Minimal ish haqi va muvozanat ish haqi


-rasm. Ish haqi to’lashning asosiy ikki shakli8



Download 0,68 Mb.
bet6/14
Sana25.02.2022
Hajmi0,68 Mb.
#464434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Minimal ish haqi va muvozanat ish haqi

2-rasm. Ish haqi to’lashning asosiy ikki shakli8


Vaqtbay haq to’lashda mehnatning asosiy normasi qonun tomonidan yagona tarzda belgilangan ish vaqti muddati bo’lib, bunda xodimning mehnat vazifalari ko’rsatiladi, u ish vaqti mobaynida xodimlar o’rtasidagi mehnat taqsimotiga asosan, ishlab chiqarishning tashkiliy-texnikaviy shart-sharoitlari bilan belgilangan ana shu vazifalari ado etishi lozim. Belgilangan normani bajarganlik uchun haq to’lasho’lchovi-tarif stavkasidir. Agar xodim normada nazarda tuilgan vaqtda kamroq ishlagan bo’lsa, unga tarif stavkasida kamroq haq to’lanadi. Bordi-yu, xodim ishlagan va muayyan mehnat vazifalariga ega bo’lgan vaqt belgilangan normadan ortib ketsa (bunga ish beruvchining roziligi kerak), uning mehnatiga to’lanadigan haq tarif stavkasidan yuqori bo’ladi.
Ishbay haq to’lashda asosiy mehnat normasi sifatida mahsulot ishlab chiqarish normasi namoyon bo’ladi. Bu norma ham qonun bilan belgilangan ish vaqti muddatidan kelib chiqib hisoblanadi. Xodimning asosiy mehnat vazifasini-normani bajarganligi uchun u tarif stavkasi miqdorida ish haqi oladi. Agar bu norma bajarilmasa yoki oshirib bajarilsa, xodimga to’lanadigan haq tegishli ravishda tarif stavkasidan kam yoki yuqori bo’ladi.
Iqtisodiy mohiyat nuqtai nazaridan, ish haqining ishbay va vaqtbay shakllari o’rtasida unchalik katta farq yo’qday tuyuladi: ularning har ikkalasi ham mehnat bozori tomonidan belgilangan ish kuchi (mehnat xizmati) bahosi va qonun bilan belgilangan ish vaqti muddatiga asoslanadi. Biroq, iqtisodiy adabiyotlarda vaqtbay haq to’lash shakli birlamchi, ishbay haq to’lash shakli undan paydo bo’lgan hosila haq to’lash shakldir, degan fikrni uchratish mumkin.
Mehnatga ishbay haq to’lash mehnat unumdorligining o’sishini va mahsulot miqdorini ko’paytirishni rag’batlantiradigan tizim hisoblanadi. Lekin, mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishni rag’batlantirish ish beruvchida mahsulot ishlab chiqarishni belgilangan me’yorlarini ko’paytirish, mazkur texnika darajasi va qo’llanilayotgan texnologiya sharoitida topshiriq yoki rejani oshirish real zarurati bo’lgandagina ijobiy natijalar berishi mumkin. Agar erishilgan natijaga nisbatan ish sifatining ortishi va mahsulot ishlab chiqarishning ko’paytirilishi ishlab chiqarish jarayoniga jiddiy texnikaviy va texnologik o’zgarishlar kiritgandagina mumkin bo’lsa, u holda mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun ishbay haq to’lash tizimini qo’llanish oqilona hisoblanmaydi.
Bildirilgan fikrlarga ko’ra, ko’pincha ayrim ishlarda mehnatga haq to’lashning ishbay usulini tatbiq etish mahsulot sifatining pasayishi, texnologik rejimlar va xavfsizlik texnikasi talablari buzilishiga yo’l qo’yiladi, shuningdek, xom-ashyo materiallar va energiya sarflashda ortiqchalik hollari sodir bo’ladi. Bu hol ko’pincha ishchilar har turli mahsulot ishlab chiqarganda, ishlab chiqarish uchastkasida muayyan miqdorda yaroqsiz mahsulot to’planib qolganda, sifatning yomonlashganligi yoki yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarilganligi aniqlanmaganda ro’y beradi.
Oddiy vaqtbay tizim xodimning ish haqini uning tarif stavkasiga yoki haqiqatda ishlangan vaqtiga qarab belgilaydi. Ana shunga muvofiq, tarif stavkalari: soatbay, kunbay, hamda, oylik stavkalar tatbiq etiladi.
Soatbay va kunbay tarif stavkalarini tatbiq etishda xodimning ish haqi miqdori quyidagi formula bilan belgilanadi:
Ub Ct Tq ,
Ub -vaqtbay haq to’lanadigan xodimning ish haqi (so’m); Ct -
bunda,
xodimning vaqt birligidagi tarif stavkasi (so’m); Tq-ishchining haqiqatda ishlagan vaqti (kun va soatlarda).
Oylik tarif stavkasini tatbiq etganda xodimning ish haqi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Ub Ct Tq ,
Tn
bunda, Ct -oylik tarif stavki; Tq-bir oy ichidagi haqiqatda ishlangan kunlar miqdori; Tn -bir oy ichidagi hisoblangan ish kunlari soni (taqdim fondidan dam olish va bayram kunlari chegirib tashalandi).
Rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish va boshqa sohalarda ish haqining xilma-xil tizimlari qo’llaniladi. Bu tizimlarning hammasi mehnatga haq to’lashning keng tarqalgan asosiy ikki turi-ishbay va vaqtbay haq to’lashga asoslanadi. Ishbay haq to’lash shakli yaqin o’tmishda ham ko’pgina korxonalarda keng qo’llanib kelingan, u vaqtda mashina-qo’l mehnati va qo’l mehnati ustunroq bo’ladi. Xuddi shu davrda mehnatni normallash keng joriy qilinib, normalarning ancha zo’r berishni talab qiladigan mashhur Teylor tizimi vujudga kelgandi. Biroq, sanoatda ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va ayniqsa, avtomatlashtirishning rivojlanib borishiga ko’ra ish haqini tashkil etishning ishbay shakli asta-sekin o’rnini vaqtbay shaklga bo’shatib bera boshladi. Hozirgi vaqtda mehnatga haq to’lashning vaqtbay shakli va uning tarkibiga kiruvchi vaqtbay–mukofotli shaklining salmog’i AQShda qariyb 70%, Buyuk Britaniyada taxminan 60%, Frantsiyada 80%ni tashkil etadi.
Ishchilar mehnatiga haq to’lashning xorijdagi asosiy tizimlarini tarixiy izchillikda quyidagi guruhlarga kiritish mumkin. Ana shunday tizimlarning birinchisi mehnatga haq to’lashning ishbay tizimi bo’lib, uni mashhur muhandistashkilotchi F.Teylor asrimiz boshlarida ishlab chiqqan. Bu tizimga ko’ra, haq to’lashning oddiy ishbay shaklidan farqli o’laroq, texnikaviy jihatdan asoslangan ishlab chiqarish normalarini uddalagan ishchilar mehnatiga oshirilgan tarif stavkalari asosida haq to’langan. Bu normalar bajarilmagan taqdirda tarif stavkasi birmuncha kamaytirilgan. Ko’rinib turibdiki, Teylor tizimi ishchilarda mehnat unumdorligini oshirishdan jiddiy moddiy manfaatdorlikni vujudga keltiradi, shu bilan birga, mazkur tizim mahsulot ishlab chiqarishning ancha qattiq jiddiy normalariga asoslangan bo’lib, ularni faqat malakali va tinimsiz ishlaydigan ishchilargina uzlkusiz mehnat jarayoni sharoitida oshirib bajarilishi mumkin.
Teylor tizimi va uning o’zgartirilgan shakllaridan, faqat AQShda emas, balki bir qator iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ham keng qo’llaniladi. Bu tizim asosida amerikalik olimlardan - K.Bart va D.Merriklar mehnatni normalashning murakkab tizimini va unga mos keladigan rag’batlantirish tizimini ishlab chiqdilar. Ishbay-mukofotli bo’lgan va ko’p jihatdan Teylor tizimiga o’xshash bo’lgan BartMerrikning mukofotlash tizimida nazarda tutilishicha, kam va o’rtacha malakaga ega bo’lgan ishchilar normalarni 60-80% atrofida bajaradi. Normalarning 83-100% oralig’ida bajarilishi moddiy rag’batlantirishga arziydigan yutuq hisoblanadi. Normalarning 100% dan oshirib bajarilishi hisob-kitob stavkasini 20% oshirish bilan rag’batlantiriladi, tegishli ravishda ishbay ish narxlari ham qayta ko’rib chiqiladi va ish haqi ham sezilarli ravishda ortadi. Bart-Merrik tizimida yana bir o’ziga xos qat’iy shart bo’lib, normani 60% bajarish quyi chegara hisoblanadi, bundan chetga chiqish ishchini yetarli malakaga ega bo’lmagan yoki muayyan mehnat vazifasini bajarishga layoqatsiz sifatida ishdan bo’shatishga olib keladi. Bu shart shartnoma-kontrakt tuzish chog’ida ishchiga ma’lum qilinadi.
Teylor va Bart-Merrik tizimining umumiy xususiyatlarini o’zida mujassam etgan Gant tizimi AQShda keng tarqalgan tizim hisoblanadi. U mehnat vaqtbay va ishbay haq to’lash shakllarining qo’shilishdan iborat bo’lib, unda mehnatga haq to’lash tizimi shartlari nazarda tutiladi:
-mahsulot ishlab chiqarishning texnikaviy asoslangan tig’iz normasi 100% gacha bajarilganda, mehnatga haq to’lash vaqtbay asosida, soatlik tarif stavkalari bo’yicha ishbay hisob-kitob stavkalariga nisbatan 10-15% kamaytirilgan holda amalga oshiriladi;
-mahsulot ishlab chiqarish normalari 100 va undan yuqori foiz bajarilganda mehnatga mahsulot birligi va ish birligi uchun belgilangan narxlar asosida ishbay haq to’lanib, bu narxlar to’liq ishbay hisob-kitob stavkalari asosida hisoblanadi (ya’ni vaqtbay haq to’lashga nisbatan 10-15% yuqori stavkalar bo’yicha);
-alohida aniq va mas’uliyatli ishlarni bajarganlik uchun hisob-kitob stavkalari 40% gacha oshirilishi mumkin.
Amerikadagi haq to’lashning asosiy tizimlari o’zining barcha o’zgarishlari bilan Yevropaning bir qator rivojlangan davlatlarida ham tatbiq etilgan. Buyuk Britaniyada qo’llaniladigan Atkinson va Ellingxemning haq to’lash tizimlarida Gant tizimi qoidalari o’zlashtirilgan bo’lib, faqat mehnatga haq to’lash mezonlari va shartlari turlichadir. “Atkinson tizimi bo’yicha mehnatga vaqtbay haq to’lashda texnikaviy asoslangan tig’iz normalarning 75% gacha bajarilishi nazarda tutiladi. Normani 100% qilib bajargan ishchi 105% ishbay haq, 138% vaqtbay stavka oladi. So’ngra belgilangan norma oshirib bajarilganda rag’batlantirishning boshqa shkalasi tatbiq etiladi. Normani oshirib bajarishning har bir foizi uchun hisob-kitob tarif stavkalarini 5%gacha oshirishni nazarda tutadi. Masalan, normalar 110% (10x5); 115% bajarilganda-75% (15x5), 120% bajarilganda-ikki baravar ko’paytiriladi. Ellingxem tizimi ko’p jihatdan Atkinson tizimiga o’xshaydi, lekin undan to’lovlari, ustama haqlari va ayrim rag’batlantirish shartlari bilan farq qiladi. Bu tizimga muvofiq, mehnatga vaqtbay haq to’lash ishlab chiqarish normalari 80% gacha bajarilganda amalga oshiriladi. Ishchi belgilangan normani 100% qilib bajarganda, mehnatga haq to’lash ishbay ishlovchining to’liq stavkasi bo’yicha amalga oshiriladi va bundan tashqari bu stavkaning 80% miqdorida ustama haq to’lanadi. Ellingxem tizimida belgilangan normalar 100% dan oshirib bajarilgan taqdirda, mehnatga haq to’lashning ikkinchi, ortib boruvchi shkalasi amal qiladi, uning shartlariga muvofiq, ishbay ishlovchilarning hisob-kitob stavkalari oshirib bajarilgan normaning har bir foizi uchun taxminan 2,5% oshiriladi. Masalan, norma 10% oshirib bajarilganda stavka hisob-kitob stavkasidan 35% yuqori (10-10x25) bo’ladi, agar norma 20% oshirib ado etilsa, stavka 60% (10-20x2,5) ko’paytiriladi. Biroq, shu narsani yana bir bor ta’kidlash joizki, Atkinson tizimida ham, Ellingxem tizimida ham, Teylordan keyingi barcha haq to’lash tizimlarida bo’lganidek, nihoyatda tig’iz (jiddiy) normalar tatbiq etiladi, ularni, faqat yetarli malakaga ega bo’lgan xodimlargina bajara oladi, oshirib bajarishni eng katta tajribaga ega bo’lgan ayrim ishchilargina uddalay oladi.
Frantsiyada 20-yillardan e’tiboran Bedo tizimi keng tarqala boshlandi. Bu tizim mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan ishlab chiqarishda band bo’lgan ishchilarning mehnatga haq to’lashni normalash va tashkil etish uchun mo’ljallangan edi. Mazkur tizimning mohiyati shundaki, unda mehnatni normalashning alohida metodi tatbiq qilinib, mehnat sarflari Bedo-birliklar deb ataluvchi maxsus birliklarida o’z ifodasini topadi. Bedo-birlik deganda shunday o’z ishini yaxshi o’zlashtirib olgan malakali ishchi uni bir daqiqa ichida bajarishi lozim bo’lgan ish tushuniladi. Unumdorlik normasi bir soatda 60 bedo-birlikka, sakkiz soatlik smenada esa 480 bedo-birlikka tengdir. Bedo tizimida mehnatga haq to’lash aralash tarzda bo’ladi: normalarni bedo birliklarda 100% gacha bajarganda-vaqtbay haq to’lash, normalarni 100% dan oshirib bajarganda-ishbay haq to’lash joriy etiladi. Tarif stavkalari ishlarga tahliliy baho berish asosida belgilanadi. Bu maqsadda maxsus shkala ishlab chiqilgan bo’lib, unda ishning murakkabligini, talab qilinadigan malaka darajasi, texnologiya xususiyatlari va hokazolarni nazarda tutuvchi 26 omil, shuningdek, xodimning o’ziga qo’yiladigan va ballarda ifodalangan talablar hisobga olingan. Masalan, ishchining mehnatiga balli baho berish quyidagi omillar bo’yicha amalga oshiriladi:
-bilim, amaliy tajriba, mahorat-0,28 ball;
-javobgarlikni his etish-0,16;
-ishlab chiqarishda tavakkal qilish qobiliyati-0,10;
-psixofiziologik zo’riqish-0,10;
-xodimning aqliy yetukligi mahorati, izlanuvchanligi va tashabbuskorligi-
0,20
-xodimning axloqiy sifatlari-0,40
Barcha ballar yig’indisi bo’yicha ishchining shaxsiy razryadi, razryadiga qarab esa soatlik tarif stavkasi aniqlanadi.
Yaponiya firmalarida xodim mehnatiga haq to’lash darajasi uning mehnatga iqtisodiy rag’bati natijalari bilan bog’lanmay, balki bevosita, uning hayotiy ehtiyojlarini qondirish orqali amalga oshiriladi. Ish haqining miqdori, “ish kuchini qayta tiklash hayotiy qikli” kontseptsiyasi asosida aniqlanadi, bunda xodim hayotining turli davrlaridagi ehtiyojlari darajasiga asoslanadi. “Umrbod ish haqi” ning mohiyati shundan iboratki, yapon firmasida faqat mehnatning o’zi emas, balki xodimning butun ijodiy imkoniyatlari rag’batlantiriladi. Oylik ish haqi yiliga ikki marta to’lanadigan mukofotlar bilan to’ldiriladi. U belgilangan ish vaqti uchun beriladigan tarif ish haqidan va ishdan tashqari qilingan ish uchun beriladigan qo’shimcha haqlardan iboratdir. YApon korxonalarida tarif stavkalarining uchta asosiy turi: shaxsiy, mehnat va umumlashgan stavkalari tatbiq etiladi.
Shaxsiy stavka xodimning yoshi va skabi shaxsiy sifatlaridan kelib chiqib nomlangan, yosh va staj tarif setkasiga stavkani aniqlash mezonlari sifatida kiritiladi. Bu stavka yosh va stajga haq to’lash summasini o’z ichiga oladi. Bunday tarif setkasi xodimlar ma’lumotining uch darajasiga: to’liqsiz, o’rta va oliy ma’lumotga nisbatan ishlab chiqiladi, ya’ni bu shaxsiy stavkani aniqlashning yana bir mezoni bo’ladi. Shunday qilib, shaxsiy stavka asosida uch mezon: tajriba, yosh va ma’lumot yotadi. Mehnat tarif stavkasi xodimlarning malaka darajasini va ular mehnatining natijalarni hisobga oladi. Mehnat tarif stavkalariga xizmat vazifalarini bajarganlik, malaka, xizmat vazifalarini birga qo’shib bajarishganlik va hokazolar uchun stavkalar kiradi. Ishchilar va xizmatchilarning mehnat hissasi bevosita rahbarlar qo’yadigan baholar asosida har yilgi attestatsiyalarni o’tkazish usuli aniqlanadi. Ish natijalari uch balli tizim bo’yicha baholanadi. Bu bahoga muvofiq, xodim tarif stavkasi vertikali bo’yicha bir, ikki yoki uch qator oldinga o’tkazilishi mumkin. Baho qo’yishda normalarning bajarilish darajasi, mehnatning sifat ko’rsatkichlari, vazifalarga bo’lgan munosabat, hamkasblar bilan ishlay olish, ular bilan o’zaro munosabatlarning umumiy xarakteri hisobga olinadi.
Umumlashgan stavka shaxsiy stavka va mehnat tarif stavkalarining birga qo’shilishidan yuzaga keladi. Hozirgi vaqtda yapon kompaniyalarida 70% ortiqroq hollarda umumlashgan tarif stavkalaridan foydalanadi. Yapon firmalarida turlituman tarif stavkalari, masalan mahsulot uchun, malaka uchun stavkalar, transport, oilaviy ustama haqlar va hokazolardan foydalaniladi. YApon xodimlariga mukofotlar (bonus), odatda, yiliga ikki marta, yilning iyun va dekabr oylarida firma faoliyatining yarim yillikdagi yakunlari chiqarilganda to’lanadi. Bonuslar ulushi o’rta hisobda yapon xodimi yillik ish haqining deyarli chorak qismini tashkil etadi.















Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish