E’tiborli kishilarning bahosi. Agar inson uchun qaysidir jihatdan e’tiborli kishi ( ayniqsa, uning o’zi altruistik xulqni tez-tez namoyon qilib tursa yoki ayni paytda altruistik harakatni kuzatayotgan bo’lsa) boshqa paytdagiga nisbatan altruistroq bo’ladi. Talaba o’zi uchun hurmatli bo’lgan o’qituvchisining yonida (agar bu o’qituvchi altuistik xulqni namoyon qiladiganlardan bo’lsa) boshqa paytdagidan ko’ra altruistroq bo’ladi.
Javobgarlikni his qilish. Kishi boshqalar yoki qonun oldida javobgarlikdan qo’rqib, o’zi istamasa-da, boshqalarga yordam beradi. Masalan ota-onadan qo’rqib uka, singillariga yordam berish. Qonun oldidagi javobgarlikdan qo’rqib mashinada urib ketgan odamni kasalxonaga olib boradi. Ba’zi talabalar guruhida guruhdagilarning ba’zilarigina altruistik bo’lsa, to’rtinchi kelib, butun guruh altruistik harakat qiladi va bir- birlari uchun qayg’uradi.
Taqlidchanlik. Har bir jamiyatda kishilar o’zini qanchalik ko’p altruistik tutsa bu holatga taqlid qiluvchilar ko’payadi. Agar altruistik xulqqa ega bo’lgan o’qituvchilar ko’p bo’lsa va bu xulqni ular talabalar oldida tez-tez namoyon qilsalar, talabalar ham albatta ularga taqlid qilishadi.
Jins farqi (simpatiya). Ko’pgina davlatlarda erkaklar ayollardan ko’ra kuchli jins sifatida tan olinadi. Bunday jamiyatlarda erkaklar ko’pincha jismoniy jihatdan ayollarga o’z yordamlarini taklif etadilar.
Yosh xususiyati. Barcha jamiyatlarda ham yosh bolalar yoki keksalarga nisbatan ko’proq altruistik xulq namoyon qilinadi. Chunki, ularning yoshidagilar yordamga ko’proq muhtoj bo’ladilar.
Kishining holati. Bunda yordam beruvchining va oluvchining ham holati nazarda tutiladi. Kishi o’zi qiynalib turganda o’zining holatidagi kishiga yordam qo’lini cho’zadi va g’amxo’rlik qiladi. Sessiyadan o’ta olmagan talaba o’ziga o’xshagan talabaga boshqa vaqtdagidan ko’ra mehribonroq munosabat bildiradi.
Kishining psixik xususiyatlari. Kishi qanchalik javobgar, g’amxo’r bo’lsa altruistroq bo’ladi. Aksincha, qahrli, egoist, qaysar, odamlarga befarq bo’lsa, undan altruizmni kutmasa ham bo’ladi.
Kishining dinga munosabati. Islom dini altruistic munosabatlarni targ’ib qiluvchi dinlardan biridir. Unga ko’ra musulmon musulmonga har qanday holatda ham yordam berishi kerak.
Agar xar qaysi shaxs o’ziga qilingan yaxshiliklarni doimiy ravishda o’zi uchun nazorat qilib borsa, bu o’zaro munosabatlarda yaxshi natija beradi. Laboratoriya eksperementi asosida shunday xulosaga kelganki, agar shaxs o’ziga qilingan yaxshilikka nisbatan javob qaytarish majburiyatini his qilmas ekan, o’zaro munosabatlarda egoizm shakllanadi. Mark Uotli o’z tadqiqotida shuni anglaganki, talabalar ularga konfet ulashib turgan guruhdoshlariga imtixondan o’tish uchun yordam berishgan. Ba’zi bir shaxslarda qilinayotgan yaxshilikni qaytarish imkoni bo’lmasa, uni qabul qilishga ham qo’rqishadi. Ko’rinib turibtiki, jamiyatda shaxs namoyon qiladigan xulqlar orasida egoezm va altruizm doimiy ravishda uchrab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |