«Tarjimon» zarurati
Vaziyatni o‘zgartirish uchun uni oldin anglatish kerak. Buning uchun esa minbar zarur.
«Tarjimon» mana shunday zarurat tufayli yuzaga keldi: «Bir bechora faqirni ko‘rsak, achinamiz. Ulayotgan bechorani ko‘rsak, yuragimiz iztirobdan og‘riydi. Hatto bir hayvonning qiynalishi rahmimizni keltiradi. Lekin bir emas, minglab kishilarning, butun bir xalqning jaholatdan mislsiz qiynalayotganini ko‘rmaymiz….»
Gazetaning dastlabki sonlaridan birida shunday so‘zlar bor edi. Bu jasoratli sado o‘sha paytlari juda ham zarur edi.
Ruslashtirish avjida. Itil-Volga bo‘yidagi tatarlar orasidan biror mansabdor u yoqda tursin, masjidga imom ham missio-ner N.Ilminskiy ruxsatisiz saylanmaydi. Maktab- madrasa kitoblari-ku birmabir qo‘ldan o‘tadi. Turkistonda Ostroumov — to‘ra. Kavkazning ham o‘z to‘ralari bor, albatta. Bu to‘ralar o‘z millatlaridan boshqasini millat deb hisoblamaydilar.
Millatning o‘zligini ko‘rsatadigan xususiyatlaridan biri til va maorifdir. Bu ikkisi bo‘lmasa, millat mustaqil bo‘la olmaydi. Gasprinskiy 1905 yilda yozgan maqolalaridan birida millatning asosi ikkita: tavhidi til (til birligi) va tavhidi din (din birligi) degan edi.
Darhaqiqat, tilning o‘rni beqiyos: «Insonning oti bo‘lmasa, o‘zi ham yo‘q demakdir, shuningdek tili bo‘lmagan inson ham soqovdir».
«Til birligi masalasi bizim hayotimizda hayot-mamot masalasidir va biz bu masalada bir qadam ham orqaga chekinmaymiz, -yozadi I.Gasprinskiy 1906 yil 18 dekabrda. — Biz uchun orqaga chekinmoqqa yo‘l yo‘q. YAshasin millat!…
«Tarjimon» umumiy bir milliy gazetadir. Uning tili ham umumiy bir milliy tildir.
YAshasin millat! Ham yashar, chunki u tilda va fikrda birlikning zarurligini angladi. Til birligi esa adabiyot birligidir. Bu esa, o‘z navbatida, mehnat va harakat birligining asosi o‘laroq millatning ozodligini ta’min etajakdir».
Til millatning jonli, harakatdagi tarixidir. Uning kech-mishi ham, hoziri ham tilda ifoda etadi.Millatning barhayotligiga eng muhim guvoh tildir. Til millat uchun hayot-mamot masalasidir. Gasprinskiy o‘z maqolalaridan birini «Til masalasi — eng muhim masala» deb nomlagan edi.
Turkiy xalqlarning mushtarak tili haqidagi gaplar 1905 yil voqealaridan keyin, oq podsho yon berishga majbur bo‘lgach, erkinroqaytila boshlandi. Hatto ayrim ishlar ham qilindi. 1906 yil Gasprinskiy aytganidek, «til yili» bo‘ldi. Jumladan, 1906 yil Nijniy Novgorodda Rusiya musulmonlarining 600-700 va-kili ishtirok etgan «Ittifoqi muslimin» yig‘ilishida umumiy adabiy til masalasi o‘rtaga qo‘yildi. Uni asta-sekin shakllantirish va amaliyotga qo‘yish haqida qaror qabul qilindi. Bu qaror o‘sha mushtarak adabiy tilda alohida risola bo‘lib bosilib ham chiqdi. Nihoyat, 1907 yilda Rusiya davlat maorif inspeksiyasi mamlakatdagi musulmonlarning o‘z ona tillarida o‘quv-yozuvni olib borishlari mumkinligi haqida qaror qabul qildi. Biroq bu maxsus qaror musulmon bolalarini o‘z ona tilida o‘qitishni faqat mahalliy shevada olib borish zarurligini uqtirdi.
Gasprinskiy shundan cho‘chigan edi. U bu qarorni mutlaqo noto‘g‘ri, hatto jinoyat deb hisobladi:
«Maorif inspeksiyasining bu ishini biz butunlay xato deb bilamiz, chunki xalqning ona tili bu millatning adabiy tilidir. Agar bizim qadimiy adabiy tilimizning bir halqasi Alisher Navoiy tili bo‘lsa, turli shevalardan tarkib topgan yangi zamonaviy tilimiz uning ikkinchi halqasidir».
«Tarjimon»ning 1908 yil 13-sonida bosilgan «Til va mas’uliyat» maqolasida yana shu masalaga qaytib, o‘z fikrini atrof-licha asoslaydi. CHindan ham Rusiyaning turli joylarida istiqomat qiluvchi turkiy xalqlarning tillari, to‘g‘rirog‘i, shevalari bir-biridan farq qiladi.Xo‘sh,bu farq ruslarda yo‘qmi? Vyatka mujiklarining tili YAroslavl hunarmandlarinikidan, tulalilarniki Kursk, Smolensk erlilarinikidan qanchalik farq qiladi! Arablarchi? Goho ular orasidagi farqlar bir-birlarini tushunmaslik darajasiga boradi-ku? Nima uchun Lomonosov, Jukovskiy, Pushkin, Turgenev kabi adiblar, mutafakkirlar yagona adabiy til uchun umr bo‘yi kurashdilar?! Nima uchun arabning ko‘zga ko‘ringan olim- fozili borki, til birligini tildan qo‘ymaydi?! Nemislar nega umumiy til ustida bu qadar jon kuydiradilar?!
To‘g‘ri, yagona adabiy til milliy adabiyot bilan birga maydonga keladi. Lekin uni shakllantirish uchun birgina adabiyot ahlining emas, butun millatning, birinchi navbatda, ziyolilarning g‘ayrat va rag‘bati kerak.
Bu erda ham ishni maorifdan boshlamoq zarur. Bolaning ilk savodi, mayli, shevada chiqsin, lekin ikkinchi-uchinchi yildanoq o‘qishlar umumiy yagona tilda ketmog‘i lozim. Bu degani dunyoning tashvishlarini ko‘zda tutgan, lekin o‘z ona tilimizda, milliy ruhimizda bo‘lgan o‘rta va oliy maktablar ilmiy, madaniy muassasalar, turli-tuman mutaxassislar, xullas, nimaiki millatning iqtisodiy, siyosiy va milliy mustaqilligini ta’min etadigan bo‘lsa, hammasi kerak. Bularsiz millat ozod bo‘la olmaydi.
Xo‘sh, bizga hozir ona tilida o‘rta va oliy maktablar ochishga ruxsat berilsa, biz bunga tayyormizmi, degan savol qo‘yadi Ismoilbek Gasprinskiy va «yo‘q!» deb javob beradi. Demak, birinchi vazifa, yosh, taraqqiyparvar milliy ziyolilar tayyorlamoq, zamin hozirlamoqdir. Uni hech kim qilib bermaydi, o‘zimiz qilishimiz kerak:
«Bugundan boshlab umumiy til ustida kurasha boshlamoq, maktablar uchun darsliklar, o‘quv kitoblari, lug‘atlar tayyorlamoq kerak», — deb yozadi Gasprinskiy «Tarjimon»ning 1907 yil 42-sonida bosilgan «Do‘stlarimga» nomli maktubida.
Bularning hammasining boshi milliy ong, xususan, milliy maorif bo‘ladi. Mamlakatimizda soniga ko‘ra nisbatan ozchilikni tashkil etuvchi armani, gurji, latishlarni qarang, qanchalar ilgarilab ketdilar. Finlyandiya va Polsha mustaqillikni olishgacha etdi. Iqgisodi ham joyida. Kerakli narsasi bor. Hammasi milliy ongdan, milliy til, adabiyotdan.
«Millatning ikki asosi bor: til birligi, din birligi. Millatning o‘zligini yo‘qotish uchun shularning bittasi buzilishi kifoya», deydi Gasprinskiy.
1885 yilda Istanbuddagi Abuziyo matbaasida Ismoilbek Gaspralining «Ovro‘po madaniyatiga bir nazari muvozana» degan kichkina risolasi bosilib chiqdi. Evropa o‘z taraqqiyotining haddi a’losida turgan, Evropa turmush tarzi dunyoning barcha mamlakatlariga o‘rnak va timsol tutilgan bir paytda Rusiyaday qoloq bir yurtning qaysi bir burchagidagi bir musulmon dunyoning taraqqiyparvar ahli orasidagi hukmron nuqgai nazarga e’tiroz bildirdi.
Fan va texnikasi bilan dunyoni hayratga solgan kapitalistik Evropani ham, jannat va’da etuvchi sotsialistik Evropani ham rad etdi. Har ikkisida ham axloqsizlik ko‘rdi. Bugungi Evropa madaniyati qadim Rim sivilizatsiyasi asosida maydonga kelgandir. Qadim Rim saltanati esa ma’naviy-axloqiy chiriganligi uchun barbod bo‘lgan. Binobarin, «Rumolilar asir etlari bilan hovuzlarda boqilgan baliqlarga to‘ymasdan qanday qulagan bo‘lsalar, ularning farzandlari bo‘lgan ovro‘polilar ham butun dunyoning mevalariga to‘ymaydilar»,- deb yozadi Gasprali.
Qadim Rim saltanati deganda bugungi o‘quvchining ko‘z o‘ngiga, birinchi navbatda, bir to‘da to‘ralarning ko‘nglini ochish uchun o‘lim bilan kurashga chiqqan gladiatorlar, mashhur Spartak keladi. XIX asr esa, Evropa kolonializmining gullagan davri edi. Kitob chop etilgan 80- yillarda oq podshoning sevimli generali Skobelev olis Xurosonning Ko‘ktepa qal’asini qonga botirib, Marvi shohjahonni ishgol etgan edi. Rumolilarning XIX asrdagi farzandlarining butun dunyoning mevalariga to‘ymasliklari shundan. Muallif fikricha, yangi — XIX asr Evropa madaniyati bilan qadim Rim madaniyati mohiyatan bir xil. Qurollar, usullar, o‘rnaklar o‘zgargan, xolos, natija va samara eskicha.
Risolada asosiy e’tibor «yangi dunyo» madaniyatining ma’naviy-axloqiy jihatlariga qaratiladi. Vorisiylikka, otalar va bolalar masalasiga to‘xtaladi. Bolalarning (sotsialistlarning) o‘z otalari (kapitalistlar)ni rad etishlarida katta ma’no ko‘radi. Ayni paytda, bolalarning adolat haqidagi tushuncha va fikrlari adolatsizliklar bilan to‘la ekanligini ochib tashlaydi. Uningcha, oldingi har ikki madaniyatning asosiy nuqsoni shundaki, ularda haqqoniyat yo‘q. Islomdagi haqqoniyat yo‘q. Haqqoniyat degani nima? Avloniy buni shunday tushuntiradi:
«Haqqoniyat deb ishda to‘g‘rilik, so‘zda rostlikni aytilur…» Gasprali barcha insonlarning o‘zaro munosabatlari bir asosga — foyda asosiga qurilganini ta’kidlaydi, lekin ishlab chiqarish vositalarini kishi faoliyatini nazorat qiluvchi ushr (o‘ndan bir miqdordagi yillik ekin solig‘i), zakot (qirqdan bir miqdordagi yillik mulk solig‘i) kabilarning inson va jamiyat hayotidagi favqulodda nazoratchilik rolini uqtiradi. SHular Evropaning huquq va axloqiga asos qilib olinganida sotsialistik fikrlarga imkon qolmasligini aytadi. SHu tariqa, Evropa ilm-fani bilan islom axloqining hamkorligida maydonga keladigan yangi umuminsoniy madaniyat masalasini ko‘taradi.
Xo‘sh, islom madaniyati qanday madaniyat? U nimani ko‘zda tutadi? Evropa madaniyati sharhidan keyin buning izohiga ham zarurat tug‘ilgan ko‘rinadi. Har holda Ismoilbekning «Madaniyati islomiya» nomi bilan bir kitobi paydo bo‘ldi va qisqa muddatda 2 marta chop etildi. Madaniyat, uningcha, kishilarning turmushi, ish faoliyati, kasb-hunarga munosabati bilan belgilanadi va ularni taxminan 3 ga (vahshiy, yarim vahshiy, madaniy) bo‘ladi.
Gap shundaki, madaniyat hech qachon yolg‘iz bir millatga yoxud mamlakatga tegishli bo‘lib qolmaydi. Turli sabab va sharoitga ko‘ra birida ozroq, ikkinchisida ko‘proq yoxud birida bir, ikkinchisida boshqa jihati nisbatan farqli rivojlanishi mumkin. Bir vaqtlar Evropa undan bebahra qolgan edi, hozirda uning Osiyodan o‘sib ketganligi hammaga ayon. Zamonida Evropa kiyim nimaligini bilmay, mol terisiga o‘ralib yurgan paytlarda Osiyo paxta-ipak matolarini tanlab kiyardi. Hozirda osiyolik ot-eshak, qayiq bilan o‘n kunda yuradigan yo‘lni Evropa temir yo‘l yo paroxodda bir kunda bosib o‘tadi. Bu madaniyat darajasining samarasi. Ayni paytda, u butun insoniyatnikidir, — deydi muallif.
Kimki bu yo‘lda xizmat qilsa, insoniyatga xizmat qilgan bo‘ladi. SHu jihatdan, musulmon olami insoniyatga nima berdi? Umuman, uning xizmati bormi?
Ismoilbek shunday savol qo‘yadi va «Ham bordir, ham ko‘pdur» deb javob beradi. SHundan so‘ng 2 muhim masalaga aniqlik kiritadi.
1. Islom madaniyatining birgina arab madaniyatidan iborat emasligi. Evropada keng tarqalgan bu fikrni muallif yanglish hisoblaydi. Darhaqiqat u hodda fransuz, ingliz, nemis ziyolilari bunyod etgan ilm-fanni «lotin madaniyati» deyish kerak, chunki ular shu tilda yozilgan. Unday demaymiz va to‘g‘ri qilamiz. Islom madaniyatini ham yolg‘iz arablar yaratmadilar. Unda turk, fors, hind va boshqa qavmlarning ham ulushi bor.
2. Islom madaniyatining antik va hozirgi Evropa madaniyati bilan o‘zaro munosabati masalasi.
Insoniyatning eng qadim madaniyati, shubhasiz, Misr va YUnon madaniyatidir. Hozirgi baravj madaniyati esa, Evropa madaniyati bo‘lib turibdi. Xo‘sh, islom madaniyatining o‘rni qaerda? Evropa olimlarining ko‘pchiligi bugungi Evropa madaniyati qadim Misr-YUnon madaniyatining bevosita davomchisi deydilar. «Va lekin bu iddaolari yanglishdir va xatodir, — deb yozadi Ismoilbek. — CHunki YUnon madaniyati oxiri ila Ovro‘po madaniyati boshina qadar kechmish ming yil olam madaniyatsizmi qoldi? Ovro‘po madaniyatni to‘g‘ri YUnondan olgan bo‘lsa, nima uchun ming yil uni olmasdan kutib o‘tirdi?»
Muallifning atroflicha asoslashicha, yunon madaniyati Evropadan oldin islom dunyosiga yoyilgan va musulmonlar uni taraqqiy qildirib, nuqsonlarini ozaytirib, Evropaga topshirdilar. Aristotel, Platon kabi o‘nlab mashhur yunon olimlari asarlarini Evropaga tanitganlar musulmonlar bo‘ladi. Buni G‘arb olimlari orasida e’tirof etguvchilar yo‘q emas. Amerikalik Draber «Evropa akliy taraqqiyoti tarixi» kitobida «Evropaning bugungi ulug‘ ziyosi musulmonlar yoqqan sham’ va chiroqlarning yog‘dusidan maydonga kelgandir», deb yozgan. Oyati karima va payg‘ambarimiz hadislari, sahobalar e’tirofi. islomiyat madaniyatning asosi va manbai ekanligiga dalil emasmi?
Darhaqiqat, Qur’oni karimda «ilm» so‘zi 751 o‘rinda uchrar ekan…
Islom olamidan uzoq yunon madaniyati musulmonlar hayotiga qanday kirib keldi?
Ismoilbek buni VIII asrdan, Abbosiy xalifa Abu Ja’far Abdulloh al-Mansur zamonidan deb belgilaydi. Ilm-fanni sevgan bu xalifa hind olimlaridan ilmi nujum va hay’atni o‘rgangan. YUnonlarda bu fanlarning taraqqiy topganligini anglab, tarjima qilishni yo‘lga qo‘ygan. Qisqa muddatda Bag‘dod, SHom ilmu hikmat xazinalariga aylanadi. Bu borada Xorun ar- Rashid, Ma’mun kabi xalifalar katta himmat va jasorat ko‘rsatadilar. Nihoyat, bular o‘z samarasini beradi.
Ismoilbek o‘z fikrlarini dalillash uchun ko‘plab misollar keltiradi. CHunonchi, mexanika ilmi darajasini ko‘rsatuvchi shunday fakt keltirilgan. Xorun ar-Rashid (763-809) ning Fransiya hukmdori Buyuk Karl (742-814) ga yuborgan sovg‘alari orasida zang chaladigan soat bo‘lib, barcha evropalilarni hayrat va taajjubga solgan.
Abu Ja’far yunon hukmdori bilan inoq edi. Afinadan beadad kitob oldirdi. Ma’mun davrida Ptolomeyning «Majistiy»i tarjima qilindi (YAhyo ibn Xolid Barmakiy). Sanad bin Ali va Xolid bin Abdulmalik Marvarudiy astronomiya bo‘yicha yangi ma’lumotlarni qo‘lga kiritdilar. Er kurrasining uzunlik va kenglik darajalari o‘lchab chiqildi. Sayyoramiz harakatiga doir 3 zij tartib qilindi. Abbos bin Sayyid Jo‘shariy ibn Ishoq bin Kasuf, Abdulloh bin Sayyid al-Farg‘oniy kabi mashhur olimlar yunonlarning astronomiyaga doir ko‘plab xatolarini aniqladilar va quyosh dog‘lari, oy-kun tutilishi, dumlik yulduzlar borasida bir qancha kashfiyotlar qilindi…
Evropa handasa (geometriya) ilmini xurosonlik Abulvafoning hijriy 5-asr boshida tuzilgan «Az-ziji SHomil» va «Majistiy»sidan o‘rgandi. Ismoilbek fikricha, bugungi teleskoplar o‘sha zamonlarda kashf etilsa edi, islom ulamosi «balki Ovro‘po ulamosina ilmi hay’atda hech bir ish qoldurmaslar edi».
Afsuski, XI asrdan zamon notinchliklari kuchayib bordi. Bir tomondan, g‘aznaviylar, saljuqiylarning mulk dag‘dag‘asi, ikkinchi tomondan, CHingiz istilosi, uchinchi tomondan, Quddusi sharif uchun boshlanib ketgan «salib yurishlari» islom olamini larzaga solib, ilmu hunar yo‘llarini buzib yubordi. Lekin ilm-maorif nuri so‘nmadi, aksincha, dushmanlarga ham ziyo berib, mu-navvar qildi. Mo‘g‘ullarning katta qismi islom madaniyatini qabul etdilar, evropalilar esa yuz yillik salib yurishlari davomida qanchadan-qancha san’at va hunarlarni o‘rganib qaytdilar.
Islom madaniyatining o‘choqlari birgina Bag‘dod, SHeroz, Nishopur, Samarqand emas edi. Bunday markazlar Afrika, Ispaniyada, qo‘yingki, islom olamining deyarli barcha nuqtalarida bor edi va hammasida ilm-fan rivoj topdi. Birgina Ispaniya va Afrikada etishgan islom ulamosining kashfiyotlari va yozgan asarlari nomlarining o‘zi, Ismoilbek guvohlik berishicha, «yigirma jild» bo‘ladi.
Muallif islom madaniyatining mazmun va ko‘lami haqida umumiy ma’lumot bergach, «Ulumi tabiiya», «Qonun va nizom», «Tarix», «Hikmat», «Tib», «Adabiyot», «Ulumi riyoziyya», «Fani jug‘rofiya» kabi boblar ochib, tasnif etadi. Har sohaning eng mashhur namoyandalarini tilga oladi, asarlaridan namuna keltiradi, baholaydi. Tasnif va baho ko‘pincha Evropa ilm-fani bilan taqqoslab olib boriladi.
CHunonchi, tabiiy fanlar borasida so‘z yuritganda, bir qator sohalarda «xoja (muallim)lari o‘lan yunoniylardan ko‘b o‘zub ketgan»liklarini, masalan, nabototdan «yunon ulamosina hech ma’lum o‘lmayan ikki ming jins nabotot kashf va tajruba etilgani»ni, Andalus podshohi Abdurahmon I Qurtabo shahri yonida ulkan Botanika bog‘i tashkil qilib, dunyo o‘simliklarini to‘pla-moq uchun Osiyo va Afrikaning har tomoniga maxsus kishilar yuborganini qayd etadi. SHuningdek, o‘simlik-giyohlarning changlanishini aniqlash, dori va giyohlarni shakarda qaynatib saqlash, dorixonalar ochish «islom hukumatining ma’rifatlari»dan ekan. Ismoilbek er ilmi, ziroat asboblari borasidagi o‘nlab kashfiyotlar musulmon olamidan olinganligi evropalik olimlarning o‘zlari tomonidan qayd etilganini aytadi. «Ovro‘poda bu kunda mavjud o‘lan nabotot (o‘simlik) va ashjor (daraxt) va chechaklaring ko‘pisi Andalus musulmonlarindan olinmishdir va necha asr oldin o‘rganilmishdir», deb yozadi.
«Tib» bobida Xorun ar-Rashidning tabibi YAhyo bin Miskaveyh tibbiyotga doir 30 jild kitob yozgani va ularning arabiy, ibroniy tildagi nusxalari evropaliklar qo‘liga tushgani, Abbosiylar davrida etishgan Abu Bakr ar-Roziy ilk bor chechak va qizamiqni emlagani, ikki yuzdan ortiq kitob yozgani, asarlari XVI asrda italyan tiliga tarjima qilingani, undan 50 yil so‘ng Eronda yashagan Ali bin Abbos yunoniylarning tibbiyotdagi ko‘plab xatolarini ko‘rsatib, 20 jild kitob yozgani, buyuk Ibn Sinoning asarlari asrlar davomida G‘arbda dasturi amalda kelayotgani kabi ma’lumotlar keltiriladi.
Islom olami ilmda yangi-yangi yo‘nalishlarni boshlab berdi.
Hikmat va Qur’on oralig‘ida «Aqoid» va «Tasavvuf» dunyoga keldi. G‘azzoliy diniy hikmatga doir yuzga yaqin kitob yozdi. Tasavvuf Muhyiddin Arabiy, Jo‘nayd Bag‘dodiy, Mavlono kabi ulug‘ zotlarni etkazdi. «Ovro‘poda «filo‘so‘f», «mistiq» dediklari ulamoning «So‘fiyun» firqasidir», — deb tugatadi «Hikmat» bobini muallif.
«Qonun va nizom» bobida shariat, mazhablarning jamiyatdagi o‘rni, Imomi a’zam Abu Hanifa, Imom SHofe’i, Imom Molik va Imom Xanballarning islom madaniyati tarixidagi xizmatlari haqida gap ketadi.
«Tarix yozmaya musulmonlar har millatdan ziyoda xidmat etmishlar, desak joizdir», — deb boshlanadi «Tarix» bobi. Kotib CHalabiy (1609-1658) «Kashfuz-zunnun…»ida 1300 muarrix nomini keltirgan ekan. Ismoilbek ularning eng mashhurlari Abul-Faraj, Burhonildin, Ibn Xaldun, Mas’udiy kabilar haqida ma’lumot beradi, ularning hayoti bilan bog‘liq voqealardan hikoya qiladi. Tabiiy fanlardan «hisob», «handasa», «jabr»ni qayta yaratganliklari, «fani maxoikiya» (mashinasozlik), «fani absor» (optika)ga buyuk xizmat qilganliklarini dalillaydi. SHuningdek, Muhammad Bag‘dodiyning er sathini o‘lchash va xaritasini tuzish borasida maxsus kitob yozganini ma’lum qiladi.
Bugungi soatlarimizdagi «soat» va «daqiqa» taqsimxonalari musulmonlar hunari bo‘lib, o‘rta asrlarda Abul Hasan Mag‘ribiyning kitobida mufassal bayon qilingan ekan. Mashhur Umar Xayyom va Abdurahmon al-Xarojiyning «Sanayi jaloliya» nom olgan yil hisobi Evropa Rum (Grigoryan) kalendaridan bir necha asr ilgari va aniq tuzilgan.
Jug‘rofiyachi? Batlimus (Ptolomey) «Jug‘rofiya»si Ma’-mun zamoniga kelib eskirdi. Uning amri bilan maxsus hay’at tuzilib mukammal jug‘rofiya kitobi — «Rasmul-arz» yaratildi, oldingisiga tuzatishlar berilib, xaritalar ilova etildi. Va ular asrlar davomida Evropada dasturulamal bo‘ldilar. SHohruh topshirig‘i bilan Abdurazzoq Samarqandiy Hindiston va Xitoy jug‘rofiyasini o‘rgandi: Mirzo Ulug‘bek ko‘rsatmasi bilan Ali Qushchi erning kenglik darajasini, sathini o‘lchashda juda katta yutuklarni qo‘lga kiritdi.
Dengiz xaritalari musulmonlar ixtirosidir. 1497 yilda dengiz safariga chiqib, ko‘plab orollar kashf etgan Vasko da Gamaning arabcha yozilgan bir dengiz xaritasidan foydalanganligi ma’lum.
Ismoilbek ayrim Evropa olimlarining «turk xalqlari zehnu salohiyatdan noqis va ojiz bo‘lganligidan qora va past ishlardan boshqasiga yaramaydi» degan fikri bilan bahsga kirishadi. Idrok-iste’dodning, zehn va aqlning bu xalqda boshqalardan zarracha ham kam emasligini, axloq va odobda, sadoqat va to‘g‘rilikda, or-nomus himoyasida sayyohlar tilida kelishini ta’kidlab ko‘rsatadi va o‘z fikrlarini «Bir xalq(n)ing yo bir qavm(n)ing axloq kasb etmasi iste’dodu aqliyasindan tug‘ar. Noqis aqldan maqbul axloq va adab tug‘mas», — deb yozadi. So‘ng misollarga o‘tadi: «Olami islomiyatda mashhur va Ovro‘po Farangiston ula-mosina ma’lum «muallimi soniy» nomini kasb etmish Abunasr Forobiy hazratlari turk o‘g‘li turqdirki, ham birinchi ulamodan, ham birinchi hukamodandir. Ali Husayn ibn Sino hazratlari Ovro‘poda «Avissina nomi ila mashhur o‘lan ekan. Turk o‘g‘li turkdir. YUnon qavmi Buqrot kabi tabib va Arastu kabi filo‘so‘f ila iftixor edar. Ibn Sino esa, ham tabibi mashhur, ham filo‘-so‘fi nodir edi. Ibn Sino Arastuning aksi dagil edi va lekin Arastuning shogirdi o‘lmayub, o‘zining iste’dodi aqliya va zehniyasi ila Arastuya barobar kelmishdir. Ibn Sino Buxoro mevasidir…»
«G‘aznaviylaring va temuriylaring saroylari ulamo va huka-mo jamiyatlari ila sharaflandigi tarixlarda yozilmishdir…» Muallif «hissa» chiqaradi: «Har millat(n)ing va xalq(n)ing buyukligi, zo‘rligi «cho‘qlik» («ko‘plik»), «mol va kasb», «shijoat» ila o‘lchanilur esa-da, eng sharafli mezon va o‘lchov «ilm va hunar»dirki, bularga ega millat, xalq eng ulug‘, eng buyuk xalqdir».
So‘nggi bob «Islomiyat va madaniyat» deb nomlangan. Undan mazkur risola XIX asr o‘rtalarida kechgan islom va ilm-fan mavzuidagi bahsga o‘ziga xos javob ekanligi ma’lum bo‘ladi. Ismoilbek Evropa matbuotida goh-goh ko‘zga tashlanib qoladigan «islomiyat madaniyatga mutanosib emas» degan fikrning kelib chiqish sabablari ustida to‘xtab, uni chalamulla din peshvolarimizning jaholatidan ko‘radi. Holbuki, buni aniqlashning yo‘li juda oson. 1. Dinning asosini, qoidalarini o‘qib bilmak. 2. SHu dindagi xalqning ahvolini o‘rganmak. Har ikki jihatdan ham ushbu dinning mukammal bir madaniyat manbai ekanligi ma’lum bo‘ladi. «Qur’oni azimush-shon bir kitobdirki, har nuqgasi vositai madaniyatdir, — deb yozadi Ismoilbek. —Payg‘ambarimizning hadislari va g‘ayri aozim islom(n)ing kalimot va hukmiyoti bir qonuni filloh va madaniyatdur. Dunyoda shariati muhammadiya qadar haqqoniyat va musovot asosi uzra ta’sis o‘linmish hech bir mukammal qonun yo‘qdir.
Madaniyatning bosh va arkoni o‘lan maorif, sa’y va amali ittihod, musovot, hurriyat, muhabbati vatan kabi avsofi mam-duha dini islom(n)ing birinchi darajada amr va tavsiya etdigi ahkomindandir».
Yana bir dalil: boshqa millatlar o‘z olimlarini qamoq va zindonlarda chiritganida, musulmon ulamolariga yuksak mar-tabalar berilib, saroylarda, shoh dasturxoni atrofida umr kechirdilar.
Muallif ikkinchi masalaga — musulmonlar ahvoliga to‘xtalar ekan, arablarning «johiliyat» deb nom olgan islomgacha bo‘lgan tarixini misol qilib keltiradi. Islom bu qavmni tamom yangiladi, millat holiga keltirdi. Ular yuz yil o‘tmay, Afrika o‘rtalaridan Samarqandgacha, Hindistondan Fransiyadagi Piriney tog‘larigacha cho‘zilgan saltanatni maydonga keltirdilar. Qanchadan-qancha xalqlar bu dinni qabul qilib, madaniyatning katta ko‘chasiga chiqib oldilar. «Ovro‘po xalqlarining hozirdagi hunar va madaniyatlarina asos ulamoi islom(n)ing samaroyi sa’yi o‘ldig‘ini inkor etib bo‘lmas», — deb yozadi Ismoilbek va buning da-lili sifatida bugungi ilm-fan, shahar madaniyati, dehqonchilik, bog‘dorchilik, ekologiya kabilarning hammasi islom madaniyatiga borib taqalishini ko‘rsatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |