Transshaxsiy nuqtai nazarga ko‘ra, «Men-konsepsiyasi» hayot mazmuni muammosini hal etishga mas’ul bo‘lganligi, inson diniy qarashlari yoki ularning mavjud emasligi bilan bevosita bog‘liqligi sababidan muhimdir.
Har bir «Men» tamoyillar, mulohazalar, ahloqiy qoidalar, maqsadlar, motivatsiyalarning yaxlit tizimidir. Balki, har bir «Men» o‘z tiliga egadir. Bunday tillar qatoriga harakatlar, ishoralar, mazmunlar, ichki nutq tillari kiradi (7.2 rasm).
Umuman olganda, odamning nechtagacha «Men»i bo‘lishi mumkin? Keling, yuqorida keltirilgan ba’zi «Men»larni sanab o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |