Tashqi rag’batlantirish korxona, tashkilot tomonidan beriladi. Ish haqi, martabaning yuqorilashuvi, hamkasblar, rahbarlar tomonidan bildiriladigan maqtovlar va e’tiroflar, qo’shimcha to’lovlar, qo’shimcha ta’tillar, xizmat avtomobili, mukofotlar - shular sirasiga kiradi.
Mohiyat bo’yicha qiziqtirish nazariyalariga quyidagilarni keltirish mumkin.
S. Bernard nazariyasi. Ushbu nazariyaga muvofiq:
Korxona mehnat jamoasi a’zolari bo’lgan shaxslar o’zaro bir-birlariga bog’liqholda faoliyat ko’rsatadigan tizimni tashkil etadi.
Korxona o’z mehnat jamoasi a’zolariga rag’batlantirish orqali ta’sir ko’rsatadi, ana shu rag’batlantirish hisobiga xodimlar korxona maqsadlariga erishish uchun o’zlaridan talab qilinadigan mehnat ulushini qo’shadilar.
Xodimlarni rag’batlantirish ularning korxonaga qo’shayotgan hissalariga mos kelsa yoki bu hissadan ortiq bo’lsagina ularning mehnat samaradorligi yuqori bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |