Mineralogiya



Download 1,54 Mb.
bet102/127
Sana13.09.2021
Hajmi1,54 Mb.
#173025
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   127
Bog'liq
MINERALOGIYA

Vollastonit-Ca3[Si3O9]yoki CaSiO3, nomi kimyogar V.Vollaston (1766-1828) sharafiga qo`yilgan. Tarkibi CaO-48,3%, SiO2-57,7%, ba`zan FeO-9% gacha borligi aniqlangan. U triklin singoniyali, kristall qiyofasi-tabletkasimon, ko`pincha «V» o`qi bo`yicha cho`ziq kristallar hosil qiladi. Agregatlari varaqsimon, radial shu`lasimon yoki nayzasimon ayrimda to`rdek to`qilib ketgan tolalardan iborat. U kulrang, oq, goho qizg`ish, shishadek yaltiraydi ulanish tekisligi yuzalari sadafdek tovlanib turadi. qattiqligi 4,5-5, ulanish (100) (001) bo`yicha mukammal, solishtirma og`irligi 2,7-2,9 atrofida. Vollastonit-kontakt-metasomatik jarayonlarda (skarnlarda) yuzaga kelib granatlar, diopsid, gedenbergit, vezuvian, sheelit va sulfit minerallari bilan birga uchraydi.

Rodonit-(Mn,Ca)SiO3. nomi grekcha «rodon»-pushti so`zidan olingan. Tarkibida: MnO-46,0-30,0%, CaO-4-6,5% ba`zan FeO-2-12% bo`ladi. Triklin singoniyali, simmetriya ko`rinishi pinakoidal, ko`pincha uchraydigan kristallari tabletkasimon izometrik, goho prizmatik yoki yaxlit zich massalar holida uchraydi. Rodonitning rangi o`ziga xos pushti –kul rang, shishadek yaltiraydi, ulanish tekisligida yuzasi sadafdek tovlanadi, qattiqligi 5-5,5, ulanish tekisligi (110) bo`yicha mukammal, solishtirma og`irligi 3,4-3,7, u past haroratda paydo bo`lib, rodoxrozit, bustamit, boshqa marganes minerallari va sulfidlar bilan birga topiladi. Faqat rodonitdan tashkil topgan minerallar bezak buyumlari tayyorlashda ishlatiladi.

Talk- Mg3[Si4O10][OH]2 .

Tarkibida: MgO-13,7%, SiO2-63,5%, H2O-4,8%, ayrimda FeO-2-5% bo`ladi. Monoklin singoniyali, kristallari geksagonal va rombik qiyofada. Agregatlari –varaq-varaq, tangacha-tangacha, yog`langandek zich massa holida topiladi. Uning rangi och yashil, yoki sarg`ish, qo`ng`ir, yashilroq oq, shishadek yaltiraydi va sadafdek tovlanadi. Uning qattiqligi 1, varaqchasimon, varaqlari egiluvchan, qayishqoq emas, ulanish tekisligi o`ta mukammal, solishtirma og`irligi 2,8, issiqlikni va elektr tokini yaxshi o`tkazmaydi. O`tga chidamli, 1300-1400oC da ham erimaydi. Uni yumshoqligi, qo`lga yog`langandek unashiga, rangiga va varaq-varaq tuzilishiga qarab aniqlanadi. Talk magnitga boy o`ta asos jinslarning gidrotermal o`zgarishidan paydo bo`ladi. Bunday paytlarda u qonuniy ravishda, xromshpinelidlarning qoldiq donalari va qayta hosil bo`lgan magniy karbonatlari bilan bir assotsiatsiyada bo`ladi. Minerallarning paragenezisiga qaraganda talk tarkibida karbon kislotasi bo`lgan gidrotermal eritma yordamida magniy silikatlari paydo bo`ladi.


4(Mg,Fe)2[SiO4]+H2O+3CO2 → Mg3[Si4O10 ](OH)2 +3MgCO+Fe2O3


Talk sanoatda keng qo`llaniladi, qog`oz, rezina, parfumeriyada, bo`yoqchilik, qalamlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.


Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish