Taqqoslash usullari ham bayon usullari guruhiga kiradi. Taqqoslash quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
etalon usuli. Ushbu usulda korxonadagi eng yaxshi mutaxassislar etalon sifatida qabul qilinadi. Firma mutaxassislari faoliyati ana shu etalon hamkasblari mezonlariga taqqoslash asosida attestatsiya qilinadi;
erkin yoki majburiy tanlov usuli. Mazkur usulda ham attestatsiya qilinayotgan mutaxassis sifatlari avvaldan belgilab qo’yilgan talablarga taqqoslanadi;
aralash usullar asosida ham bayon tamoyili yotadi. Lekin bu holda baholash miqdoriy ko’rsatkichlar yordamida amalga oshiriladi.
Ularga quyidagilar kiradi:
Baholarni jamlash usuli. Mutaxassisning baholangan sifatlari ballari yig’indisi asosida attestatsiya xulosasi chiqariladi.