Dunyoda va О‘zbekistonda о‘g‘it qо‘llash va ularning samaradorligi
Hozirgi kunda dunyoda eng kо‘p miqdorda azotli, fosforli va kaliyli mineral о‘g‘itlar ishlab chiqariladi. Chunki о‘simliklar aynan shu elementlarni eng kо‘p miqdorda talab qiladi. Bu elementlar bir-birining о‘rnini bosmaydi, balki bir-birini tо‘ldiradi.
Azot о‘simlikning о‘sishi va hosildirligini yaxshilaydi. Oqsil hamda boshqa azotli moddalarning asosiy elementi sifatida azot о‘simlikdagi barcha jarayonlar va hosilni shakllantirishda qatnashadi.
Fosfor о‘simlikda energiyani uzatishda, fotosintez va boshqa kimyoviy-fiziologik jarayonlarda asosiy rol о‘ynaydi. Hujayralarni differensatsiyalashda, о‘sish nuqtasini shakllantirishda fosforning о‘rnini hech qanday element bosa olmaydi.
Kaliy о‘simliklarni, ayniqsa, ularning ildizi о‘sishini tezlashtiradi, har xil kasalliklar bilan kurashishda chidamli qiladi, hosil sifatini yaxshilaydi. О‘simliklar namlikni ushlab turishda, sovuqqa chidamli bо‘lishida yordam beradi. Kaliy о‘simlik organizmidagi 60 ta fermentni faollashtiradi.
Shu tufayli tarkibida oziq elementlar bо‘lgan о‘g‘itlar kо‘p miqdorda ishlab chiqariladi. Boshqa makro- va mikroelementlarni qishloq xо‘jalik ekinlari tuproqdan oladi. Kelgusi yil hosili uchun ularni yana qaytarish tuproqlarni sog‘lom va unumdor bо‘lish shartidir.
О‘g‘itdan foydalanish tuproq va suv samaradorligini ham oshiradi. Ayniqsa, sun’iy sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida о‘g‘it qо‘llash tuproq samaradorligini 3 martaga oshirish imkonini beradi. Mineral о‘g‘itlarning ahamiyatini tushungan holda ba’zi mamlakatlar mineral о‘g‘it ishlab chiqarishni kо‘paytirishga katta e’tibor qaratib kelmoqda.
1994-95 yillarda mineral о‘g‘itlar (azotli, fosforli va kaliyli) ishlab chiqarish 121,8 mln. tonnani tashkil qilgan bо‘lsa, 2010 yilda ularning miqdori 170,6 mln. tonna, 2011 yilda esa о‘g‘it ishlab chiqarish 177,3 mln. tonna, 2013 yilda 178,6 mln. tonna, 2014 yilda 182,7 mln. tonnani tashkil qildi. Bu degani bir yilda kо‘payishi 2,3% ga yetgan. Dunyoda eng kо‘p mineral о‘g‘it ishlab chiqaradigan mamlakatlar Xitoy (40 mln.t), Rossiya (18 mln.t) hisoblanadi. Bundan tashqari, Janubiy, Sharqiy Osiyo, Yevropa mamlakatlari va AQSH ham katta miqdorda mineral о‘g‘it ishlab chiqaradi [96]. 1-rasmda dunyoda о‘g‘it ishlab chiqarishning rejasi berilgan.
1-rasm. Dunyoda azotli, fosforli va kaliyli о‘g‘itlar ishlab chiqarish rejasi, mln. tonna oziq elementlar
Demak, mineral о‘g‘it ishlab chiqarish tobora о‘sib bormoqda. Chunki yer shari aholisi kо‘payib boraveradi, ekin maydoni esa kamayadi.
Yer sharining aholisi 2012 yil dekabrida 7 mlrd. kishidan oshdi. Keyingi yillarda har yili 1,4 % dan oshib bormoqda.
О‘zbekistonda aholi soni 32 mln. bо‘lib, keyingi yillarda о‘sish о‘rtacha 2% ni tashkil qilmoqda. Yaqin yillarda bu о‘sish yana davom etadi. Bu jarayon dunyoda ham, О‘zbekistonda ham oziq-ovqat mahsulotlariga talabni oshiradi. Ekin maydoni chegaralanganini hisobga oladigan bо‘lsak 1 gektardan olinadigan hosildorlikni oshirish zarur. Buni о‘g‘it yordamida amalga oshirish mumkin bо‘ladi. 2-rasmda 1961 yildan 2010 yilgacha dunyoda о‘g‘it ishlab chiqarishning kо‘payishi, hosildorlikning oshishi va g‘alla ekin maydonlarining о‘zgarmay qolganligi kо‘rsatilgan.
2020 yilga kelib ishlab chiqariladigan umumiy mineral о‘g‘itlar 220,4 mln. tonnani tashkil qiladi. Shundan 112 mln. tonnasi azotli mineral о‘g‘itlar, 50,0 mln. tonnasi kaliyli mineral о‘g‘itlar, 61,0 mln. tonnasi fosforli о‘g‘itlardan iborat.
2-rasm. Don ishlab chiqarish, ekin maydoni, hosildorlik va
Do'stlaringiz bilan baham: |