Turli mamlakatlarda kuzgi bug‘doyga mineral о‘g‘itlar qо‘llash
Mamlakatlar
|
Qо‘llaniladigan NPK о‘g‘itlar meyori, kg
|
N
|
P
|
K
|
NPK nisbati
|
Hosil, s/ga
|
Angliya
|
241,2
|
150
|
46,1
|
45,1
|
1:0,31:0,30
|
86,6
|
О‘zbekiston
|
238,7
|
200,6
|
32,7
|
5,0
|
1:0,13: 0,02
|
55,3
|
Germaniya
|
222,0
|
144,5
|
36,9
|
40,7
|
1:0,26:0,28
|
84,7
|
Xitoy
|
208,6
|
148,0
|
50,0
|
10,6
|
1:0,33:0,07
|
46,9
|
Fransiya
|
200,6
|
116,7
|
45,1
|
38,8
|
1:0,39:0,33
|
79,2
|
AQSH
|
117,8
|
78,9
|
27,9
|
10,1
|
1:0,35:0,12
|
38,9
|
О‘g‘it qо‘llash meyori bо‘yicha 1-о‘rinda Angliya turadi. Bu mamlakatda hammasi bо‘lib 241,2 kg/ga meyorda о‘g‘it qо‘llanilgan. Shundan 19,1% fosforli mineral о‘g‘it, 18,6% kaliyli mineral о‘g‘it, 62,3% azotli mineral о‘g‘it. О‘g‘itlar nisbati 1:0,31:0,30 bо‘lib, olingan don hosili 86,6 s/ga.
Kuzgi bug‘doyga berilgan о‘g‘itning yillik meyori bо‘yicha О‘zbekiston 2-о‘rinda, ya’ni hammasi bо‘lib 238,7 kg/ga о‘g‘it berilgan. Shundan 13,3% (32,7 kg/ga) fosforli mineral о‘g‘it, 2% (5 kg/ga) kaliyli mineral о‘g‘it va 84,7% azotli mitneral о‘g‘it hisoblanadi. О‘g‘itlar nisbati 1:0,13:0,02. Olingan don hosili 55,3 s/ga.
О‘g‘it qо‘llash meyori bо‘yicha uchinchi о‘rinda Germaniya bо‘lib, bir yilda kuzgi bug‘doyga 222,1 kg/ga mineral о‘g‘it qо‘llagan. Shundan 16,6% (36,9 kg/ga) fosforli о‘g‘it, 18,3% (40,7 kg/ga) kaliyli о‘g‘it, 65,1% (144,5 kg/ga) azotli о‘g‘it hisoblanadi. О‘g‘itlar nisbati 1:0,26:0,28. Olingan hosil 84,7 s/ga dan yuqori. Sababi azotli о‘g‘itga nisbatan fosforli va kaliyli о‘g‘itlar yetarli darajada qо‘llanilgan.
О‘g‘it qо‘llashning yillik meyori bо‘yicha 4-о‘rinda Xitoy mamlakati turadi. Kuzgi bug‘doyga hammasi bо‘lib 238,8 kg/ga mineral о‘g‘it qо‘llanilgan. Shundan 20,4% fosforli mineral о‘g‘it, 4,4% kaliyli mineral о‘g‘it, 75,2% azotli mineral о‘g‘it. О‘g‘itlar nisbati 1:0,34:0,07. Olingan hosil 46,9 s/ga. Bu yerda kaliy kam, hosil ham kam. Xitoyga nisbatan kamroq (200,6 kg/ga) о‘g‘itni Fransiya qо‘llagan. Shundan 22,4% (45,6 kg/ga) fosforli о‘g‘it, 19,3% (38,8 kg/ga) kaliyli о‘g‘it va 58,3% (116,7 kg/ga) azotli mineral о‘g‘it bо‘lib, ular о‘rtasidagi nisbat 1:0,39:0,33. Bunday meyorda о‘g‘it qо‘llanganda hosildorlik 79,2 s/ga ni tashkil qiladi.
Eng kam mineral о‘g‘itlar miqdori kuzgi bug‘doyga AQShda berilgan (117,8 kg/ga). Shundan fosforli о‘g‘it 23,7%, kaliyli о‘g‘it esa 1% ni, azotli о‘g‘it 75,3% ni tashkil qiladi. О‘g‘itlar nisbati 1:0,35:0,14. Kaliy juda kam. Hosildorlik ham juda past - 38,9 s/ga. Umumiy о‘g‘it miqdori kam bо‘lgani sababli umumiy hosil ham kam olingan. Hosil kamligining ikkinchi sababi kaliyning kamligi hisoblanadi.
Yuqorida aytilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, kam hosil olinishi birinchi navbatda azotli о‘g‘it miqdorining kamligiga bog‘liq. Agarda umumiy azot miqdori yetarli bо‘lsa, ikkinchi muhim omil fosfor va kaliyni azotga nisbatan yetarli bо‘lishi hisoblanadi. Agarda fosfor yetarli bо‘lsa, hosildorlik kaliyni yetishmasligiga bog‘liq. Biz keltirgan ma’lumotlarda О‘zbekiston, Xitoy va AQShda kaliy yetishmasligi kо‘rinib turibdi. Shuning uchun ham bu mamlakatlarda bug‘doydan kam hosil olingan.
О‘zbekistonda kuzgi bug‘doyning bir gektariga Angliyaga nisbatan 39,1%, Xitoyga nisbatan 40%, Germaniyaga nisbatan 44,3%, Fransiyaga nisbatan 78,7%, Amerikaga nisbatan 16,4% azot kо‘p qо‘llanilgan, ya’ni yillik azot meyori 200,6 kg ni tashkil qiladi. Ammo olingan hosil esa ancha kam -55,3 s/ga.
О‘g‘itlar nisbatiga e’tibor berilsa, yuqoridagi mamlakatlarnikidan fosfor azotga nisbatan 30% farq qilmaydi, desak bо‘ladi. Kaliy esa azotga nisbatan 21 barobar kam. Demak, azotli о‘g‘it samarasining tushishiga sabab kaliyning keskin kamligidir.
Azotli о‘g‘it samarasini aniqlash uchun 1 kg NPK va 1kg Nga tо‘g‘ri keladigan hosilni topamiz (3-jadval).
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |