Mineralogiya


Plagioklazlarning kimyoviy tarkibi



Download 1,54 Mb.
bet105/127
Sana13.09.2021
Hajmi1,54 Mb.
#173025
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   127
Bog'liq
MINERALOGIYA

Plagioklazlarning kimyoviy tarkibi

(% hisobida, A.G.Betextin bo`yicha)

25-jadval



Tarkibi

¹0

¹25

¹50

¹75

¹100

Na2O


10,76

8,84

5,89

2,92

-

CaO

-

5,03

10,05

15,08

36,62

Al2O3

19,40

23,70

28,01

32,33

36,62

SiO2

68,81

62,43

56,05

49,67

43,28


Plagioklazlar triklin singoniyali, simmetriya ko`rinishi pinokoidal, tabletkasimon, yoki tabletkacha-prizmatik qiyofaga ega. Odatda murakkab polisintetik qo`shaloq kristallari keng tarqalgan, oddiy qo`shaloq kristallari kam.

Rangi xilma-xil, oq, kulrang, ba`zan yashilroq, ko`kimtir, ba’zan qoraroq, shishadek yaltiraydi, qattiqligi 6-6,5 ulanish tekisligi (001) va (010) bo`yicha mukammal, ularning solishtirma og`irligi albitda 2,61 va anortitda 2,77. Ular magmatik jinslarda keng tarqalgan jins hosil qiluvchi mineral deyiladi. Bulardan tashqari, kristallik slaneslar va rogoviklar tarkibida piroksen, amfibol va sludalar bilan bir assotsiatsiyada uchraydi.


Kaliy-natriyli dala shpatlari
Kaliy-natriy dala shpatlari nordon, o`rta va ishqorli magmatik jinslar uchun mansub minerallar hisoblanadi. Ximiyaviy tarkibiga binoan kaliyli, dala shpatlari (ortoklaz, mikroklin) K[AlSi3O8] va natriyli alьbit Na[AlSi3O8]larning bir-birlari bilan turli munosabatdagi qattiq izomorf aralashmalarini hosil qiladi. Kaliyli dala shpatlari ichki tuzilishiga ko`ra monoklin-sanidin, ortoklaz va triklin-mikroklin va anortoklaz qatorlarini hosil qiladi.

Ortoklaz – tarkibida K2O- 16,9%, Al2O3 – 18,4%, SiO2- 64,7% hamda biroz Na2O, BaO uchraydi. Monoklin singoniyali, ko`rinishi monoklin-prizmatik, kristallar qiyofasi prizmatik hollarda mavjud. Tabiatda shishadek yaltiroq, shaffof, ba`zan och pushti. Qo`ng`ir-sariq ranglarda topiladi. Uning qattiqligi 6-6,5, ulanish tekisligi (001) va (010) bo`yicha mukammal.

Mikroklin kimyoviy tarkibi ortoklazga o`xshash. Triklin singoniyali, simmetriya ko`rinishi pinakoidal. Mayda, o`rta va yirik donador kristallari nordon intruziv jinslarda va ularning pegmatitlarida yirik agregatlar holida topiladi. Odatda rangsiz, shaffof, ammo, yashil turi amazonit deyiladi. Uning qattiqligi 6-6,5, solishtirma og`irligi 6-6,5. Ortoklazga o`xshash nordon va ishqorli intruziv jinslar va pegmatitlar uchun mansub mineral hisoblanadi.
Felshpatitlar

Bu guruhga kiradigan minerallar kremniy oksidiga to`yinmagan, kaliy va natriyga boy bo`lgan magmalardan yuzaga keladi. Bu guruhga nefelin, leysit, analsim, nozein, gayuin va sodalitlar kiradi (26-jadval).



Nefelin – Na,K[AlSi3O8]. Nomi yunoncha «nefeli» bulut so`zidan kelib chiqqan. U HCl da osonlik bilan parchalanib, bulutsimon kremniy oksidi hosil qiladi. Nefelin geksagonal singoniyali, simmetriya ko`rinishi geksagonal-piramidal, ishqorli magmatik jinslarda xol-xol bo`lib yuzaga keladi. U rangsiz, odatda kul rang, sarg`ish, yashilroq tuslarda topiladi, shaffof, shishadek, yaltiraydi, singan joylari yog`langandek ko`rinadi. Solishtirma og`irligi 2,6 qattiqligi 5-6 ancha mo`rt. Nefelin deyarli kremnezyomga kambag`al jinslarda-nefelinli – sienitlarda va ularning pegmatitlarida keng tarqalgan. Intruziv jinslarda ishqorli piroksenlar va amfibollar bilan bir paragenetik assotsiatsiyalarda uchraydi.

Leytsit K[AlSi2O6] – yunoncha «leykos» och rangli degan ma`noni anglatadi. Tarkibida K2O 21,5%, Al2O3 23,5%, SiO2 – 55%, biroz Na2O, Ca, H2O ishtirok etadi. Uning singan joylari shishadek, yog`langandek yaltiraydi. Qattiqligi 5-6, mo`rt. Solishtirma og`irligi 2,5 gacha. Leycit vulqon jinslar uchun mansub mineral. U ishqorli piroksenlar egirin, egirin-avgitlar bilan birga uchraydi.

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish