Personal to’g’risidagi nizomda korxona yoki tashkilotdagi mehnat va kadrlar munosabatlari, xodimlar mehnat sharoitlari shartlari qayd etiladi. Mazkur nizom mehnat jamoasi faoliyatini tashkil etishning asosiy masalalari: xodimlar mehnatiga haq to’lash, ta’tillar berish, xizmat safarlari, yangi ish joyiga o’tkazish, ishdan bo’shatish, rag’batlantirish va intizomiy jazo berish tartibi, xodimlar hamda rahbariyatning huquq va majburiyatlari, personalni boshqarishga oid boshqa masalalarni qamrab oladi.
Personal to’g’risidagi nizom korxona yoki tashkilot rahbariyati tomonidan tasdikdanadi va zarurat bo’lsa, mehnat jamoasi vakillari bilan kelishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |