Milliy va ijtimoiy kurashlar davri adabiyoti. XX asr boshlari turkistonda ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayot. Jadidchilik. Ismoilbek gaspirinskiy faoliyati



Download 33,93 Kb.
bet2/3
Sana30.12.2021
Hajmi33,93 Kb.
#87417
1   2   3
Bog'liq
ozb adab tarixi. 4-amaliy

«Rusiya musulmonligi»

«So‘nggi yillarda Rusiyaning SHarqdagi buyuk madaniylashtiruvchilik xizmati haqida tez- tez o‘qishga va eshitishga to‘g‘ri kelmoqda, — deb yozadi Gasprinskiy ushbu asarida. — Xo‘sh, bu xizmat nimada namoyon bo‘lishi kerak? Nahotki, uning ma’nosi qozini uezd boshlig‘iga, noibni pristavga, beklikni oblastu guberniyaga, ushrni tan solig‘i-yu yana boshqa «ber-ber»larga, ipak to‘nu beshmetni dvoryanlik yoqasiga almashtirib qo‘yishdan iborat bo‘lib, boshqa qilinadigan ish qolmagan bo‘lsa?»

Gasprinskiy «Rusiyaning SHarqdagi madaniylashtiruvchilik roli»ga mana shunday tanqidiy qaraydi va u savolga salbiy javob beradi. Uni aksincha, atayin ilm-ma’rifatdan uzoqda saqlab kelayotganlikda, musulmonlarning tilini, dinini, turmush tarzini buzishda ayblaydi.

Bir tomondan, millatni mahv etib kelayotgan jaholat, ikkinchi yoqdan chor hukumatining izchil, rejali ruslashtirish siyo-sati. Rusiyadagi musulmonlarning taqdiri qanday bo‘larkin?


Ismoilbek mana shu savolga javob izlaydi. Uningcha, Rusiyaning tobe millatlarga munosabatida 2 yo‘l turibdi: 1. Assimilyadiya (ruslashtirish). 2. Hamkorlik. Birinchi holda mustamlakaga, milliy taraqqiyotga hech qanday yo‘l berilmaydi, u to‘la ruslashtirib bo‘lingach, vakillari mamlakat idora ishlariga jalb qilinadilar. Ikkinchi hodda, uning milliy taraqqiyotiga imkon yaratiladi, tegishli darajaga ko‘tarilgach, hukumat ishlariga tortiladi.

Rusiya o‘z mustamlakalariga nisbatan har ikki yo‘ldan foydalanmoqda. Polshada — birinchi yo‘ddan. Finlyandiyada — ikkinchi yo‘ldan. U turkiy xalklarga nisbatan qaysi yo‘lni tutarkin?


Rusiya birinchi yo‘lni istaydi. Lekin bu qiyin va samarasiz. Negaki, turkiy xalqlarning juda katta tarixi, qadim madaniyati bor. Uni qalblardan siqib chiqarish g‘oyat mushkul. Ma’quli — ikkinchi yo‘l.

Buning u qadar qiyinchiligi ham yo‘q. Musulmonlar (muallif turkiy xalqlar o‘rniga «musulmonlar» atamasini qo‘llaydi) ozgina turtki bilan o‘tgan muddatda yo‘qotgan zehniyatlarini tiklab ola oladilar. Hatto turtki — yordamga ham ehtiyoj bo‘lmas. Ozgana xayrixohligu ruxsat berishning o‘zi kifoya. Masalan, xalq an’anaviy xayriya yo‘li bilan ham maktab-madrasalarini tiklay oladi. Faqat uni zamonaviy talablarga javob beradigan darajaga ko‘tarish lozim. Birinchi navbatda, dunyoviy fanlarga zo‘r berish kerak. X-XV asr Turkistonining qomusiy olimlarini mana shu madrasalar etkazib bermadimi?! Ko‘hna SHarqning universitetlari madrasalar emasmi?! Evropa universitetlari ispan Andaluziyasidagi madrasalardan andoza olib qurilmadimi?! Bu masalada yolg‘iz birgina shart bor. U shundan iboratki, Rusiya musulmonlari milliy maoriflarini o‘z milliy vositalari asosida qurmoqlari kerak. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim va tarbiya mutlaqo o‘z ona tilida bo‘lmog‘i lozim.

«Rusiya musulmonligi» risolasi shular haqida edi.

   U Rusiyada yashovchi musulmonlarni shu mamlakatning teng huquqli fuqarolariga aylantirish va ayni paytda ularning o‘z milliy, diniy jihatlarini saqlab qolishga qaratilgan o‘ziga xos dastur edi. Kitob bosilib chiqishi bilan velikorus shovinistlarining qattiq qarshiligiga duch keldi. Ayniqsa, musulmonlarning maktab-maorifini milliy asoslarda qurishlari lozimligi —milliy maktab haqidagi fikrlar yoqmadi.

Buni u bilardi. Moskvada Milyutin gimnaziyasida o‘qib yurgan paytlari o‘risparastligi bilan dong qozongan M.N.Katkov bilan bu masalada ko‘p to‘qnashgan edi. Uning muharrirligida chiqqan «Moskovskie vedomosti» gazetasi bilan «Russkiy vestnik» jurnalini muntazam o‘qib borar edi. Uning nuqtai nazari Toshkentda N.Ostroumov va M.Muropiev, Qozonda N.Ilmins- kiy bilan ayni bir xilda ekanligini yaxshi bilardi.

N. Ilminskiy turk-tatar xalqining maktab-maorifiga daxldor har bir ilgari siljishni rus xalqiga qarshi harakat deb biladi. Sinodning ober-prokurori K.P.Pobedonosdevga yozgan bir xatida ochiqdan-ochiq «Rusiyadagi musulmon xalklariga bironta ham ijtimoiy-siyosiy huquq bermaslik kerak», deydi.


Ismoilbek Rusiya qoidalarini sinchiklab o‘rgandi. 1882 yilda «Solnomai turkiy», «Mir’oti jadid» nomlarida 2 risola e’lon qildi. «Rusiya musulmonligi» asarida ko‘tarib chiqqan masalalarni amalga oshirishni matbuotdan boshladi.


Download 33,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish