201. S: Futbol o‘yini texnikasi haqida nimani bilasiz?
J: Futbol o‘yinidagi futbolchining texnikasi ikki xil bo‘ladi. To‘psiz hamda to‘p bilan harakatlanish. Masalan, to‘psiz – harakatlanishga o‘yinchining har xil holatda yugurish, chalg‘ituvchi harakatlar. To‘psiz himoyalanish usullari.
To‘p bilan chiroyli muomala. To‘pni tepish mahorati, bosh bilan o‘ynash, to‘pni raqibdan chiroyli olib qo‘yish, to‘pni aniq to‘xtata bilish mahorati.
202. S: Futbolda “Dubl-Ve” sistemasi deganda nimani tushunasiz?
J: “Dubl-Ve” sistemasi deganda 3 himoyachi 2 ta yarim himoyachi 5 ta hujumchi tushuniladi.
203. S: 1-4-2-4 sistemasi deganda nimani tushunasiz?
J: Bunda 4 ta himoyachi 2 ta yarim himoyachi, 4 ta hujumchi. Hujum paytida 2 ta yarim himoyachi hujumchilarga hamda himoyachilarga yordam beradi. Demak, hujum va himoyada bir vaqtni o‘zida 6 ta futbolchi ishtirok etadi.
204. S: “Otish” sport turidan qanday tushunchaga egasiz?
J: Bu pnevmatik hamda o‘q otish qurollaridan devorga o‘q otish turidan iboratdir. O‘q otish sportida sportchilar nishonga otishdan iboratdir. Musobaqalar quyidagi o‘q otar qurollarda o‘tkaziladi. Masalan, “kichik kalibrli” tez otar pistolet – og‘irlig 1260 g, 5,6 mm kalibrli, uzunligi 300 mm, balandligi 50 mm.
Kichik kalibrli o‘q otish miltig‘i – og‘irligi 8 kg qo‘ndoq uzunligi 20 sm, bunda alohida “nishonga olish” asbobidan foydalanish mumkin emas.
“Devorga otish” ya’ni devordan nishonni otish uchun 2 stvolli yoki 1 stvolli avtomatik ravishda o‘qlanadigan miltiqdan otiladi.
Harakatdagi nishonni otish uzun 5,6 mm kalibrli, og‘irligi 4,9 yoki 5 kg gacha o‘q otish quroliga ruxsat beriladi. Bu otishda maxsus optik asbobdan foydalanishga ijozat beriladi.
Pnevmatik miltiqdan otish – kalibri 4,5 mm og‘irligi 5 kg – undan tashqari pnevmatik pistolet og‘irligi 4,5 kg uzunligi 420 mm balandligi 200 mm eni 50 m li. Maxsus optik asbobdan foydalanishga ruxsat borilmaydi.
Kichik kalibrli “standart” miltiq – kichik kalibrli standart miltiqning kalibri 5,6 mm og‘irligi 5 kg.
Erkin tanlanadigan miltiq – bu katta kalibrli 8 mm ozi. Hozirda 6,5mm, og‘irligi 8 kg.
Standart miltiq (oldingi armiyachilar miltig‘i) u oldingi miltiqlardan kalibrini kattaligi jihatdan farq qiladi (8 mm), og‘irligi 4,7 kg.
Kichik kalibrli standart pistolet – uning kalibri 5,6 mm, og‘irligi 1,4 kg, stvol uzunligi 153 mm.
Otish joyi (strelbiщe) odamlar va hayvonlar hayotiga xavf soladigan bo‘lmaydigan erkin zonada yoki yer ostida bo‘lishi lozim. Eni 50 m yoki 25 m.
Kichik kalibrli miltiq – bunday miltiqlardan otish musobaqasi maxsus tirlarda o‘tkaziladi. O‘q otish joyidan nishongacha masofa 50 m.
Pistoletdan otish musobaqalari 50 hamda 25 metrlik tirlarda o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |