Organizmning yosh xususiyatlari va organlar hamda tizimlarning turli vazifalari. Organizm-
yaxlit bir tizim. Odamning o’sish va rivojlanishi. Organizmning atrof-muhit bilan aloqadorligi. Irsiy
kasalliklarning genezisi va ularni profilaktika qilish masalalari. YOsh organizmning o’sishi va
rivojlanishining o’ziga xosligi. Ichki sekretsiya bezlarining faoliyati. Garmonlar muhim biostimulyator
va regulyator sifatida. To’qima, organ va organizmlar vazifalarinnig gumoral boshqaruvi, organizmlar
hayot faoliyatida nerv tizimining ahamiyati. Har tomonlama taraqqiy etgan shaxsni tarbiyalashda
sog’lom turmush tarzining ahamiyati. Bolalar sog’lig’ini himoya qilishda oilaning o’rni. Sog’lom
organizmni ta’minlashda ovqatlanish kun rejimi va boshqa omillarning ahamiyati. Inson organizmining
jismoniy va ruhiy sog’lom bo’lishida gigiyenaning ahamiyati. SHaxsiy gigiyenaga quyiladigan talablar
va gigiyena me’yorlari.
3.5.3. Umumkasbiy fanlar
Pedagogika va psixologiya kursi
Psixologiya:
Umumiy psixologiya:
umumiy psixologiyaning ob’ekti, vazifalari. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy
fan sifatida. Psixika haqida tushuncha, psixikaning oriyentirovka qiluvchanlik va boshqaruvchanlik
vazifasi. Bosh miya va psixika. Psixika va ong. Psixologiya va falsafa. SHarq mutafakkirlarining
psixologik qarashlari. Psixika va ongni tahlil qilish prinsiplari. Hozirgi zamon psixologiyasiniig
tuzilmasi va uning prinsiplari. Psixologiyaning sohalari. Psixologiyaning metodlari va uning tahlili.
Faoliyatning psixologik tahlili. Motivlar va faoliyat.
Psixikaning taraqqiyoti. Motivatsiya va emotsiya psixologiyasi. Motivatsiya sohalarining umumiy
tuzilishi. Iroda psixologiyasi.
SHaxs psixologiyasi. SHaxs, individ, individuallik tushunchalari. Frustratsiya va shaxsning
istiqbol rejalari. Konformizm. Dunyoqarash va e’tiqod.
Muloqot psixologiyasi va nutq. Diqqat va uning turlari. Sezgi va idrok. Xotira va xayol. Tafakkur.
Muammoli vaziyat va uni hal qilish. Temperament, uning o’ziga xos xususiyatlari.
YOsh va pedagogik psixologiya:
yosh va pedagogik psixologiyaning predmeti, uning rivojlanish
tarixi, SHarq mutafakkirlarining qarashlari, yosh psixologiyasidagi maktablar, yosh psixologiyasining
o’rganish metodlari. Ta’lim mazmuni va psixik taraqqiyot, yoshning umumiy xarakteristikasi, yosh
taraqqiyotini davrlashtirish.
Maktabgacha yosh davri xarakteristikasi. Kichik maktab yoshi
davri psixologiyasi. O’smir psixologiyasi, o’spirin psixologiyasi. Ta’limni va bilimlarni o’zlashtirishni
boshqarish psixologiyasi. Ta’lim va aqliy taraqqiyot. Tarbiya metodlari va formalari. Bo’lg’usi
o’qituvchi shaxsi sifatlari. Pedagogik qobiliyat: nazariya va amaliyot.
Do'stlaringiz bilan baham: