HIJRIY - QAMARIY YIL OYLARI
Qo‘lyozma kitoblarning xotima qismiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularda nafaqat asarning yozib tugallangan yili, balki qaysi oy va qaysi sanada tamomlanganini ham aniq ko‘rsatilganining guvohi bo‘lamiz. Demak, tarixiy dalillarni aniq, to‘g‘ri anglashimiz uchun hijriy yil oylari nomlari bilan ham yaxshi tanish bo‘lishimiz kerak bo‘ladi.
Hijriy qamariy yil oylari o‘n ikki oydan iborat bo‘lib, yigirma to‘qqiz va o‘ttiz kundan tashkil topgan:
Hijriy qamariy oylari
|
Kuni
|
حجری قمری ییل آیلاری
|
№
|
Muharram
|
30
|
محرم
|
1.
|
Safar
|
29
|
صفر
|
2.
|
Rabiul-avval
|
30
|
ربیع الاول
|
3.
|
Rabiul-oxir
|
29
|
ربیع الآخر
|
4.
|
Jumodiul-avval
|
30
|
جمادی الاول
|
5.
|
Jumodiul-oxir
|
29
|
جمادی الآخر
|
6.
|
Rajab
|
30
|
رجب
|
7.
|
Sha’bon
|
29
|
شعبان
|
8.
|
Ramazon
|
30
|
رمزان
|
9.
|
Shavvol
|
29
|
شوال
|
10
|
Zul-qa’da
|
30
|
ذوالقعده
|
11
|
Zul-hijja
|
29-30
|
ذوالحجه
|
12
|
3-TOPSHIRIQ. HIJRIY SHAMSIY YIL HAQIDA MA’LUMOT BERING. JAVOB:
HIJRIY YIL HISOBI
Hijriy yil musulmonlar yili bo‘lib, 622 milodiy yilidan, ya’ni Muhammad payg‘ambarning Makkadan Madinaga hijrat qilgan davridan boshlanadi. Hijriy yil ikki xil yil hisobiga ega. Ikkinchisi – hijriy shamsiy yilidir. Bu yil hisobi yerning quyosh atrofini bir marta to‘liq aylanib chiqish davriga asoslangan. Shu sabab hisob quyosh kunlari asosida olib boriladi va bir yil 365 (366) kunga teng bo‘ladi. Faqat bir oy yigirma sakkiz kundan iborat bo‘ladi. Har to‘rt yilda bu oyga bir kun qo‘shilib, yuqorida aytib o‘tganimizdek, yigirma to‘qqiz kunni tashkil qiladi va shu yil kabisa yili hisoblanib 366 kundan iborat bo‘ladi.
Hijriy qamariy yili hijriy shamsiy yilidan har yili 11 kun ortda qolib boradi. Shu sababli hijriy qamariy yilida yil boshi – muharram oyi doim ham bir vaqtga to‘g‘ri kelavermaydi. Hijriy qamariy yili o‘ttiz uch yilda bir davrani aylanib chiqib yana bir vaqtga to‘g‘ri keladi. Uning o‘ttiz uch yili hijriy shamsiyning o‘ttiz ikki yiliga teng bo‘ladi.
Bundan tashqari hijriy yilda har o‘ttiz yil ichida o‘n bir kun tuzatish kiritiladi. Ya’ni, taqvimiy oy hisobi oyning haqiqiy davridan daqiqa va soniyalar hisobiga ortda qolib boradiki, bular yig‘ilib o‘ttiz yilda o‘n bir kunga yetadi. Bu farqni yo‘qotish maqsadida arablar har o‘ttiz yilda o‘n bir sutka qo‘shib o‘ttiz yilning o‘n to‘qqiz yilini 354 kun, o‘n bir yilini 355 kun qilib hisoblaydilar. Shunda har o‘ttiz yilning 2, 5, 7, 10, 13, 16, 18, 21, 24, 26, 29-yillari kabisa, ya’ni orttirilgan yillar bo‘lib 365 kundan iborat bo‘ladi. Odatda, kabisa yilini aniqlash uchun uni o‘ttizga bo‘lish kerak. Qolgan qoldiq yuqorida sanab o‘tilgan sanalardan biriga to‘g‘ri kelsa shu yil kabisa yili bo‘ladi. Masalan, 1423-yilning qanday yil ekanini tekshirib ko‘rish uchun uni o‘ttizga bo‘lamiz, 1423:30=47 bo‘ladi va o‘n uch qoldiq qoladi. O‘n uch yuqoridagi sanalar ichida mavjud. Demak, 1423-yili kabisa yili ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |