Mineral о‘g‘itlarning ahamiyati va samaradorligi
Dehqonchilik amaliyotida nam yetishmovchiligi yoki ba’zi ozuqa elementlarning kamligi bilan tо‘qnashilib turiladi. Shu kamchiliklar bartaraf qilinmaguncha о‘simlik organizmi tо‘liq rivojlana olmaydi. Shuning uchun agronomik kimyo 2-3 asr oldin о‘simlik oziqlanish qonuniyatlarini о‘rganib, oziqlanish jarayonini boshqarishning yangi usuli – mineral о‘g‘itlar qо‘llashni taklif qilmagunga qadar qishloq xо‘jaligi ekinlaridan dunyoning barcha mamlakatlarida yuqori va barqaror hosil olinmagan.
Vaqt о‘tishi bilan mamlakatlar tajribalarining kо‘rsatishicha, о‘g‘itlar funksiyasi hosildorlik ekanligi yaqqol namoyon bо‘ldi. Albatta, sog‘lom va toza tuproq sharoitida. Shunga qо‘shimcha ravishda qо‘llanilayotgan barcha о‘g‘it xossalarini ham yaxshi bilish lozim. О‘g‘itni ortiqcha qо‘llash bilim yetishmasligining о‘rnini bosa olmaydi, deb yozgan edi K.A.Timiryazevning shogirdi va davomchisi, XX asrning buyuk agrokimyogari, akademik D.N.Pryanishnikov. Buning sababi shundaki, о‘g‘itlarni, ayniqsa mineral о‘g‘itlarni tо‘g‘ri qо‘llash juda murakkab ish bu juda kо‘p omil va sharoitlarni hisobga olish bilan bog‘liq.
Respublikamiz mustaqil bо‘lganidan keyin qishloq xо‘jaligimiz xalqimiz uchun ishlay boshladi. Ushbu yо‘nalishdagi vazifalarni samarali amalga oshirish uchun qishloq xо‘jaligi sohasida islohotlar о‘tkazildi. Buning asosida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar yotibdi [1,2,3,4]. Eng muhimi, fermer xо‘jaligi tizimiga о‘tildi, fermerlar qishloq xо‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda asosiy javobgar yuridik shaxs bо‘ldi.
Ma’lumki, Respublikada qishloq xо‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy miqdorini kо‘paytirishning birdan-bir yо‘li bir gektardan olinadigan hosilni oshirishdir. Buning uchun bir qator agrotexnologiyalar mavjud. Bulardan eng muhimlaridan biri - о‘g‘itni tо‘g‘ri qо‘llab, qishloq xо‘jalik ekinlarining ozuqaga talabini tо‘liq qondirish. Hozirgi о‘g‘it qо‘llash tizimi uning tarkibidagi yillik meyorni aniqlash, uni qо‘llash muddat va texnologiyalari kabi usullardan iborat. Biroq uni yanada rivojlantirish va tо‘ldirish о‘g‘itlar samaradorligini oshiradi.
Birinchidan, har bir qishloq xо‘jaligi ekinining mineral oziqlanishning biologik nazariy asosi va amaliy jarayonini о‘rganish, navlarning oziqlanishdagi genotipik xususiyatini tо‘liq bilib olish, ularning oziqlanish amplitudalarini aniqlash, yuqori hosil shakllangandagi oziq elementlar bо‘yicha kimyoviy tarkibni о‘rnatish, qaysi oziq elementlarni qachon, qanchadai berish texnologiyasining ilmiy asosini yaratadi. Bunda qishloq xо‘jalik ekiniga kerakli miqdor va nisbatda о‘z vaqtida о‘g‘itlar beriladi. Natijada hosil kо‘payadi, sifati yaxshilanadi, ortiqcha о‘g‘it sarflanmaydi, samaradorligi oshadi, atrof muhit ifloslanmaydi.
Ikkinchidan, о‘g‘it qо‘llashdan oldin tuproq tarkibidagi о‘simlik ildizi joylashgan qatlamda oziq elementlarning (N,P,K va boshqa) harakatchan shakldagi miqdorlarini bilib olish zarur. Chunki ekilgan ekindan yuqori hosil olish maqsadida tuproqda yetishmagan oziq elementlar о‘g‘it sifatida qо‘llaniladi.
Bundan tashqari, azotli, fosforli, kaliyli va boshqa о‘g‘itlap har yili har xil miqdorda beriladi. Natijada sug‘oriladigan tuproqlarda yuqorida aytilgan oziqa elementlar miqdori va nisbati yildan-yilga о‘zgarib boradi. Shu ma’lumotlar bо‘lmasa о‘g‘itni taxminan berish kerak, bu о‘simlik talabiga tо‘g‘ri kelmaydi, hosil kо‘paymaydi, о‘g‘it samarasi past bо‘ladi, atrof muhit ifloslanishi mumkin. Shu sababdan, о‘g‘itlarni agrokimyoviy xarita asosida qо‘llash texnologiyasini tezda tiklash muhim hisoblanadi. Buning uchun viloyatlardagi agrokimyoviy obyektlarning barchasini ishga tushirish zarur. Bu ishlar hosildorlik va о‘g‘it samaradorligini oshiradi, katta foyda keltiradi. Bundan tashqari, о‘g‘it ishlab chiqarish yildan-yilga ortib bormoqda. Demak, qо‘llanilayotgan о‘g‘it meyorini kо‘paytirib borish masalasini о‘rganib borish zarur hisoblanadi.
Ishlab chiqariladigan о‘g‘itlar asosan azotli, fosforli, kaliyli mineral о‘g‘itlardir. Qolgan makro- va mikroelementlarni о‘simlik tuproqdan oladi. Ma’lum bir vaqt kelib, ular tuproqda kamayadi. Shu tufayli ularning о‘rnini tо‘ldiradigan boshqa resurslarni topish kerak bо‘ladi. Shunday manbalardan biri atrofdagi qoldiq va chiqindilar hisoblanadi. Ularning tarkibida organika va kо‘plab makro- va mikroelementlar bor. Demak, bu qoldiqlardan о‘g‘it sifatida foydalanish uchun ulardan noan’anaviy organik-mineral о‘g‘itlar tayyorlash texnologiyasini yaratish kerak. Bunday foydali qoldiq va chiqindilarga chuchuk suv loyqasi, kuzda tо‘kilgan barglar va shox-shabbalar, g‘о‘zapoya, somonlar, sabzavot ekinlari qoldiqlari, oziq-ovqat, qishloq xо‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining chiqindilari va h.k. lar kiradi.
О‘g‘itdan tо‘g‘ri foydalanish uchun shо‘rlangan, eroziyaga uchragan, ifloslangan, sizot suvi yaqin joylashgan va yengil mexanik tarkibli tuproqlar uchun alohida о‘g‘it qо‘llash tizimini ishlab chiqish zarur.
О‘g‘it samaradorligini doimo oshirib borish imkonini beradigan keyingi imkoniyat о‘g‘it qо‘llashni о‘simlik navi, organi, tо‘qima, hujayrasi, molekulasi va atom darajasigacha о‘rganib, uning nazariy asosini yaratishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |