Nazorat savollari:
1.Temperament tushunchasining mohiyatini asoslang?
2.Oliy nerv faoliyati tipi va temperament o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsating?
3.Temperament xususiyatlariga ta’rif bering?
4.Temperament tiplarining mohiyatini izohlang?
5.Faoliyatning indvidual uslubi va temperament o‘rtasidagi munosabatni aniqlang?
6.Temperament borasidagi psixologik nazariyalarning mohiyatini asoslang?
Darsning maqsadi va vazifalari: dars jarayonida o‘rganilayotgan mavzuning talablaridan kelib chiqqan holda talabalarga. Xarakter haqida tushuncha, shaxs xarakterining to‘zilishi, xarakter xislatlarining shaxs muloqotlari va faoliyatidagi roli, shaxsda ijobiy xarakter sifatlarini o‘stirishning asosiy shart-sharoitlari haqida tushuncha berish.
Shu bilan birga bahs va munozaralar davomida yoshlar ruhiyatida shaxsiy e’tiqodlarini shakllantirib, Vatan tuyg‘usini hosil qilish va tarbiyalashdan iborat.
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasida muammoning qo‘yilishi:
Uslubi.Suhbat–munozara, Klaster, FSMU texnologiyasi va “Muammoli vaziyat” texnologiyalaridan iborat.
Shakli. Nazariy mashg‘ulot, muammoli ta’lim elementlarini o‘z ichiga olgan noan’anaviy dars.
Vosita. Tarqatma materiallar, ma’lumotli xabarnoma blankalari va psixologiya fani metodlari
Talabalarni mashg`ulot bo`yicha baholash mezonlari:
Adabiyotlar bilan ishlash va konspekt qilish -1 ball
Individual va guruh bilan ishlash – 1 ball
Dars jarayonida savollarga javob berish dasturi.
Birinchi savolda: xarakter haqida umumiy tushuncha; xarakterning fiziologik asoslari; xarakterning xislatlari; xarakter xislatlarining tabiati; xarakterning tipik va individual xususiyatlari; yaxlit tushuncha sifatida xarakterning to‘zilishi, xarakterning axloqiy va irodaviy sifatlari haqida to‘xtalish kerak.
Ikkinchi savolda: shaxsning maqsadi xarakter komponentidir: psixik xolat va xarakter; xarakter va temperament; xarakter va iroda; xarakter va qobiliyatlarning o‘zaro aloqadorlik tomonlari tushuntiriladi
Uchinchi savolda: kishi xarakterining rivojlanishida ijtimoiy va tabiiy-tarixiy va ontogenetik omillarning roli: xarakter rivojlanishining yosh xususiyatlari; xarakterning shakllanishidagi asosiy shartlar; o‘quvchining o‘z-o‘zini tarbiyalashi haqida tushuncha beriladi.
Kutilayotgan natija:
O‘qituvchi. Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha talabalar tomonidan o‘zlashtirishiga erishish. Talabalar faolligini oshirish. Talaba–yoshlar ongi va qalbida olijanob maqsad va muddaolar hosil qilish. Har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish hamda jamiyatimiz manfaatlariga mos avlodni tarbiyalash.
Talaba. Yangi psixologik bilimlarni egallaydi. Guruh o‘rtasidagi munosabatlarni va jamoa bo‘lib ishlashni oprganadi. Dunyoqarashi kengayadi. Olgan bilimlarini amaliyotga tabiq etishni oprganadi. Talaba bugungi kun kopp omilli Shaxs bo‘lib shakllanishi asosida o‘zida psixologik bilimlarni shakllantiradi.
Amaliy mashg’ulotlar
1-ilova.
“Klaster” grafigi asosida o‘quvchining shaxsning individual psixologik xususiyatlari mavzusiga doir bilimlarini tizimlashtirish
1-topshiriq
Individuallik
Xarakter
Xarakter xususiyatlari
Amaliy mashg’ulotlar
2-topshiriq.
Xarakter tuzilishi
2-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |