Beshik to'y
Beshik to’yda yangi bo’shangan, beshikda bolasini emizib turgan onaga non tishlatib, bu non bolalarga olib qochdirilgan. Beshik narisiga, ayvongashirinliklar, tuli meva qoqilari sochilib, bolalarga talashib-tortishib tanovul qildirilgan. Bu bilan yangi tug’ilgan bolaning umri shirin, mo’l bo’lib, uzoq yillar hayotda sochilgan rizq-qo’zini yig’ib-terib eb yursin, degan ma’no anglashilgan. Beshik to’yida bolani chillasi chiqib, uni beshikka belash marosimida ikki turmush ko’rgan, ajralgan xotinlar irim qilib qo’yilmagan. Beshikka muqaddas hisoblangan daraxt tug’dona shoxi kesib olib, osib qo’yilgan. Bolaning beshik yostig’I ostiga pichoq, non parchasi qo’yilgan. Isiriq tutatilib, tumor osilgan.
Beshik to’yi bolar uchun juda-juda quvonchli bayramdir. Chunki, ular o’z saflariga no’malum bir bolaning kelib qo’shilayotganidan shodlanadilar. Umuman olganda, bolalik olami juda ham go’zaldir. U har bir kichik narsadan xursand bo’ladi.
Qovun sayli
O’zbekiston agrar-industrial davlat bo’lgani uchun aholi dehqonchilik bilan shug’ullanadi. Aholi dehqonchilik bilan shug’ullangani uchun xalq orasida dehqonchilik haqida aqlan va jismonan xordiq chiqaradigan sayllar, bayramlar paydo bo’ladi. Bu bayramlar yillar o’tib anana va urf-odatga aylanadi. “Qovun sayli” ham azaldan nishonlanib kelinayotgan sayldir. Bu sayl yozning iyul oyida qovun pishgan vaqda nishonlanadi. Bu salyda dehqonlar o’zlari yetishtirgan qovun, tarvuz, poliz ekinlari va boshqa meva-chevalarni ko’rgazmaga olib chiqadilar. Bu kunlari katta yarmarka bo’lib, salyga olib kelingan mahsulotlarni bozor narxidan tushirib sotadilar. Hakamlar tomanidan g’olilb aniqlanadi. G’olibga hokimiyat tomonidan qimmatbaho sovg’a va yorliqlar topshiriladi.
Gul bayrami
Biz qadimda ajdodlarimiz ham bizlarning yoshimizda turli-tuman bayramlar, marosimlar o'tkazganliklarini yaxshi bilamiz.Albatta bu bayramlar mavsum va marosimlar bilan bog'liq bo'lgan.
Ma'lumki, bahor uyg'onish fasli, tabiatning yangilanishi, gulchechaklarning dunyo yuzini qayta ko'rishi davri. Qadimda bolalar avvalo boychechak, so’ng binafsha, qoqigul, tolbargak ochilib, yaproqyozishini bayram qilishgan.
Bu mavsumiy bayramlarda qizaloqlar tolbarglar, qoqigullardan chambaraklar yasashib, bir-birlarining boshlariga kiygizishgan. Qo’llariga, englariga taqishgan. Ular bu bilan tabiat uyg’onishini olqishlagan holda ayni paytda, gilam, savat to’qish malakasini ham egallab borishgan. Qizchalar turli-tuman lapar, tosh, ip, halinchak o’yinlari bilan bayram kayfiyatini yanada xush qilishgan.
Bu mavsumiy bayramlarda qizaloqlar tolbarglar, qoqigullardan chambaraklar yasashib, bir-birlarining boshlariga kiygizishgan. Qo’llariga, englariga taqishgan. Ular bu bilan tabiat uyg’onishini olqishlagan holda ayni paytda, gilam, savat to’qish malakasini ham egallab borishgan. Qizchalar turli-tuman lapar, tosh, ip, halinchak o’yinlari bilan bayram kayfiyatini yanada xush qilishgan.
Shaqildoqlarini shaqillatib, hosil sayli, bayramini nishonlashda davom etganlar. Bahor tugab, yoz oshlanishi boshlanishi bilan turfa gullar butun borliqqa atir hidlari tarata boshlagan. Bu paytga kelib, bolalar gul bayramlari o’tkazishgan, bu udum qadimdan yashab kelib, hozirda ham ko’pgina viloyatlarimizda bolalar orasida keng tarqalgan. Ayniqsa, Namanganda gul bayramlari o’tkazish yaxshi yaxshi odat tusini olgan. Kuz pishiqchilik – xirmon ko’tarish fasli bolalar bu davrda kattalar bilan hosil bayrami qilib, bog’-rog’lar, polizlarga chiqishgan. Shirin-shakar olma-anor, nok-uzum, qovun-tarvuz, yong’oq yig’ib-terib olsh sayllari ko’p bo’lgan. Shuning uchun ham ota – bobolarimizdan: “Har bir ho’l meva pishig’idan to tugagunga qadarbolalar undan kamida uch marotaba to’yib tanovul qilishi ham farz, ham qarzdir”, degan o’ta hayotiy gap qolgan. Bu fikrda hikmat juda ko’p.
Bolalarning fasl va marosim bilan bog’liq bo’lgan barcha bayram shodiyonalari ham albatta, tabiatga muhabbat tuyg’usi bilan yo’grilgan. Oldinlari ov, kaptar, bedana, kaklikka ishqibozlikdan tug’ilib, qaror topgan, hozirda qush o’yinlari sifatida bayram tusini olib borayotgan bu odat ham bolalarning o’yin-bayramlaridan biriga aylanib qoldi. Bu o’rinda tabiatning mo’jaz mavjudotlari-turli qushlar hayotini o’rganish, ularni xonakilashtirish, musiqiy ovozini eshitishsingari bola zavqi, hissiy dunyosini boyituvchi omil sifatidagi ahamiyati beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |