Mehnatga akkord haq to’lash ishbay shaklining bir turi bo’lib, bunda mahsulot birligi sifatida buyum, ish va xizmatlar majmui olinadi. Bu buyum, ish va xizmatlar majmuiga mehnat va ish haqi xarajatlari kal’kulyatsiyasi tuziladi. Ya’ni bu usulda bevosita ishbay shaklidan farkdi ravishda, ish haqi miqdori hisobi mahsulot birligidan yirikroqtayyor mahsulot birliklari bo’yicha chiqariladi.
Mehnatga akkordli-mukofotli haq to’lash tizimida me’yor bo’yicha to’lanadigan ishbay haqqa mehnat natijalari va sifati (me’yoriy muddat qisqartirilganligi, mahsulotning yuksak sifati) uchun mukofot to’lanadi.
Akkord haq to’lashda ish haqining yuqori chegarasi bo’lmaydi. Xodimga o’zining vaqt birligi davomida bajaradigan ish miqdorini belgilash imkoniyatining berilishi akkord sharti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |