Psixika – faol, maqsadga muvofiq jarayon. Idrok qilish, xotira, ong yoki psixomotorikaning o‘zini emas, balki shu kabi hodisalar, jarayonlar xos bo‘lgan insonning psixik faolligini namoyon qiladi. S.L. Rubinshteynning fikriga ko‘ra, psixikaning o‘ziga xos xususiyati uning individga, sub’ektga tegishliligidir. Boshqa xususiyati esa – sub’ektning psixikadan, ongdan mustaqil ob’ektga bo‘lgan munosabati. «Har qanday psixik hodisa boshqalaridan ajratilib, nimaningdir kechinmasi ekanligiga binoan, ma’lum kechinma sifatida belgilanadi, ichki tabiati uning tashqi olamga bo‘lgan munosabati orqali namoyon bo‘ladi»6. Psixikaning o‘ziga xosligi uning voqelikning haqiqiy tomoni ekanligi – haqiqiylik va mukammallik birliginining aksi ekanligidan iborat. Psixika – bu ob’ektiv olamning sub’ektiv tasviri. Psixika individning hulq-atvori va faoliyatida shakllanadi, rivojlanadi va namoyon bo‘ladi. SHunday ekan, psixikani ob’ektiv voqelikning insonning tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirini tartibga keltiruvchi ideal obrazlarda sub’ektiv aks etishi, deb ta’riflash mumkin mojno. Psixikaning mazmuni o‘zida psixik obrazlarnigina (his-tuyg‘uli va maqsadga muvofiq) emas, balki, obrazdan tashqari tarkibiy qismlarni – shaxsning umumqadriyatlarni nazarda tutib ish ko‘rishini, hodisalarning mazmun, mohiyatini, shuningdek, aqliy faoliyatni ham jamlaydi.
L.M. Vekkerning fikriga asosan, psixikaning empirik belgilari sifatida quyidagilar namoyon bo‘ladi: predmetlilik – obraz tashuvchining emas, balki, psixik obrazning yakuniy xususiyatlarini ob’ekt xossalarining atamalarida ifodalash; sub’ektlilik – psixik obraz yoki ko‘rinishda organning rivoji ko‘rsatilmagan taqdirda; tuyg‘ularga erishib bo‘lmaslik – obrazni emas, ob’ektning o‘zini ko‘ramiz; jonli mavjudotlar (hayvonlar)ning tirik organizmlarning xususiy shakli sifatidagi ichki sabab natijasida vujudga keladigan faolligi.
Shunday qilib, ilmiy tilda psixikani miyaning tashqi, shuningdek, ichki olamni aks ettirish va shu asosda harakatni, hulq-atvorni tartibga solish qobiliyati sifatida ta’riflash mumkin. M.I. Enikeevning ta’rifiga ko‘ra, inson psixikasi – bu umuminsoniy tajribani o‘zlashtirish asosida uning atrof-olam bilan faol o‘zaro ta’sirini ta’minlovchi aks ettirib-tartibga soluvchi faoliyati.
Psixikaning paydo bo‘lishini sxema tarzida quyidagicha tasavvur qilish mumkin: fizik, moddiy, voqelik jismoniy jarayonlar psixikada aks etishi (birlamchi va ikkilamchi obrazlar).
SHu asosda, hodisalar mustaqil fan hisoblanmish psixologiyaning predmeti bo‘lib xizmat qiladilar. Psixik hodisalar sifatida tuyg‘ular, fikrlar, istaklar, hislar, kechinmalarni o‘z ichiga olgan insonning ichki, sub’ektiv tajribasi qabul qilinadi. Bunday tajribaning asosiy xossasi bo‘lib bevosita sub’ektga taqdim etilganlik hisoblanadi bu esa: psixik jarayonlarning faqat o‘zimizda sodir bo‘libgina qolmasdan, balki, bevosita bizga ayon bo‘lishini anglatadi: biz faqat ko‘rib, his etib, fikrlab, xotirlab, istab qolmasdan, ko‘rishimiz, his etishimiz, fikrlashimiz va shu kabilarni bilamiz; intilib, ikkilanib yoki qaror qabul qilib qolmasdan, shu intilishlar, ikkilanishlar, qarorlar haqida bilamiz ham.
P
1.3. Psixologiyaning tuzilishi, psixologiya sohalariga psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni.
sixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo‘nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqazo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo‘lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va etakchidir.
Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo‘lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to‘la anglash va uning rivojlanib borish tendensiyalarini belgilashdagi o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo‘lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o‘zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga yordam beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |