Mineral o‘G‘itlarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati o‘simliklar hayotida o‘g‘itlarni ahamiyati juda kattadir



Download 46,69 Kb.
bet5/6
Sana09.03.2022
Hajmi46,69 Kb.
#486734
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-LEKTSIYA

Loyqa turi

N

P2O5

K2O

Ko‘l loyqasi
Hovuz loyqasi
Daryo loyqasi

0,15 - 0,25
0,30 - 0,40
0,05 - 0,1



0,27 - 0,33
0,26 - 0,60
0,10 - 0,25

0,25
0,13 - 0,44
0,30 - 0,50

Sapropel tarkibidagi oziq moddalar miqdori go‘ngdagidan 2 marta kam, 100 g loyqa tarkibida 19 – 31 mg azot, 10 – 39 mg fosfor va 4 – 15 mg kaliy yoki 1 t quruq massasida esa 0,2 – 0,3 kg azot, 0,1 – 0,4 kg fosfor va 0,04 – 0,15 kg kaliy bo‘ladi. Shuningdek sapropelning 1 kg quruq massasi 200 – 1000 mg Mn, 10 – 400 mg Zn, 10 – 200 mg B, 2 – 60 mg Cu, 2 – 20 mg Mo, va 2 – 15 mg Co tutadi.


Organik o‘g‘itlar o‘simliklarni rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lishiga qaramay, qishloq xo‘jaligining kun sayin o‘sib borayotgan talabini qondira olmaydi, chunki go‘ng va boshqa organik o‘g‘itlar tarkibidagi ozuqa moddalari ayrim mineral o‘g‘itlardagiga nisbatan bir necha baravar kamdir. Masalan, 1 t go‘ngda 20 kg azot bo‘lsa, 1 t ammoniyli selitrasida 350 kg azot bo‘ladi.
O‘simliklarning me’yorida o‘sib rivojlanishi tuproq mikro – organizmlarining faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Tuproq tarkibida juda ko‘p va turli – tuman mikroorganizmlar uchraydi, ularning orasida o‘simliklar uchun zarurlari va zararlilari ham mavjud. Idishterial preparatlar tuproq mikroorganizmlarining tarkibi va miqdorini ko‘paytirish hamda ular faoliyatini kuchaytirish maqsadida qo‘llaniladi.
Ayrim adabiyotlarda “idishterial preparat” o‘rniga “idishterial o‘g‘it” iborasini qo‘llaydilar, bu noto‘g‘ri, albatta. Chunki, odatda o‘g‘it deganda, tarkibida bironta oziq elementini tutgan, bevosita tuproq unumdorligini oshiradigan moddalar tushiniladi. Idishterial preparatlar esa tirik organizmlar bo‘lib, o‘z tarkibida oziq moddalarni tutmaydi, lekin tuproqdagi zahira oziq moddalarni tezroq mineral holatga o‘tkazadi va atmosfera azotining o‘zlashtirilishida muhim rol o‘ynaydi, shu bilan o‘simliklarning oziqlanish sharoitlarini yaxshilashda ishtirok etadi. Eng keng tarqalgan idishterial preparatlar jumlasiga nitragin, azotoidishterin, fosfoidishterin, silikoidishterin va AMB (avtoxton mikroflora B) preparatlarini aytib o‘tish mumkin.
Nitragin – juda faol tugunak idishteriyalarni tutgan idishterial preparat. Nitragin tuproqqa dukkakli ekin urug‘iga aralashtirib, kiritiladi. Buning uchun mayda urug‘larning har 10 kg ga, yirik urug‘larning har 20 kg ga 500 ml suv sepiladi. Ustiga kerakli miqdordagi nitragin preparati sepiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Quritilgan aralashma qoplarga joylanib dala maydonlariga yuboriladi. Ushbu tadbirlar albatta quyosh nuri tushmaydigan salqin joylarda amalga oshirilishi zarur, aks holda idishteriyalar nobud bo‘lishi mumkin. Nitragin eritmasiga 25 – 50 g molibdenli mikroo‘g‘itlar qo‘shib eritilsa, yanada yaxshiroq samara beradi.
Azotoidishterin – tuproqda erkin yashovchi aerob idishteriyalardan hisoblanadi. Azotoidishterinlar ildiz ajratmalari va ildizdan chiriyotgan qoldiqlar bilan oziqlanib, o‘simliklarni azot bilan oziqlanishini yaxshilaydi. Azotoidishterinlar ham nitraginlar kabi bir hil tayyorlanadi, ammo uruqqa aralashtirish nisbatlari har hildir.
O‘simliklarda va tuproqda bir necha foiz yoki foizning yuzdan biri ulushlarigacha mavjud bo‘lgan ozuqa elementlari mikroelement deb ataladi, ya’ni o‘simlik ozuqlanishini stimullovchi juda oz miqdorda uchraydigan elementlardir. O‘simliklar tarkibida mikro elementlar miqdori 0,00001 – 0,01 % ni tashkil qiladi. Masalan, qandlavlagi hosildorligi gektariga 300 ts ni tashkil qilganda, mahsulot tarkibidagi mikroelementlar miqdori quyidagicha bo‘ladi: bor (B) 160 g, marganets (Mn) 500 g, mis (Cu) – 50 g, rux (Zn) – 190 g, kobalt (Co) – 2 g.
Yerni o‘g‘itlash muddatiga ko‘ra: asosiy (erkin muddatidan oldin beriladi); ekish paytida beriladigan, ekinning o‘sishi davomida beriladigan (ozuqlantirish maqsadida) o‘g‘itlarga bo‘linadi.
Agrokimyoviy vazifasiga ko‘ra o‘g‘itlar bevosita hamda yerning fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalarini yaxshilash orqali ta’sir qiladigan o‘g‘itlarga bo‘linadi. Tarkibidagi ozuqa elementlari turiga ko‘ra mineral o‘g‘itlar azotli, fosforli, kaliyli, magniyli, borli va boshqa o‘g‘itlarga bo‘linadi. Tarkibida 33 % dan ortiq ta’sir etuvchi moddasi bo‘lgan o‘g‘itlar konsentrlangan, 60 % dan yuqori bo‘lganlari esa yuqori konsentrlangan o‘g‘itlar deyiladi.
Agregat holatiga ko‘ra qattiq, suyuq (ammiakli suv, ammiakatlar) o‘g‘itlar ham mavjud. Qattiq o‘g‘itlar kukun hamda (zarralari o‘lchami 1 mm dan kichik), kristall (kristallar o‘lchami 0,5 mm dan katta) yoki donador (donalar o‘lchami 1 mm dan katta) holida bo‘ladi.
O‘g‘itlar kuchli gigroskopik (tez nam tortuvchi) bo‘lmasligi, sochiluvchan bo‘lishi, tuproqda yaxshi turishi, shamolda uchmasligi, yomg‘ir suvlarida tezda yuvilib ketmasligi kabi umumiy talablarga javob berishi kerak.
Quyida mamlakatimizda yuqori sifatlarda ishlab chiqarilayotgan azotli, fosforli, kaliyli va kompleks o‘g‘itlar majmuasining ayrimlari keltirilgan.
5 – jadval


Download 46,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish