Mineralogiya


Uglerod guruhi minerallari



Download 1,54 Mb.
bet27/127
Sana13.09.2021
Hajmi1,54 Mb.
#173025
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   127
Bog'liq
MINERALOGIYA

Uglerod guruhi minerallari
Bu guruhga olmos va grafit kiradi. Ular bir-birlaridan fizik xususiyatlari bilan keskin farq qiladi.

Olmos - S. Nomi grekcha - "adamas" yengilmas degan ma`noni anglatadi. U tabiatda o`ta qattiqligi va turli shakli: oktaedr, rombododekaedr va kub qiyofalarida mavjud (4-rasm). Olmosning oddiy ko`z bilan payqamaydigan xillaridan tortib, to yuz va ming karatli (1 karat - 0,2 g) va undan ham yirik kristallari uchraydi. Dunyodagi eng yirik olmos kristali - 3106 karatli "kullinan", 1905 yilda J.Afrikada topilgan (21-jadval).
Dunyodagi yirik olmos kristallari haqida ma`lumotlar

(V.A.Milashev bo`yicha).

21-jadval

Yirik olmos nomi


Og`irligi

(karat hisobida)

Topilgan joyi va yili


Kullinan

3106

J.Afrika, 1905


Eksselsior


971,5

J.Afrika, 1983

Syerra Leone yulduzi


968,9

G`.Afrika, 1972

Buyuk Mogol


787

Hindiston XVII asr

Prezident Vargas


726,6

Braziliya, 1938

Nizomii

440

Hindiston, 1935


Viktoriya


428,5

J.Afrika, 1880

Toji-Maxal


146

Hindiston

Shoh Akbar


119

Hindiston, 1918


Olmosning rangi, shaffofligi turlicha: rangsiz, shaffof, oq, havorang, yashil, sarg`ish, jigarrang, qizg`ish, to`q kulrang, ba`zan qora. Olmosning ichki tuzilishi uning hosil bo`lish sharoiti haqida qo`shimcha ma`lumot beradi. Masalan, yuqori haroratda yuzaga kelgan olmos - oktaedr qiyofasida, rangsiz bo`ladi, haroratning asta-sekin pasayishi natijasida uning shakli rombododekaedrdan kub shakliga qarab o`zgaradi va rangi quyuqlashib qora bo`ladi. Olmosning qattiqligi 10. Mutloq qattiqligi kvars qattiqligidan ming marta, korund qattiqligidan 150 marta ortiq. Olmos mo`rt bo`lib, ulanish tekisligi (III) bo`yicha o`rtacha mukammal. Solishtirma og`irligi - 3,4-3,5, kuchsiz elektr o`tkazuvchan. Tabiatda olmosning o`ta sifatli, chiroyli xillari bilan birga yomon xillari uchraydi: 1)Bort shaklsiz, darzliklardan tashkil topgan, mayda qo`shimtalarga boy. 2)Ballas - shulasimon, sharsimon mayda zarrali turi. 3)Karbonado - zich kristalli, qora rangli ba`zan mayin, g`ovak donali agregatlardan iborat.

4-rasm. Olmos.

Olmosning tub konlari genetik jihatdan alpinotipli-o`taasos jinslar-dunit, kimber-lit va peridotitli magmatik jinslar bilan uzviy bog`liq. Dunyodagi eng yirik konlari kimberlitli magmaning yer yuziga yaqinlashgandagi kuchli portlashi natijasida sodir bo`ladi (J.Afrika, Tanzaniya, Zoir, Angola, Botsvana va boshqalar). Bularda olmos, olivin, xromshpinelid, xromdiopsid, pirop, ilmenitlar bilan birga uchraydi va ular olmos uchun mansub mineral hisoblanib, olmos to`g`risida qo`shimcha habar beradi. E`tiborli tomoni kimberlitlardagi eklogit ksenolitlardagi olmosning uchrashi, olmos kristallariga qo`shilib ketgan minerallardan granat, xromga to`yingan piroksen (enstatit), olivinlar olmos konini izlashda darakchi hisoblanadi.

Laboratoriya usulida olingan eksperimentlarning natijasiga binoan olmos konlari yuqori mantiyaning 100-200 km chuqurlikda yuqori bosim 5-9 KB, kuchli harorat 1470-1970oda kimberlitli va eklogitli magmalarning kristallanishidan hosil bo`ladi. Bulardan tashqari ayrim olmos donalari serpentinitlashgan garsburgitlarda va lersolitlarda (Rossiyaning Karyak tog`larida hamda Kamchatkadagi dunit-piroksen formatsiyalarida aniqlangan. Hozirgi vaqtda laboratoriya usulida sun`iy olmos olish bo`yicha yaxshi natijalarga erishilmoqda.

1953 yili shved mutaxassislari birinchi marta sun`iy olmosni laboratoriyada 3270oli haroratda va 10 KB bosimda olishga muvofiq bo`lishgan. Keyingi yillarda ko`p mamlakatlar sun`iy olmos olishni tezlashtirdi va oqibatda olmos olish uchun harorat 1470-1770o atrofidaligi aniqlandi. Sun`iy olmos olishda grafit ishlatilmasdan oddiy ko`mirdan foydalanishgan. Olmosning aksariyat qismi cho`kindi - sochma jinslardan ajratib olinadi - Zoir, Angola, Syerra Leoneda mamlakatlari misolida. Dunyo bo`yicha qazib olinadigan olmosning 75-95% sochma konlar hisobidan olinmoqda. Olmosning mutloq shaffof xili qimmatbaho - brilliantlar tayyorlashda ishlatiladi. Texnik maqsadlarda esa olmosning mayda xillari va sifati zaiflari ishlatib kelinmoqda.

Tabiatda oltingugurtning birnecha polimorf modifikatsiyasi ma`lum. Bulardan biri rombik tuzilishga ega ?- oltingugurt sof holda uchraydi. Uni oddiy sharoitda 96,5odan yuqoriroq haroratda qizitilsa, unda u monoklinal singoniyali ?- oltingugurtga aylanadi, sovitilsa, avvalgi hollariga keladi.




Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish