Partisipativ boshqaruv hamma bo’g’inlarda amalda ta’minlanishi darkor.
Xodimlarning turli toifalari o’zlarining boshqaruvidagi ishtirokiga turlicha talablar qo’yishlarini hisobga olish kerak. Masalan, ishchilar mukofotlarni taqsimlash, moddiy va ma’naviy rag’batlantirish uchun nomzodlar ko’rsatishni birinchi o’ringa qo’yadilar. Muhimligi jihatidan topshiriqlarni jamoa a’zolari o’rtasida taqsimlash, ish yakunlarini chiqarish, keyin esa ish rejalarini, malaka oshirish rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish ikkinchi o’rinda turadi.
Mutaxassislar esa birinchi o’ringa jamoa a’zolari nomzodlarini yuqori lavozimga ko’rsatishda o’z ishtiroklarini qo’yadilar. Moddiy va ma’naviy rag’batlantirish masalalarida ishtirok etish ularda kamroq qiziqish uyg’otadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |