Boshqarishning yuqori bosqichlari. Menejerlar yuqori lavozimlarga ko’tarilganlaridan so’ng ular faoliyati faqat tor vazifalarni hal etish bilan chegaralanib qolishi xavfi mavjuddir. Shuning uchun ularda kompaniya yoki firma faoliyatini strategik nuqtai nazardan baholash hamda barcha ishlarning ahvoli uchun mas’uliyatni o’ziga ola bilish sifatlarini shakllantirish katta ahamiyatga egadir. Korxona strategiyasini shakllantirish yoki uzoq muddatli strategik rejalashtirish bu bosqichga xos xususiyat hisoblanadi. Hamma ham bu ishning uddasidan chiqavermaydi. Strategik darajada samarali boshqaruv ham kasbiy, ham ma’muriy tajriba mavjud bo’lgandagina ta’minlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |