Tafakkur sifatlari
Tafakkur mazmundorligi deganda insoning tevarak-atrofdagi moddiy voqelik to‘g‘risida ongda qay miqdorda, ko‘lamda mulohazalar, muhokamalar, fikrlar, muammolar, tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi.
Tafakkurning chuqurligi deganimizda moddiy dunyodagi narsa-hodisalarning asosiy qonunlari, qonuniyatlari, xossalari, sifatlari ularning o‘zaro bog‘lanishlari, munosabatlari, tafakkurimizda to‘liq aks etganligini tushunishimiz kerak.
Tafakkurning kengligi o‘zining mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlari bilan muntazam aloqada bo‘ladi. Insonlardagi narsa va hodisalarning eng muhim belgi, xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan o‘tmish yuzasidan, hozirgi davr haqida, shuningdek, kelajak to‘g‘risida mulohazalar, muammolar va tushunchalarni qamrab olgan tafakkur keng tafakkur deyiladi.
Tafakkur ixchamligi deganda muammoni hal qilishning dastlab tuzilgan rejasi mazkur jarayonda masala yechish shartini qanoatlantirmay qolsa, nomutanosiblik hosil bo‘lsa hech ikkilanmay elastik ravishda o‘zgartirishlar kiritishdan iborat fikr yuritish faoliyatini tasavvur qilmog‘imiz shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |