Ministerium für hoch- und sekundäre sonderbildung der republik usbekistan urgench staatliche universität fakultät für ausländische filologie abschlussqualifikation projektarbeit



Download 4,4 Mb.
bet5/7
Sana21.07.2022
Hajmi4,4 Mb.
#832975
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shoira X

2.2. Tosh hovli haqida ma’lumot
Toshhovli, Olloqulixon capoyi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik. Olloqulixon qurdirgan (1830—38). Xalq ustalari Nurmuhammad, usta Toji va usta Qalandar Xivakiy tomonidan bunyod etilgan. T. 3 hovli, 111 ta xonadan iborat: Arz hovli (darvozasi gʻarbga), ishrat hovli (jan. ga), haram (darvozasi gʻarbga qaragan). Xorazm mahalliy turar joy meʼmorligiga xos uslubda, shahar tashqarisidagi qoʻrgʻonhovli koʻrinishida boʻlganligi uchun T. deb nomlangan. Atrofi baland devor (qalinligi 1,2— 1,5 m) bilan oʻralgan. Devor tepasi kungurali, darvoza yonlari guldastali. Dastlab haram bunyod etilgan (1830—32). Tarhi 80×42 m, hovlisi 49×15 m, jan. qismida 5 ta alohidaalohida ayvon (xon va uning 4 xotiniga moʻljallangan) bor, ulardan xonalarga dahlizlar orqali kiriladi. Qabulxona (ishrat hovli tarhi 43×36,5 m) haramning jan.sharqiy qismida qurilgan (1832—34). 3 yildan soʻng jan.gʻarbiy burchagida arz hovli (tarhi 35 × 40 m) qad rostlagan (1837—38). Har bir hovlida alohida xizmatchilar xonasi, xoʻjalik xonalari, otxona boʻlgan. Hovlilarda ayvonlar oʻziga xos uslubda joylashgan. Haramning janubida 2 qavatli bino oldiga baland qilib 1 ustunli ayvon ishlangan, arz hovli va ishrat hovlidagi binoning faqat 2qavatida 1 ustunli, panjara toʻsiqli ayvon bor. Hovli markazidagi doira shaklli supaga chodir oʻrnatilib mehmonlar kutilgan. T.ning tashqi tarzi bezaksiz, yaxlit devorli. Hovli atrofidagi ayvon va xonalar milliy meʼmorlik anʼanalari asosida pardozlangan. Devordagi ustungoʻshalar oraligʻiga namoyonlar ishlanib, choksiz koʻk va oq koshin qoplab, girih parchinlardan naqsh hosil qilib terilgan. Ishrat hovli va arz hovli devorlari namoyonlarga ajratilib, koʻk, oq va havo rang koshindan gilam nusxa mujassamot yaratilgan. Ayvon devorlaridagi girih va islimiy naqshlar orasidagi doira shakllar ichida arabiy yozuvlar uchraydi. Marmar poyustun va oʻymakori yogʻoch ustunlardagi doira shakllarda Ogahiyning Xiva xonlari tarixiga oid sheʼrlari, xon ayvonidagi sharqiy poyustunda 1832-yil va ishrat hovli katta ayvon poyustunida, arz hovli katta ayvon bezaklari orasida 1838-yil hamda usta Abdulla jin nomi saqlangan. T.dagi xonalar tomi toʻsinli, haram va ishrat hovli ayvonlari hovuzakli, xoʻjalik xonalari tomiga qamish bostirib loysuvoq qilingan, baʼzilari vassa shiftli. Xona ichki bezaklari ancha sipo, devor hoshiyalarida, shakldor taxmonlarda, shift osti sharafasi, muqarnas kosachalari ganchkori bezakda, mevali daraxt shoxi va gullar qora, koʻk va qizil tusda ifodalangan. T. (haram qismi)da Xiva "Ichan qalʼa" davlat tarixiymeʼmoriy muzeyqoʻriqxonasining hunarmandchilik muzeyi ekspozitsiyasi joylashgan.
Tosh hovli saroyi Olloqulixon tomonidan 1832-1838 yillarda qurilgan. Hozirgi kunda Tosh hovli saroyi 2 qismga bo‘lingan bo‘lib, birinchi qismi «Haram». Bu qismda 1987 yil «Hunarmandchilik» muzeyi tashkil topgan. Ikkinchi qism «Arzxona» bo‘lib, 2001 yil Mustakilligimiz sharofati bilan qaytadan ta’mir talab joylari ta’mirlanib, «Xorazm hunarmandchiligi» muzeyi sifatida ochildi va yanada chiroy ochdi. Hozirgi kunda ham o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Hozirgi kunga kelib Tosh hovli saroyida jami 591 ta eksponat mavjud bo‘lib, shundan 539 tasi asosiy fond, 52 tasi yordamchi fond. Muzey eksponatlarimiz ichida o‘ziga xosligi bilan chet ellik mehmonlarni va shu bilan birgalikda maxalliy mehmonlarimizni o‘ziga jalb qilayotgan Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz) ning 1876 yilga tegishli KP 1222 raqamli Foytun arvasi va XX asr boshlariga tegishli KP 4107 raqamli Mura tosh muzey ekspozitsiyasidan joy olgan.
Hozirda muzey ilmiy xodimlari tomonidan moddiy ma’daniy meros ob’ektlarini saqlash, o‘rganish, ommalashtirish maqsadida XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xorazm hunarmandchilik san’atiga oid ishlar ilmiy ish sifatida olinib, to‘plangan adabiyotlar o‘qib, o‘rganilib borilmoqda va shu bilan birgalikda Xorazm haqiqati, Xiva tongi gazetalarida maqolalar chop etilib kelinyapti.
Kelgusida moddiy va madaniy meros ob’ektlarini asrab avaylash, ularni chuqurroq o‘rganish va muzeybop ashyolarni yig‘ish, ilmiy jihatdan o‘rganish vazifalari belgilangan. Bu esa o‘z navbatida muzey ekspozitsiyasini yanada boyitib, chet ellik va mahalliy mehmonlarni «Hunarmandchilik» muzeyiga ko‘proq jalb qilishga xissasini qo‘shadi.
Qurilish sanasi 1830-38y.y.
Foydali maydoni. 120kv.m.
Sharq davlatlari hukmdorlari uchun yashash, xukmronlik qilish, mehmonlarni kutib olish davlat kuch-qudratini ko‘rsatish maqsadida qadim qadimdan muhtasham saroylar bunyod etish odat tusiga kirgan. Saroylar xon va ularning yaqinlari yashaydigan, davlat xizmatlari bajariladigan joy hisoblangan. Shu boiski, yaxlit me’moriy holda bizgacha etib kelgan. Xiva shahrida bir emas, bir nechta xon saroylari xamon mavjud. Ana shulardan biri – Olloqulixonning mashhur Tosh hovli saroyidir.
Me’morchilik ornamenti va monumental amaliy san’at sohasida xalq ustalari erishgan eng yaxshi yutuqlar haram devorlari bezagida o‘z ifodasini topgan. Ayvon devorlaridagi katta sirkor pannolarning o‘simliksimon gireh naqshlari, ulardagi bezaklar bir biriga uncha o‘xshamaydi. Ustunlardagi va eshiklardagi yog‘och o‘ymakorligi esa ayniqsa nafis bajarilgan.
Serhasham hovliga nisbatan qaznoq, dolon va bolaxonalar juda ham ko‘rimsizdir. Ochiq o‘choq dudlari qaznoqning devor va shiftlarini qoraytirib yuborgan. Xotinlar ayvonini xon turar joyi bilan birlashtiruvchi dolon faqat tepadagi tuynuklar bilan biroz yoritilgan. Ko‘rinishxona yoki arzxonaning xovlisiga borish uchun bir qancha yarim qorong‘i dolon-xonalarni bosib o‘tish kerak bo‘lgan.
Saroyning navbatdagi qurilgan joyi mehmonxona binosidir. Uning tuzilishi Tosh hovlidagi arzxonaga va Ko‘hna Arkdagi ko‘rinishxonaga o‘xshab ketadi. Tosh hovli saroyining haram qismida 1945-1983 yillarda tarix muzeyi joylashgan edi. 1976 yilda boshlangan ta’mirlash ishlaridan keyin haram hovlisida “Xorazm xunarmandchiligi” muzeyi ekspozitsiya qilib ochilgan. Bu ekspozitsiya hozirgi kunda ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tosh hovli saroyi yillar natijasida bir necha bor ta’mirlangan. Tosh hovli saroyining mehmonxona va arzxona qismlari 2001 yili qayta ta’mirlanib, sayohatchilarga namoyish qilish maqsadida ochildi. Ushbu hovlilarda “Devonbegi”, “Mirzo” va “O‘tov” interьerlari joylashgan
Xiva xonlarining saroyi - Tosh hovli bu XIX asr me’morchiligi namunasidir. U mahalliy me’morlar Tojiddin va Qalandar loyihasi bo‘yicha qurilgan. Qurilish 1831-yilda boshlangan va 10 yil davom etgan.
Katta inshoot 163 ta xonadan iborat va Polvon darvozasi yaqinida joylashgan. U an’anaviy dandanali qalin g‘isht devor bilan o‘ralgan. Chetlarida esa kichkina guldasta minoralari joylashgan.
Yotoqxonalardan tashqari xon qarorgohida xon mehmonlarni qabul qiluvchi xona – arzxona va ko‘ngil ochar tadbirlar o‘tadigan ishratxonalar ham mavjud edi. Xon oilasi va xizmatkorlardan tashqari saroyda a’yonlar ham hayot kechirishgan. Yana saroyda maxsus xona bo‘lgan, unda xon arzlarni ko‘rib chiqqan va qaror qabul qilgan. Qatlga hukm qilingan odamni maxsus yo‘lakdan olib borganlar.
Saroyning badiiy bezagi Xiva uchun odatiy moviy, och ko‘k va oq rangli koshinlar, keramik qoplamalar va naqshlarga boy. Hovlini nafis o‘ymakor yog‘och ustunlar bezab turadi. Xususan xon haramidagi ustunlar judayam go‘zal.
U Tosh hovlining yarmini egallar edi. Aslida bu bitta katta oilaviy hovli edi. U yerga kirish saroy a’yonlariga ham taqiqlangan edi.Bugun sayyohlar taqiqlangan hovlida bemalol sayr qilishmoqda. Hozirda ham ko‘p sonli xonalarning birida XIX asr oxiriga tegishli karetani ko‘rish mumkin.

U bilan qiziqarli voqea bog‘liq. Xiva xoni qishda rus shohining mehmoni bo‘lgan. Uni ajablantirgan holat bu Qishki Saroyning anchagina issiqligi bo‘lgan. Rus shohi unga saroy xonalarini kamin yordamida isitilishini tushuntirib beradi. Xon unga ham usta jo‘natishni so‘raydi. Kamin ustasi Xivaga yo‘l karetasida yetib keladi. Xoning rafiqalari bungacha kareta ko‘rmaganliklari sababli tarifga sig‘maydigan zavqqa kelishadi. Ishlar yakunlanganidan keyin rus ustasi uni xon oilasiga qoldirib ketish afzalligini tushunadi. Usta Rossiyaga har pochta bekatlarida almashtiriladigan aravada qaytadi. Xonning rafiqalari esa uni uzoq vaqt minnatdorchilik bilan eslashar va mamnuniyat bilan karetada hovli bo‘ylab sayr qilardilar.





Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish