Jonlantirish uchun savollar:
Muloqot tushunchasining mohiyatini izohlang?
Muloqot turlarining mohiyatining izohlang?
Muloqot vazifalari nimalardan iboratligining ko’rsating?
Muloqotning verbal vositalariga nimalar kiradi?
Muloqotning noverbal vositalariga nialar kiradi?
Muloqot shaxslararo o’zaro taьsir etish asosiy funktsiyalari nimalardan iborat?
6-ilova
Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi
1.Ma’ruza matnini o’qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo’yib chiqing:
V-bilaman
+ – men uchun yangi ma’lumot
–– men bilgan ma’lumotni inkor qiladi
? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo’shimcha ma’lumot
2.Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.
№
|
Mavzu savollari
|
V
|
–
|
+
|
?
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
5 MAVZU 5-DARS: MULOQOT
Reja:
Muloqot haqida tushuncha
Muloqotning kommunikativ tomoni
Muloqot kishilar o’rtasidagi o’zaro ta’sir etish
Muloqot kishilarning bir-birini tushunish
O’quv mashg’ulotining maqsadi: muloqot, muomala, muloqotning kommunikativ, interakti, pertseptiv tomonlari hamda muloqotning funktsiyalari, vazifalari haqidagi bilimlarni shakllantirish.
O’quv faoliyatining natijasi: Talabalarga muloqot, muomala, muloqotning kommunikativ, interakti, pertseptiv tomonlari va muloqotning funktsiyalari, vazifalari haqida dastlabki bilimlar berish hamda mazkur jihatlar psixologiya fanini o’rganish ob’ekti ekanligi asoslab berildi.
|
1-ilova
Baholash mezoni va ko’rsatkichlari
Guruhlar
|
Savolning to’liq va aniq yoritilishi 0-5 ball
|
Misollar bilan muammoga yechim topishi 0-5 ball
|
Guruh a’zolarining faolligi 0-5 ball
|
Jami ball
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
15-13 ball- “a’lo”
12-10 ball- “yaxshi”
15-13 ball- “qoniqarli”
2-ilova
Muloqot haqida tushuncha
Muloqotga umumiy tarzda quyidagicha ta’rif berish mumkin: muloqot – kamida ikki kishining o’zaro ta’sir jarayoni bo’lib, bu ta’sir davomida axborot almashinadi, munosabat o’rnatiladi, rivojlantiriladi. Muloqot tushunchasini kommunikatsiya tushunchasidan farqlash lozim. Kommunikatsiya-tirik va o’lik tabiatdagi tizimlar o’rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o’rtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi, bularning barchasi kommunikatsiyaga misol bo’ladi. Muloqot funktsiyalari xilma-xil bo’lib, eng keng tarqalgan tasnifga ko’ra, ya’ni B.F.Lomov tomonidan taklif qilingan bo’lib, u quyidagilardan iborat.
Informatsion-kommunikativ funktsiya – axborotalmashinuvini ta’min-lash vazifasi. Axborot almashinuvi turli belgilar tizimlari orqali amalga oshiriladi. Odatda verbal va noverbal kommunikatsiya farqlanadi.
Regulyatsion-kommunikativ funktsiyasi suhbatdoshlar xulq-atvorining regulyatsiya qilinishini ta’minlash vazifasi. Individlar muloqot jarayonida verbal yo’llar bilan bir-birining motivlariga, maqsadlariga, qaror qabul qilishiga ta’sir o’tkazishi, biror harakatga undashi va harakatini nazorat qilishi, bir-birining xulq-atvoriga stimullash-tiruvchi va korrektsiyalovchi tarzida ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Affektiv-kommunikativ funktsiya inson emotsional sohasining regulyatsiya qilinishini ta’minlash vazifasi. Muloqot inson emotsional holatlarining eng muhim determinatsiyasidir. CHunki turli tuman emotsional holatlar muloqot jarayonida paydo bo’ladi va o’zgaradi.
L.A.Karpenko taklif etgan tasnifga ko’ra, muloqotning quyidagi vazifalari ajratib ko’rsatiladi.
Aloqa o’rnatish vazifasi – suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun tayyorlash;
Informatsion vazifa– suhbatdoshbilan muayyan ma’lumotlar, fikrlar va rejalarni almashish;
Faoliyatga undash– suhbatdoshnibiror harakatni bajarishga stimul-lashtirish;
Koordinatsion vazifa– suhbatdoshbilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish va uni amalga oshirishda harakatlarni muvofiqlashtirish;
Tushunishni ta’minlash vazifasi– suhbatdoshningfikrlari va hissiyot-larini tushunish;
Amotiv vazifasi–suhbatdoshdamuayyan hissiyotlarni uyg’otish hamda ularni o’zgartirish;
Munosabat o’rnatish–munosabatlartizimidagi shaxsiy o’rnini, mavqeini aniqlash;
Ta’sir ko’rsatish– suhbatdoshningxulq-atvori shaxsiy xususiyatlari maqsadlari va ustanovkalarini o’zgartirish.
|
3-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |