Ma’naviy va ma’rifiy yuksalish
Milliy va ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi. Milliy va ma’naviy qadriyatlar asrlar davomida yaratiladi. Ular davr, hayot o’zgarishi bilan yo’q bo’lib ketmaydi.
Aksincha, keyingi avlodlar uchun meros bo’lib qoladi. Keyingi avlodlar esa ularni yanada boyitadi. Ular ham o’zidan keyingi avlodga meros qoldiradi.
O’zbek xalqi o’tmisha barcha xalqlar havas qilsa arzigulik qadriyatlar yaratga. Biroq ularning ko’pi O’zbekiston mustamlaka bo’lgan yillar davomida yerga urildi. Mustaqillikdan so’ng buqadriyatlar bosqichma-bosqich tiklana boshlandi.
O’zbek tili – o’zbek xalqining ona tili, oliy qadriyati. Mustamlaka yillarida u ikkinchi darajali til qatoriga tushirib qo’yildi. Uning qo’llanish o’rni chegaralanib qoldi. Bu hol o’zbek xalqinig milliy g’ururini kamsitdi. Bu holatda barham berish uchun Prizidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan 1989-yilda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
Navro’zning tiklanishi. Navro’z bayrami xalqimizning qadimiy qadriyatlaridir. U qadimda shunday e’zozli bayram bo’lganki, u nishonlayotgan kunlarda hatto urushlar to’xtatilgan.
Navro’z yaxshilik, mexr-oqibat va muruvvat bayrami sifatida ham juda qadirlangan. Navro’zning yana bir o’ziga xos jihati shundaki, aynan u nishonlanadigan vaqtda xalq rizq-ro’zining asosi bo’lmish dehqonchilik ishlari ham boshlangan. Navro’z ana shunday xosiyatlariga ko’ra eng sevimli bayramga aylandi. Biroq O’zbekiston mustamlaka bo’lgan davrlarda Navro’z eskilik sarqiti, deb e’lon qilindi va uni nishonlash taqiqlab qo’yildi.
1990-yilda O’zbekiston hukumati bunga chek qo’ydi. Shu yildan boshlab respublikamizda Navro’z qayta tiklandi. 21-mart Navro’z milliy xalq bayrami hamda dam olish kuni deb belgilandi. Respublika aholisi buni mamnuniyat bilan kutib oldi.
Navro’z bir oy davom etadi. Xalqimiz Navro’z kunlarida hasharlar uyushtiradi. Yon-atrof tozalaniladi, obodonlashtirish tadbirlari o’tkaziladi.
Daraxt va gul ko’chatlari o’tkaziladi. Xalqimizning eng suyukli- sumalak dasturxonlarga tortiladi.
Bundan tashqari, Navro’zda yetim-yesirlar, nogironlar, kam ta’minlangan oilalarga muruvvat ko’rsatiladi.
Diniy bayramlar tiklanishi. O’zbekiston musilmonlari ham muborak Qurbon hayiti va Ro’za (Ramazon) hayiti nishonlaydilar.
O’zbekiston Prizidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan 1991-yilda boshlab Qurbon hayiti va 1992-yildan boshlab esa Ramazon hayitlarining birinchi kuni deb belgilandi.
Buyuk bobolariz qutlug’ nomlaring ulug’lanishi.1991- yildayoq buyuk shoir, o’zbek mumtoz adabiyitining asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi nishonlandi. Bu ulug’ sanaga bag’ishlab uning asarlari qayta nashr etildi. Toshkent shahrida muhtasham va purvidor haykali o’rnatildi. Uning nomi bilan ataluvchi O’zbekiston Milliy bog’i bunyod etildi. Islom Karimov haykal va Milliy bog’ning ochilishi marosimida so’zlagan nutqida Alisher Navoiyni milliy g’ururimiz deb ulug’ladi.
O’zbekistonning mustamlaka yillarida nomi va buyuk ishlari unutilishga mahkum etilgan, aslida faxrimiz, iftixorimiz, g’uririmiz bo’lgan Amir Temur bobomizning qutlig’ nomi tiklanganligi ulkan tarixiy hodisa bo’ldi.
O’zbekiston jahonga nafaqat buyuk diniy ulamolarni ham yetkazib bergan o’lkadir. Prizident Islom Karimovning tashabbusi bilan davlatimiz mustaqilligi yillarida ularning ham qutlug’ nomlari tillandi. Chunonchi, vatandoshlarimiz – hadis ilmining buyuk namoyanlari Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi Abu Iso at-Termiziy tavalludining esa 1200 yilligi nishonlandi.
Bundan tashqari, Mashhur islom qonunshunosi Burhoniddin Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi, islom dini asoslarini tushuntirib berish ilmining mashhur namoyandasi Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1130 yilligi ham nishonlandi. Ularning xotirasiga bag’ishlab ajoyib me’moriy yodgorliklar bunyod etildi.
Yubiley tantalarining barchasi Prizident Islom Karimov ishtirok etdi va nutq so’zladi.