Tabaqalashtirish usuli. Mutaxassislar sifatlariga qo’yilgan ballar taqqoslanadi.
Juftlik taqqoslash usuli. Bunda attestatsiya qilinayotgan mutaxassis ism-sharifi avvaldan belgilab qo’yilgan tartibga asosan alohida varaqlarda qayd qilinadi. So’ng har bir mutaxassis faoliyati baholari boshqa ixtisosliklar baholanishi bilan taqqoslanadi. Bu belgilab qo’yilgan mezonlar bo’yicha juftlikda eng yaxshi ko’rsatkichga ega mutaxassisni aniqlash imkonini beradi.
Ball orqali erkin baholash usuli.
Mutaxassis amaliy sifatlarini grafik usulda baholash.
Koeffitsentli baholash usuli.
Yuqorida keltirilgan bu usullarni shartli deyish mumkin. Chunki amaliyotda har bir usul alohida-alohida emas, balki umumlashtirilgan holda qo’llaniladi.
Mutaxassis sifatlari to’g’risida ob’ektiv tasavvur hosil qilish uchun uning faoliyatini holis baholashda kamida 20-25 ta mezon tanlanishi talab etiladi. Bu sifatlar baholanishi (10.10- jadval) quyidagicha bo’lishi mumkin.
10.10-jadval
Mutaxassis kasb sifatlarini baholash
Do'stlaringiz bilan baham: |