Minerallar haqida umumiy ma’lumot
Minerallarning kristall panjarasinit ayrim strukturaviy elementlari (qatlam, paket, zanjirchalar va h.k.) shu ele-mentlar ichida strukturasi toʻliq saqlangani holda bir-biriga nisbatan bir oz siljigan boʻlishi mumkin. Natijada minerallarning politip modifikatsiyalari vujudga keladi. Politiplar katlami minerallar (mas, slyuda, grafit, molibdenit, gilli minerallari)da koʻp uchraydi. Agar polimorfizm hodisasi temperatura va bosimning oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlsa, politipiyasi esa ehtimol kristallarning oʻsishi sharoiti bilan bogʻliq. Minerallarning strukturaviy nuqsonlari, politipi va boshqa chetlanishlarini ideal strukturaga nisbatan qiyosiy oʻrganish minerallarning paydo boʻlishidagi termodinamik sharoitni aniqlashga imkon beradi.
Minerallarning kimyoviy tarkibi, formulasi va tasnifi. Minerallarning strukturasida kimyoviy elementlarning ahamiyati turlicha: baʼzilari yetakchi boʻlib, minerallarning aosiy tarkibini belgilaydi; boshkalari xususiyatlari va atom (ion) tuzilishlari bilan asosiylariga yaqin boʻlib, minerallarda izomorf (qarang Izomorfizm) aralashma (mas, seriy, indiy, kadmiy, galliy, selen, talliy, reniy, rubidiy, koʻpgina kamyob-yer elementlari) holida uchraydi.
Minerallarning tarkibining murakkabligi va yetarlicha barkaror emasligi izomorfizm hodisasi, submikroskopik kiritmalar, shuningdek, sorbsiya hodisasiga ham bogʻliq. minerallarda submikroskopik kiritmalar quyidagi qollarda roʻy berishi mumkin: eritma, qorishma va boshqa muhitning kristallanish jarayonida dispers aralashmalarni ushlab qolish natijasida (mas, kvarsdagi gazsuyuqlik kiritmalari, dala shpatidagi gematit kiritmalari); temperatura sharoitlarining oʻzgarishi natijasida qattiq qorishmalarning parchalanishi (dala shpatlarida pertitlarning hosil boʻlishi, murakkab sulfid va murakkab oksidlarning parchalanishi)dan; metamikt oʻzgarishda; bir minerallarning oʻrniga boshqasi joylashgan hollarda yoki ikkilamchi oʻzgarishlar natijasida. Koʻpgina minerallar (mas, magnetit) tarkibida doim turli qoʻshimchalar zarralari boʻladi.
Tabiatda tarqalgan jami minerallarning chorak qismini silikatlar sinfi, 12% ini oksid va gidrokiyedlar, 13% ini sulfid va uning analoglari, 18% chasini fosfatlar, arsenat (vanadat)lar, 32%ini boshqa kimyoviy birikmalar tashkil etadi. Yer poʻstining 92% silikat, oksid va gidroksidlardan tarkib topgan. Kimyoviy birikmalari tipiga koʻra, minerallar oddiy (tugʻma elementlar) va murakkab tarkibli (binarli va boshqalar)ga boʻlinadi.
minerallarning hozirgi qoʻllaniladigan tasnifiga kimyoviy birikmalar va kristall panjarasi tiplaridagi farqlar asos qilib olingan. Muayyan struktura tipiga mansub minerallarning tarkibi, shuningdek, uning izomorfizmdagi krnuniyatli oʻzgarishlari unda ishtirok etgan atomlar (ionlar) tuzilishi va kristallokimyoviy tavsifi, ularning radiusi, koordinatsion sonlari va kimyoviy bogʻlanish tipi bilan belgilanadi.
Minerallarning konstitutsiyasi (tarkibi va struk-turasi) kristallokimyoviy formulalarda ifodalanadi. Minerallarning tashqi qiyofasi ularning ichki strukturasi va vujudga kelish sharoitlari bilan belgilanadi. Ayrim minerallar individlarining oʻlchami 1 — 100 nanometrdan (kolloid minerallar) 10 m gacha (mas, pegmatitlardagi spodumen kristallari) boʻladi. Kristall strukturasi va oʻsish sharoitlariga bogʻliq holda mineralning turli qiyofadagi izometrik (mas, galit, galenit, sfalerit, olivin), varaqsimon va tangasimon (molibdenit, slyudalar, talk), taxtachasimon (barit va boshqalar), ustunsimon va ignasimon (rutil, akti-nolit, turmalin) kristallari vujudga keladi. Minerallarning baʼzi kristallarida oʻziga xos shtrix chiziqlar, shunin-gdek, oʻsish va erish shakllarini kuzatish mumkin. Minerallarning morfologiyasi va qirralari tuzilishini batafeil oʻrganib, yaʼni kristallomorfologik tadqiqotlar oʻtkazib minerallarning individlarining paydo boʻlish tarixini tiklash mumkin. Tabiatda minerallarning ayrim kristallari bilan birga oʻzaro qonuniy oriyentirlangan (qoʻshaloq, parallel), shuningdek, oʻzaro oriyentirlanmagan (mineral agregatlari) minerallarning oʻsimtalari boʻladi. Agregat morfologiyasiga koʻra, ayniqsa, ekzogen minerallar uchun xos boʻlgan druzalar (shchyotkalar), dendritlar, donachali, zich va tuproqsimon massalar, oolit va sferolitlar, sekretsiya va konkretsiyalar, turli oqiqlar farq qiladi. Minerallar agregatlarni oʻrganish bilan mineralogiyaning maxsus ontogenik analiz boʻlimi shugʻullanadi. Minerallarning morfologik xususiyatlarini bilish ularni tezroq aniqlashga yordam beradi.
Minerallarning fizik xususiyatlari ularning kristall strukturasi va kimyoviy tarkibiga bogʻliq. Minerallarning tabiiy kristallarida izomorfizm, mikro tuzilishining bir xil emasligi, tartibsizligi, nuqsonlarining mavjudligi va boshqa xossalariga koʻra, ularning xususiyatlari odatda doimiy emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |