Хива хонлигининг ташкил топиши ва сиёсий тарихи. 1510 йилда Шайбонийхон вафотидан сўнг Хоразм ҳудуди Эрон шоҳи Исмоил томонидан бўйсундирилди. 1510-1512 йилларда Хоразмни Эрон шоҳининг ноиблари идора қилдилар. Аммо, 1512 йилда Хоразм ҳудудларида эронийларга қарши ҳалқ харакатлари бошланди. Ушбу ҳаракатга Вазир шаҳрининг (Устюртда, Кўхна Урганчдан 60 км узоқликда жойлашган бу шаҳарни XVасрда ўзбек хонлардан бўлган Мустафохон барпо этган) қозиси Умар Шайх бошчилик қилди. Қўзғолончилар Хоразмнинг Вазир, Урганч, Хива, Хазорасп шаҳарларидаги эроний ноиблар ва уларнинг қўшинларини қириб ташладилар. 1512 йилада Хоразмнинг обрўли шайхларидан бўлган Шайх Ота авлодлари кўчманчи ўзбекларнинг Берка султон авлодидан бўлган Элбарсхонга мактуб йўллаб, уни Хоразм тахтига таклиф қилдилар. Элбарсхон тахтга ўтиргач, эронийларни мамлакат ҳудудидларидан бутунлай ҳайдаб чиқариб, амалда мустақил хонликка асос солди. У мамлакат ҳудудларини ҳозирги Туркманистоннинг жанубий қисми, Эроннинг шимолидаги Серахс вилояти, Манғишлоқ, Абулхон, Дурун ҳисобига анча кенгайтирди. Аммо, ўзбек султонлари ва шаҳзодалар ўртасида сиёсий бирлик йўқ эди. Тез орада улар ўртасида ҳокимият учун ўзаро курашлар авж олиб кетди. Ушбу курашлардан фойдаланган Бухоро ҳукумдори шайбоний Убайдуллахон 1537 – 1538 йилларда, қисқа муддат Хоразмни эгаллашга муваффақ бўлди. Мағлубиятга учраган Аванишхон оиласи билан шайбонийлар томонидан қатл этилди.
Убайдуллахоннинг ҳукумронлиги узоққа чўзилмади. Убайдуллахон зулмига чидай олмаган хоразмликлар Анушахоннинг ворислари бошчилигида бухороликларга қарши қўзғолон кўтардилар. Убайдуллахон 1538 йилда яна Хоразмга қўшин тортди. Хазорасп билан Хива шаҳарлари оралиғидаги Кардаронхос деган жойда Бухоро қўшинлари мағлубиятга учради. Шайбонийлардан озод бўлган Хоразмда энди ички курашлар авж олиб кетди. Шунингдек, Урганч, Кат, Янги шаҳар, Хива, Хазорасп каби шаҳарлар ва вилоятлар ҳукмдорларининг марказдан қочувчи ҳаракатлари кучайиб, улар амалда ўзларини мустақил ҳисоблар эдилар. Айрим шаҳарлар бир вақтнинг ўзида иккта ҳукмдор томонидан (мас., Хивада Пўлат Султон ва Темир Султон) бошқарилди. Ўзаро курашлар айниқса Элбарсхон ва Анушахон авлодлари ўртасида кучайиб кетди. XVI асрда Абдулғозий маълумотларига кўра, бундай курашлар натижасида қисқа муддатга ҳокимиятдан ўнлаб хонлар алмашганлар. Натижада марказий ҳокимият деярли инқирозга учраган эди. Ўзаро курашлар ва сиёсий танглик, ўз навбатида иқтисодий ҳаётнинг ҳам издан чиқишига сабаб бўлган эди.
XVI асрнинг иккинчи ярмида Хожимхон (Хожи Муҳаммадхон, 1558-1593, 1598-1602 йй.) ҳукмронлиги даврида Хоразмдаги ўзаро урушларга бироз барҳам берилиб тинчлик ва осойишталик ўрнатилди. Суғориш ва деҳқончилик, ҳунармандчилик ва савдо содиқ ишларига жиддий эътибор қаратилиб, ташқи савдо ҳамда муносабатлар ривож топди. Хожимхон ҳукмронлиги даврида пойтахт Урганчдан Хивага [Хиванинг пойтахтга айланганлиги санаси тўғрисида – 1556 й, 1598 й, 1602-1621 йй., 1611-1611 йй.,1610-1612 йй., 1557-1603 йй. каби фикрлар мавжуд] кўчирилади (айрим манбаларда XVI асрнинг 70-йилларида, айримларда эса 90-йилларда). Бунга асосий сабаб Амударё ўзанининг ўзгариб Касбий денгизга оқмай қўйиши натижасида Урганч ва унинг атрофларидаги сув танқислиги бўлса, иккинчидан, Хиванинг бу даврда сиёсий ва иқтисодий мавқеи анча кучайиб, асосий савдо марказига айланиши яна бир сабаб эди. Пойтахт Хивага кўчирилганидан сўнг давлат ҳам Хива хонлиги деб атала бошланди.
Бу орада Бухоро ҳукмдори Абдуллахон II Шайбонийлар давлатини қайта тиклашга муваффақ бўлиб Хоразм ҳудудларини яна Шайбонийлар тасарруфига олиш учун ҳаракат бошлади. Чунончи, бир неча юришлардан сўнг 1593 йилда Хоразм яна Шайбонийлар қўлига ўтди. Абдуллахондан мағлубиятга учраган Хожимхон Хивани ташлаб бир гуруҳ навкарлари билан Эронга қочди ва шоҳ Аббос саройидан паноҳ топди. 1598 йилда Абдуллахон II вафот этганидан сўнг Ҳожимхон шоҳ Аббосдан руҳсат олиб Хоразмга қайтди. Янги шароитда у Урганч билан Вазирни бошқаришни ўзига олиб Хива билан Катни Араб Муҳаммадхонга, Ҳазораспни Исфандиёр Султонга берди. 1600 йилда Ҳожимхон Урганч ва Вазир қалъалари бошқаришини Туркиядан келган ўғилларига топшириб, ўзи Хива кичик ўғли Араб Муҳаммадхон билан қолади. 1601 йилда Ҳожимхон 83 ёшида вафот этгач, тахтга унинг ўғли Араб Муҳаммадхон (1602-1623 йй.) ўтирди.
Араб Муҳаммадхоннинг дастлабки ҳукмронлиги йилларида тожу-тахт учун курашлар давом этди. Хусусан, 1605 йилда найман уруғи вакиллари Элбарсхон авлодига мансуб Хусрав Султонни тахтга ўтказишни режалаштирадилар. Аммо, бу фитна ошкор бўлиб, Хусрав Султон қатл эттирилади. Орадан икки йил ўтгач, уйғур оқсоқолларининг маслаҳати билан Солиҳ Султон деган кимса тахтга давогар бўлади, бу исён ҳам бостирилиб, Солиҳ Султон ўлдирилди.
4. O‘rta Osiyoda yana bir yirik davlat uyushmasi – Qadimgi Xorazmning paydo bo‘lishi. Xorazm (forscha: خوارزم) — Amudaryo sohillarida markazga ega Oʻrta Osiyo qadimiy mintaqasi — rivojlangan irrigatsiyali dehqonchilik, hunarmandlik va savdo mintaqasi. Xorazm orqali Buyuk Ipak yoʻli oʻtgan. III asr oxirlarida Xorazm poytaxti Kat shahri boʻlgan; X asr oxirlarida poytaxt Urganch shahriga koʻchiriladi (hozirgi Koʻhna Urganch shahri).
Xorazm, Qadimgi Xorazm — tarixiy oʻlka va qadimgi davlat. Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan janubga tomon Murgʻob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha choʻzilgan. Shu boisdan bu qad. tarixiy oʻlka fanda 2 xil: Kdd. Xorazm va Katta Xorazm nomlari bilan maʼlum. X. haqidagi ilk maʼlumotlar Avesto, Doro I ning Bixistun kitobalari, qad. yunon mualliflari (Gekatey, Gerodot, Strabon va boshqalar) hamda ilk oʻrta ayerlarning arab geograflari asarlarida uchraydi.
"X." atamasi (toponimi) Avestoda Xvairizem, qad. forsiychada Uvarazmis, lotinchada Xorasmiya va yunonchada Xorazmiya deb yuritilgan. Arabcha yozma manbalarda bu oʻlka Xvorazm talaffuzida tilga olinadi. "X." atamasining semantikasi haqida bir qancha fikrlar mavjud. X. tarixining bilimdoni SP. Tolstov "X." atamasi talqinlari orasida "Quyoshli oʻlka", "Quyoshli yer" deb atalishi haqiqatga eng yaqin etnonimdir deb taʼkidlasada, X.ni "Xvarri yoki Xarri (Xurriy) xalqi oʻlkasi", "quyosh (xalqi) yeri" deb izohlaydi. Sugʻdshunos olim M. N. Bogolyubovning fikricha, X. ayrimayrim 3 soʻzlardan tarkib topgan. Xu (Xush, Xash), var (vara) va zm (zim, zem). Eroniy tillarda Xu —"yaxshi" "maʼqul", var(vara) — "devor", "marza", "fob", "qalʼa", "qoʻra" degan maʼnolarni bildirgan. Zm (zim, zem) esa — "er", "oʻlka", "diyor", "mamlakat" kabi maʼnolarni anglatgan.
Xorazm atamasi "oziqlanadigan er", boshqasiga ko'ra "past er" degan maʼnoni anglatgan.[1]
Avestoning "Yasht" qismida Xorazm "Ming irmoqli daryo", "Koʻllar va oʻtloqlarga boy oʻlka" sifatida madh etiladi. Qad. Xorazm hududi tabiiy jihatdan 2 mintaqaga ajralgan. Uning shim. qismida Amudaryo etaklarida sonsanoqsiz sersuvli oʻzanlar, shim. va shim.sharqqa tomon yastangan keng yaylovlardan iborat bepoyon pastgekisliklar, uning jan. qismida esa, Murgob va Tajan daryolari vodiylarining kattagina qismi togʻ va adirliklar va ulardan bosh olgan kattakichik daryojilgʻalar etaklarida yuzaga kelgan hosiddor yerlar joylashgan.
5. Qadimgi So‘g‘diyona. Sugʻd, Soʻgʻd, Sugʻud - Oʻrta Osiyodagi qad. Tarixiy-madaniy viloyat. Ilk marta axomaniylar sulolasi vakillarining qoyatosh xotirot bitiklarida Suguda shaklida qad. Eron saltanatiga tobe qilingan satrapliklardan biri, mamlakat nomi sifatida qayd etilgan. Yunon manbalarida — Sogdianoy. Bu shakl yunonlar tomonidan soʻz tarkibidagi — anaka — tegishlilik, mansublik maʼnosini bildiruvchi nisbat qoʻshimchasini soʻz oʻzagiga qoʻshib yuborishdan paydo boʻlgan. Xitoy manbalarida — Suli. S. yozuvi yodgorliklari mamlakat nomini S. yoki Sgʻud shaklida koʻrsatadi. Sugʻdik yoki Sgʻudik, Sugʻdiyonak — Sgʻudiyonak shakllari "Sugʻdga tegishli", "Sugʻdiy" kabi maʼnolarda qoʻllanadi. Urta asrlarda arabiy, forsiy, turkiy manbalar mamlakat nomini "S." shaklida qoʻllaydi.
"S." soʻzining maʼnosi fanda turlicha talqin qilib kelinadi. Mac, Soʻch —GʻGʻ Soʻz — "kuymoq, yonmoq, porlamoq" deb izohlangan. Bundan S.ni "Muqaddas ilohiy olov (Zardushtiylik tasavvuriga koʻra) bilan poklangan yer" kabi maʼnoda talqin etishga harakat qilingan (V. Tomashek). Yana bir izohga koʻra, "S." soʻzi sernam, unumdor yer deb tushuniladi. Bunga hozirga qadar pastlik, suv yigʻiladigan yer "S, Sugʻut" deb atalishini dalil qilib koʻrsatiladi. Avestola S. mamlakat nomi sifatida bir marta uchraydi. "Ardvisura Yashti" —("Obon Yasht") va Ardvi (Amudaryo) Ishkata, Paruta, Mouri, Suguda va Xvarazm tomon hayotbaxsh suvlarini eltadi, deya taʼkidlanadi. Avestoning Videvdat naskida esa Axuramazda yaratgan ezgu yurtlardan biri Gava deyiladi va u yerda sugdlar yashaydi deb koʻrsatiladi.
S. mamlakati (poytaxti — Samarqand, 645—654 yillarda Kesh) 3 tarixiygeografik hududni birlashtirgan. Samarqand Si, Buxoro Si va KeshNaxshab Si. Har 3 qism oʻzaro tabiiy chegaraga ham ega edi: Zarafshon togʻ tizmalari Samarqand va KeshNaxshab oʻrtasini Karmanadan keyin Malik choʻli Buxoro va Samarqand Sini ajratib turgan.
Buyuk ipak yoʻlining markaziy tarmoklari S orqali oʻtgan. Natijada S xalqaro savdo munosabatlarida muhim oʻrin tuta boshlagan. Buyuk ipak yoʻli boʻylab S savdogarlarining qishloqlari, shaharlarida esa ularning mahallalari paydo boʻlgan. S. tili xalqaro til rolini oʻynagan. Bu hol Xitoy sayyohlari tomonidan S.ning chegaralari haqida notoʻgʻri tasavvurlar hosil qilgan (Syuan Szan).
S. mil. av. 6—2—1-asrlarda avval ahamoniylarga, soʻngra makedoniyalik Aleksandr tuzgan saltanatga, uning davomchisi Salavk davlatiga, YunonBaqtriyaga tobe boʻlgan. Mil. av. 2—1-asrlardan boshlab S oʻz mustaqilligini tiklashga kirishgan. Uning markaziy va mahalliy tangalari zarb qilina boshlagan. S. astasekin har 3 qismni oʻz atrofiga toʻplagan konfederativ davlat uyushmasiga aylanib borgan.
Mil. 1ming yillikning 1-yarmida S. kushonlar, xioniylar, abdallar, kidarlar taʼsirida boʻla turib, oʻz nisbiy mustaqilligini saklab keldi. S. konfederatsiyasi mil. 6-asr oʻrtalaridan 8-asrning boshlarigacha siyosiy jihatdan kuchayib borgan. Arab istilosining boshlangʻich davridan (8-asrning 1choragi), to S. podshosi Turgʻar davri oxirigacha (738—759 yillar) S oʻzining konfederativ xususiyatini sakdashga harakat qilgan. Turgʻardan keyin S.da ixshidlik siyosiy hokimiyat tugab, mamlakat xalifalik tarkibiga singdirilgan.
Ad.:S mir nova O. I ., Ocherki iz istorii Sogda, M., 1971; Ishoqov M., Sugʻdiyona tarix chorrahasida, T., 1990; Ishoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar, T., 1992; Eshov B., Sugʻdiyona tarixidan lavhalar, T., 2002.
Mirsodiq Ishoqov.
4-8-asrlarda soʻgʻdlar Uzoq Sharq, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari savdosida asosiy vositachi boʻlganlar va butun Buyuk ipak yoʻli boʻylab muntazam xalqaro karvon savdosini tashkil etganlar. Soʻgʻd bu davrlarda bekliklar va erkin shaharlar hamdoʻstligidan iborat boʻlgan va ular orasida Samarqand, Maymurgʻ, Kesh, Naxshab, Ishtixon, Kushaniya, Buxoro, Amul va Andxoy ajralib turgan. Xitoygacha boʻlgan butun yoʻl boʻylab, janubdagi Xotan va Sharqiy Turkiston orqali Lob Nor va Yettisuv shimoligacha soʻgʻd mulkiy hududlari tarkib topgan va ular 12-asrgacha mavjud boʻlgan. Soʻgʻdlarning Turkiston va Xitoydagi eng yirik mulklari ularning alohida jamoalar boʻlib yashagan Kucha, Chanan, Lanchjou, Dunxuan, Loyan kabi shaharlarda mavjud boʻlgan. 4-asrda Dunxuanning oʻzida soʻgʻd jamoasi taxminan 1000 kishidan iborat boʻlgan. Samarqandning sharqiy darvozalari "Xitoy" nomi bilan ataladi. Xalqaro savdo aloqalari Samarqand, Paykend va boshqa yirik shaharlardagi boy soʻgʻd uylari tomonidan nazorat qilinar edi. Ular oʻz vositachilari orqali kreditlar berishgan, savdo kelishuvlarini boshqarishgan. Tan sulolasi tarixida qayd etilishicha, Kan hukmdorligida "yangi tugʻilgan oʻgʻil chaqaloq shirinsoʻz boʻlishi hamda pulni mahkam ushlashi uchun uning tiliga tosh asal, kaftlariga esa yelim surtilgan...Yigirma yoshga toʻlgan erkak qoʻshni oʻlkalarga joʻnab ketgan va qaysi joyda manfaat koʻrsa, oʻsha yerga borgan". Olis safarlar, Xitoy, Hindiston, Eron, Turkiya xalq hunarmandchiligi va anʼanalari bilan tanishuv orqali Gʻarb va Sharq yutuqlarini oʻzida mujassam etgan noyob va ochiq soʻgʻd madaniyati shakllangan. Soʻgʻd hunarmandchiligi markazi va savdo yoʻllari - Samarqand, Panjikent, Paykent, Buxoro va Varaxshi xavfsizligini taʼminlash ehtiyoji kuchli davlatlar bilan ittifoq tuzishga qaratilgan siyosiy yoʻnalishni belgilab bergan. 6-asrda Soʻgʻd Eftaliylar davlati, keyinchalik Turk xoqonligi tarkibiga kirgan, 630 yildan buyon esa Xitoyning Tan sulolasi hukmdorligini tan olgan. Xoqonlik yuksalishi davrida soʻgʻdlar turkiylarning Xitoydan oʻlpon sifatida olgan shoyi bilan savdo qilish imkoniyatiga ega boʻlishgan. 6-asrning 70-yillarida tyurkiy hukmdorlar buyurigʻi bilan soʻgʻd savdogari Maniax savdo kafolatlari yuzasidan muzokaralarni avvaliga Eron Shahanshohi, soʻngra Vizantiya imperatori bilan olib borgan. Oʻrta asrlarda soʻgʻd tili Buyuk ipak yoʻlidagi asosiy muloqot tiliga aylangan. Buddistlar, nasroniylar, manixeylar oʻzlarining diniy matnlarini soʻgʻd tiliga tarjima qilishgan. Bunda ular oʻzlarining yozma anʼanalaridan foydalanishgan: buddistlardan hind alifbosi, manixeylardan arameys bosmasi, nasroniy-suriyaliklardan dastlabki umumiy maktubot, nestoriyan va yakovitlardan diniy eʼtiqod alifbolarini oʻzlashtirishgan. Biroq ular aramey bosmasiga asoslangan va keyinchalik uygʻurlar tomonidan foydalanilgan ilk soʻgʻd yozuvi oʻrnini egallay olmadi. Mazkur yozuv namunalari bilan Dunxuandagi mulkiy hududlardan yoʻllangan "qoʻhna maktublar" va Zarafsxon vodiysidagi Mug togʻida topilgan hujjatlar yordamida tanishish mumkin. 8-asr boshida Soʻgʻd Qutayba ibn Muslimning musulmon qoʻshinidan magʻlubiyatga uchraydi va halifalikka boʻsingan holda islom dinining jugʻrofiy-siyosiy makonida qudratli savdo-hunarmandchilik markazi boʻlib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |