XULOSA CHIQARISH - tafakkur formalaridan bo‘lib, bunda bir qancha hukmlar asosida ma’lum xulosa chiqariladi. Xulosa chiqarish induktiv, deduktiv, va anologik usullarga ajratiladi.
EVRISTIKA - samarali, maxsuldor ijodiy tafakkurni o‘rganuvchi fan.
TOPSHIRIQLAR
Tafakkur operatsiyalarini mazmuniga ko‘ra joylashtiring.
-
№
|
Tafakkur operatsiyalari
|
#
|
Mazmuni
|
1
|
Analiz
|
A
|
bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga o‘xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimi
|
2
|
Sintez
|
B
|
butunning uning qismlariga va elementlariga bo‘lgan munosabati aniqlanadi
|
3
|
Taqqoslash
|
C
|
ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o‘xshashligi va bir-biridan farqi aniqlanadi
|
4
|
Abstraktsiya
|
D
|
tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning, o‘xshash muhim belgilarning shu narsalar to‘g‘risidagi bitta tushuncha qilib, fikrda birlashtirish
|
5
|
Umumlashtirish
|
E
|
hodisalarni ichki bog‘lanish va munosabatlardan qat’iy nazar bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish
|
6
|
Konkretlashtirish
|
F
|
ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o‘rniga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi
|
7
|
Klassifikatsiyalash
|
G
|
moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo‘lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz
|
8
|
Sistemalashtirish
|
H
|
narsa va hodisalarning ajratilgan ayrim qismlarini fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz
|
Javoblar
|
1-
|
2-
|
3-
|
4-
|
5-
|
6-
|
7-
|
8-
|
Tafakkur sifatlarini ko‘rsating
-
№
|
Variantlar
|
Belgi uchun joy
|
1
|
Ko‘rgazmali-harakat tafakkur
|
|
2
|
Tafakkur mazmundorligi
|
|
3
|
Tafakkurning chuqurligi
|
|
4
|
Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur
|
|
5
|
Tafakkurning kengligi
|
|
6
|
konkret tafakkur
|
|
7
|
obrazli tafakkur
|
|
8
|
hukm
|
|
9
|
Tafakkurni mustaqilligi
|
|
10
|
yaqqol-predmetli tafakkur
|
|
11
|
Xulosa chiqarish
|
|
12
|
sermahsul tafakkur
|
|
13
|
Tafakkur ixchamligi
|
|
14
|
Tushuncha
|
|
15
|
Abstrakt tafakkur
|
|
16
|
Tafakkurning tezligi
|
|
17
|
nazariy tafakkur
|
|
Berilgan izohlarga mos raqamlarni jadvalning “raqamlar” qismigaga yozing.
№
|
Tushunchalar
|
№
|
Tushunchalar
|
Tafakkur
|
Raqamlar
|
1
|
sintez
|
6
|
abstraksiyalash
|
Tafakkur operatsiyalari
|
|
2
|
Induktiv
|
7
|
umumlashtirish
|
3
|
taqqoslash
|
8
|
analiz
|
Tafakkurning mantiqiy shakllari
|
|
4
|
hukm
|
9
|
xulosa
|
5
|
tushuncha
|
10
|
deduktiv
|
XAYOL
Xayol deb odamning ongida ilgaridan bor bo‘lgan vaqtli aloqalarning (assotsiatsiyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo‘shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi.
Xayol – obraz tasavvur yoki g‘oya shaklida yangi narsaning yaratilishi, ong faoliyati, ya’ni ilgari idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini mavjud tasavvurlar asosida miyada yaratishda ifodalanadigan faoliyatdir.
Xayol jarayonlari
Agglyutinatsiya – «elimlash» degan ma’noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi.
Giperbolizatsiya – obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida qismlarni o‘zgartirishdir.
Tizimlashtirish – o‘xshatish orqali ayrim tasavvurlarni ular orasidagi farqlarni silliqlash; tipiklashtirish-bir xil obrazlarni qaytarilishi bo‘lib, har bir davr uchun tipik bo‘lgan obrazlarni yaratish.
Aktsentlashtirish – ayrim belgilarni ta’kidlash orqali obrazlar yaratish.
Xayol turlari
Tasavvur xayoli deb o‘tmishda bo‘lib o‘tgan yoki hozirda bor bo‘lgan lekin bizning turmush tajribamizda shu paytgacha uchratmagan, ya’ni biz idrok qilmagan tasavvur va obrazlar yaratishga aytiladi.
Ijodiy xayol – deb tajribamizda bo‘lmagan va voqelikning o‘zida ham uchratmagan narsa va hodisalar haqida tasavvur hamda obrazlar yaratishdan iborat xayol turiga aytiladi.
Ijodiy xayolning maxsus turi orzudir. Orzu ijodiy xayolning, tilakning kelajakka qaratilgan shaklidir.
Ixtiyorsiz xayol deb – odam o‘zining oldiga hech qanday maqsad qo‘ymasdan, irodani ishga solmasdan, qandaydir o‘z-o‘ziga obraz va tasavvurlarni yaratishiga aytiladi.
Ixtiyoriy xayol jarayonlari betartib ravishda, emas balki muayyan bir jarayonda o‘tadi. Bu tartib odamning ehtiyojlari, maqsadlari, hissiyotlari fikr hamda maslaklari bilan belgilanadi.
Realistik xayol – turida voqelik aks ettiriladi, orzular amalga oshadi.
Fantastik xayol – amalga oshmaydigan xayol turidir.
Xayol sifatlari.
Kishilarning xayoli kengligi, mazmundorligi, kuchi va realligi, fantaziya boyligi jihatidan farq qiladi.
Xayolning realligi – voqelikni to‘g‘ri aks ettiruvchi xayoliy obrazlarning yaratilishi, geniylarni xayolining kuchi real xayoldir. Masalan, kosmosga uchish xayolni oldindan tasavvur etish.
IZOHLI LUG‘AT
AGGLYUTINATSIYA - mavjud obraz va tasavvur qismlarini bir-biriga "yopishtirib" qo‘shish asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat xayol faoliyati.
GIPERBOLIZATSIYA - predmetlarning ayrim qism- larini boshqa qismlariga nisbatan haddan tashqari kichraytirish yoki kattalashtirish asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat xayol faoliyati.
XAYOL - mavjud tasavvurlar asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat psixik aks etgirish jarayonlaridan bo‘lib, buni o‘zi ixtiyorsiz va ixtiyoriy, reproduktiv va ijodiy xayol turlariga ajratiladi.
OLDINDAN AKS ETTIRISH - psixik aks ettirish usullaridan biri bo‘lib, ma’lum jarayonning o‘sib rivojlanib borishini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini yaratadi. Oldindan aks ettirish mexanizmi P.K.Anoxin tomonidan kashf etilgan.
IJODIYOT - biror inson yoki kishilar jamoasining ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim yangi boyliklarni yaratishdan iborat faoliyatidir.
IJODIY XAYOL - ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi obrazlarni yaratishga qaratilgan xayol turlaridan bo‘lib, bu ijodiyotning asosini tashkil qiladi.
TOPSHIRIQLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |