olish kerakki, sinxron generatorlar rotori magnit oqimi vektorining fazoviy holati an’anaviy tuzilishlarda bo’ylama o’qda qo’zg’atish chulg’ami joylashishi bilan qattik bog’langan. Buning natijasida, ushbu holatni xarakterlovchi salt ishlash e.yu.k. Eq va sistema kuchlanishi Us orasidagi burchak rotorning mexanik inersionligi tufayli sakrab o’zgara olmaydi, shuning uchun ushbu burchak generator rotorining aylanuvchi o’q bilan sinxron xarakatini va uning turg’unligini aniqlovchi holatning asosiy parametridir.
Bu yerda quyidagilar kelib chiqadi:
- agar bo’lsa, =const bo’lib, bu erda p – rotorning aylanish tezligi turg’un holatda u sinxron tezlikka teng, ya’ni p=0.
- agar bo’lsa, u holda p0 , const bo’lib, u generator sinxron ishining buzilishi natijasida o’tkinchi jarayonlarning paydo bo’lishini bildiradi. Holatni tadqiq etib, natijada quyidagi bog’liqliklarni aniqlash mumkin:
=f(t), P=f(,t), U=f(t) va xokazo.
Shu bilan bir vaqtda boshqa burchaklar s, G, va xokazolar sakrab o’zgarishi mumkin, chunki ular mashinaning elektromagnit holatini belgilaydilar.
Salt ishlash e.yu.k. Eq mashina rotorining qo’zg’atish toki bilan bog’liq bo’lib, o’tkinchi holatda sakrab o’zgarishi mumkin, shuning sababli birlamchi yaqinlashishda e.yu.k. birdan o’zgaradi deb qabul qilish mumkin o’tkinchi e.yu.k. E' qo’zg’atish chulg’amining nat natijaviy to’la oqim ilashishiga bog’liq. nat oqim ilashishining doimiyligi nazariyasiga bog’liq holda aytish mumkinki, o’tkinchi jarayonning boshlang’ich momentida e.yu.k. E'q=const o’zgarmasdan qoladi. Ushbu tasdiq juda muhimdir, chunki u jarayonlarning holatni buzilishigacha va buzilishidan keyingi holatlarini bog’laydi.
Ayon qutbli generatorda EQ hisoblashlarni soddalashtiruvchi hisobiy kattalik bo’lib, ayon qutbli generatorning hisobiy sxemasiga kiritiladi. Bunda sodir bo’layotgan energetik jarayonlar real jarayonni ko’rsatadi.
Kursning boshqa materiallari bilan tanishishda ushbu bobning materiallariga bir necha bor murojaat qilamiz, chunki ular bazaviy materiallardir. o’quvchi – talabgor jarayonlarni fizikasini tushinishda bazi aniqliklari muhim bo’lgan bo’limlarni chuqur, mustaqil, qayta - qayta katta etibor bilan o’rganib chiqishi zarur deb hisoblaymiz.
Sinov savollari
1. Cheksiz quvvatli elektr tizim nimaligini tushuntiring.
2. Sinxron generatorlarning vektor diagrammalarini qurishdan maqsad.
3. Noayon qutubli generatorning vektor diagrammasi.
4. Noayon qutubli generator vektor diagrammasidan kelib chiqilayotgan asosiy tenglamalar.
5. Yayon qutubli generatorning vektor diagrammasi.
6. Ayon qutubli generator vektor diagrammasidan kelib chiqilayotgan asosiy tenglamalar.
7. Ayon va noayon sinxron generatorlarni burchak xarakteristikalarida farqi.
Do'stlaringiz bilan baham: |