Министерство высшего и среднего специального образования республики узбекистан



Download 2,96 Mb.
bet209/504
Sana11.01.2022
Hajmi2,96 Mb.
#344089
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   504
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Majburiy qiziqtirish. Bu ko’p jihatdan rahbar tomonidan qo’yilgan talablar xodim tomonidan bajarilmagan taqdirda xodimning qaysidir ehtiyojlarini qondirish yomonlashishi tahdidiga asoslangandir. Odatda bunday usul boshliq va unga bo’ysunuvchi xodim bo’lgan xizmat lavozimlarida ishlatiladi. Ushbu hol bu usulni innovatsiya sohasida qo’llash imkoniyatlarini toraytiradi. Ammo tezkor boshqaruvda majburiy qiziqtirish bir qator afzalliklari bilan mavjud muammolarni hal etishda qo’l keladi.

  • Bilvosita rag’batlantirish usuli. Bu usulda qiziqtirishni shakllantirish xodimga o’zi uchun qadrli deb hisoblagan narsani tanlash huquqi berilishi nazarda tutiladi. Faoliyatning turli sohalarida insonga o’zini qanday tutish lozimligi bo’yicha to’g’ri qaror qabul qilishga ijtimoiy-psixologik faoliyat modelini tuzish yordam beradi (9.10-rasm). Mazkur model’ ham shaxsiy, ham guruhiy xatti-harakatlar uchun tuzilishi mumkin.

    Inson faoliyati hamisha aniq, mavjud ehtiyojlar bilan bog’liq. Odamlar nimalargadir erishishga, nimalardandir esao’zlarini olib qochishga harakat qiladilar. Personalni qiziqtirish, bu xodimning mehnat faoliyati orqali ehtiyojlarini qondirish (ma’lum ne’matlarni olish)ga intilishidir. Mehnatga qiziqish tarkibiga:



    • xodim qondirishni xohlayotgan ehtiyoj;

    • bu ehtiyojni qondiradigan ne’matlar;

    • ne’matlar olish uchun zarur bo’lgan mehnat faoliyati;

    • mehnat faoliyati bilan bog’liq moddiy va ma’naviy xarajatlarni tashkil etadigan baho kiradi.

    Mehnatga qiziqish quyidagi hollarda shakllanadi:

    • boshqaruv sub’ekti ixtiyorida insonning ijtimoiy ehtiyojlariga bog’liq tegishli ne’matlar bo’lgan taqdirda;

    • ushbu ne’matlarga ega bo’lish uchun xodim zarur shaxsiy kuch-g’ayratini sarflashga tayyorligida.

    Mehnat faoliyati xodimga faoliyatining barcha boshqa turlaridan farqli o’laroq, ushbu ne’matlarni kamroq moddiy va ma’naviy xarajatlarsiz olish imkonini beradi.

    Mehnatga qiziqish mehnat faoliyati ne’matlariga ega bo’lishning yakkayu yagona bo’lmasada, asosiy shart bo’lgan taqdirdagina shakllanadi. Agar taqsimlash munosabatlarida mezonlar sifatida maqom tafovutlari (lavozim, malaka razryadlari, unvonlar va hokazolar), ish staji, muayyan ijtimoiy guruhga (faxriy, nogiron, urush qatnashchisi va hokazolar) mansublik qabul qilinsa bu hollarda erishilgan muvaffaqiyat, malaka razryadi, daraja, unvon olish, ish joyiga biriktirilish va hokazolar qiziqishlari shakllanadi. Bular esa xodim mehnat faolligini shart qilib qo’ymaydi. Chunki, ushbu narsalarga faoliyatning boshqa turlari orqali ham erishish mumkin.

    Har qanday faoliyat muayyan kuch-g’ayratni talab etadi va o’z bahosiga ega bo’ladi. Masalan, mehnat faoliyati jismoniy va ma’naviy kuch sarflari bilan o’lchanadi. Agar korxonada mehnat layoqatini tiklash uchun shart-sharoit bo’lmasa, mehnatning yuqori darajada intensiv bo’lishi xodimlarga ma’qul tushmasligi mumkin. Mehnatni tashkil etish yomon ahvolda, ishlab chiqarishdagi sanitariya-gigiena sharoitlari noqulay, ijtimoiy-maishiy soha rivojlanmagan bo’lsa, xodim kam ish haqi olsa ham kamroq ishlashni ma’qul ko’radi, ya’ni uning uchun intensiv mehnatning bahosi ma’qul kelmaydi.

    Qiziqish kuchi xodim uchun u yoki bu ehtiyojni qondirish zarurati bilan belgilanadi. Xodim u yoki bu ne’matga qanchalik katta ehtiyoj sezayotgan bo’lsa, unga egalik qilishga intilishi shunchalik kuchli bo’ladi, u shunchalik faol harakat qiladi. Agar muayyan ne’matni olish ko’p kuch-g’ayrat talab etmasa, yoki bu ne’matni olish o’ta qiyin bo’lsa, odatda unda bunga qiziqish shakllanmaydi. Yuqorida bayon etilgan ikki holatda ham xodim nofaol bo’ladi. Ana shunday vaziyatlar tez-tez takrorlanib tursa, mehnat faolligini istisno etuvchi fenomen paydo bo’ladi.


    Download 2,96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   504




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish