- Mineral bu — yer qobig‘I tarkibiga kiruvchi noorganik xossali modda. Ba’zan neft, kumir va ohaktoshni ham mineral deyishadi. Aslida ular qachonlardir Yer yuzasida yashagan jonzot va o‘simliklardan paydo bo‘lgan. Odatda minerallar ikki guruhga: Metall va nometall mineral ma’danlarga bo‘linadi. Metall minerallarga— qo‘ng‘ir temirtosh (temir), mis rudasi, boksitlar (alyuminiy), nometall minerallarga — kvars, asbest, kalsitlar kiradi. Odatda minerallar kristall holatda uchraydi. Tog jinslarini minerallar bilan chalkashtirmaslik kerak, zero ular bir-biridan farq qiladi. Mineral o‘ziga xos tuzilishga ega. Yer sharining har qanday nuqtasidan topilgan minerallarking rangi, qattiqligi (pishiqligi) va yana boshqa xususiyatlari bir xil bo‘ladi. Tog jinslari tarkibida ham granit, kvars, dala shpati, slyuda va boshqa minerallar bor, lekin bir joydan topilgan granit tarkibidagi minerallar soni boshqa bir hududdagi granitdagiga nisbatan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin.
- Minerallar turli konlardan olinadi. Ularni tog jinslari va qum tarkibida ham uchratish mumkin. Minerallar tuzilish jihatdan bir-biridan farq qiladi. Masalan, ayrim minerallar "magma" deb ataluvchi vulqonli qaynoq suyuq moddaning kristallanishi yoki qotishidan yuzaga keladi. Olmoslar, slyudalar va dala shpatlari ana shunday paydo bo‘ladi. Ayrim minerallar bejirimligi va tabiatda kam uchraganligi tufayli qimmat sanaladi va ular qimmatbaho toshlar (olmos, yoqut, topaz) sirasiga kiradi. Ona tabiat boshqa minerallarga ham boy. Tabiatda, ayniqsa, kvars ko‘p. Yer sharining deyarli barcha mintaqasida uning 200 ga yaqin turi borligi ma’lum.
Minerallar haqida qiziqarli ma’lumotlar - Bugungi kunda 4 mingtadan ko‘p minerallar ma’lum. Har yili o‘ntalab yangi minerallar turlari kashf qilinib, bir nechtasi “yopiladi” – bunday mineral mavjud emasligi isbotlanadi.
- Barcha qimmat baho toshlar qo‘lda olinadi.
- O‘rtacha hisobda, Kolumbiyada topilgan bir karat zumradga 20 tonna qayta ishlangan tuproq to‘g‘ri keladi.
- Olmos – birgina kimyoviy element – ugleroddan iborat bo‘lgan, yagona qimmatbaho tosh.
- Minerallar soni doimo kamayib bormoqda, shuning uchun ziynat buyumlar narhi doimo oshib boradi.
- O‘ziga xos (chumoli) yoqut bor, uning konlarini faqatgina, chumolilar uylari oldida topish mumkin. Bu mineral kristallari faqatgina chumolilar inlari yonida topiladi. In qurish paytida, hashoratlar bu mineral kristallarini yerning ustki qatlamiga tashlashadi. Bu chumolilar AQShning “4 burchak” nomli joyida istiqomat qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |