1. Qisqa muddatli sarmoyalash. Ana shu siyosatni olib boradigan rahbarlar yuqori malakali ijrochilarni ishga yollab, o’qitadilar hamda ular mehnatiga yuqori ish haqi to’laydilar. Bu ijrochilar o’z lavozimlarida kutilgandek samarali faoliyat ko’rsatsalar, lavozimda yanada ko’tariladilar. Bunda kompaniya yoki firma o’zi xohlagan xodimlarga ega bo’ladilar. Bu xodimlar topshirilgan ishni sidqidildan bajaradilar, o’z faoliyatlarini mukammallik darajasigaetkazishga harakat qiladilar, zarurat tug’ilganda zimmalariga qo’shimcha mas’uliyatni ham oladilar. Korxonaning o’zida ana shunday yuqori malakali ijrochilar topilmasa, ular chetdan yollanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |