Selestin – SrSO4. Yunoncha «celestis» havo rang demakdir. Tarkibida – SrO – 56,4% bo`ladi, ba`zan Sa va Va – 1,5-2% atrofida. U rombik singoniyali, kristallari tabletkasimon, ustunsimon yoki prizma ko`rinishda bo`ladi. Uning rangi – havo rang, sarg`ish, qizg`ish, ayrimda rangsiz, shaffof, yaltirashi shishadek, ulanish tekisligi mukammal, sadafdek tovlanadi. Selestinning qattiqligi – 3,5, solishtirma og`irligi – 4, mo`rt mineral. Uning asosiy uyumlari cho`kindi – xemogen sharoitda paydo bo`ladi va gips, angidrid, stronsianit va baritlar bilan birga uchraydi, ayrimda shu jinslarning muayyan bir qatlami bilan bog`liq holda topiladi. U dengiz organizmlarida, jumladan radiolyariya va ammonitlarning toshqotgan chig`anoqlarida aniqlangan. Selestin perm davri cho`kindi jins qatlamlarida keng tarqalgan (Arxangelьsk, Boshqirdiston, Orenburg, Rossiya). Selestin stronsiy olishda birdan bir manbadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |