Milliy universitetining jizzax filiali



Download 442,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana20.04.2022
Hajmi442,01 Kb.
#565807
1   2   3   4
Bog'liq
Ijtimoiy psixologiyaning metodologik muammolari va tadqiqot usullari.

So`rov metodlari.
So`roq metodlari ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng 
qo`llaniladi, ayniqsa, anketa surogi va interyu metodlari. Bu metodlarni qo`llashni 
qator metodologik qiyinchiliklari mavjud, chunki, bu yerda doim shaxslararo 
o`zaro munosabatlar, o`zaro tasir shakllari mavjud bo`lib, tadqiqotchining subektiv 
munosabatlarini ham inkor qilib bo`lmaydi. Tadqiqot mobaynida shaxslararo idrok 
va subektiv bir-birini tushunishga qaratilgan barcha qonuniyatlar ishlaydi. Shunga 
qaramay, juda ko`p ijtimoiy psixologik malumotlarni tuplashda So`roq metodlari 
eng qo`lay usullar sifatida ishlatib kelinmoqda.
Shunday qilib, So`roq metodlari tadqiqotchi bilan tekshiriluvchining 
bevosita (suhbat, intervyu) yoki bilvosita (anketa) muloqoti tufayli birlamchi 
malumotlar tuplash usulidir. Odamlar tilidan yozma yoki ogzaki tarzda olingan 
fikrlar malumotlarning manbai bo`lib xizmat qiladi. So`roqni o`tkazuvchi odamdan 
talab qilinadigan asosiy narsa bu muloqot madaniyatidir, chunki tekshiriluvchilar 


turli yesh, kasb, demografik muxitga mansub kishilar bo`lishi mumkin. Eng 
Yaxshi suhbat yoki interyu bu bevosita, erkin fikr almashinuvi sharoitida o`zaro 
fikr almashinuviga qaratilgan muloqotdir. Ayniqsa, bu narsa intervyuga taalluqli. 
Chunki suhbatdan farkli, intervyu aniq muammo doirasida, kat`iy bir yo`nalishda 
olib boriladi. Intervyu oluvchi suhbatdoshga nisbatan yo`qori mavqeda bo`lib, 
uning fikrlashiga halakit bermasligi, ayniqsa, unga tazyik o`tkazmasligi lozim. 
Intervyu jarayonidagi eng qiyin narsa - bu suhbatdosh bilan birinchi aloqa 
urnatishdir, ya`ni o`z shaxsini tanishtirish, maqsadida bayon eta bilish, 
suhbatdoshda o`ziga nisbatan ijodiy munosabat shakllantirib, birinchi so`zlarni 
aniq, ravon, ifodali bayon qilish muloqot samarasini ta`minlovchi muhim 
psixologik omillardir.
Bevosita muloqot boshlangandan keyin esa, intervyu aniq va kerakli 
ma`lumotlarni olish uchun quyidagi vositalardan foydalaniladi: 
- hamjihatlik bildirish (diqqat-e`tibor bilan boqish, samimiy qo`lish, so`zlar 
yoki bosh harakatlari bilan fikrlarni ma`qo`llash); 
- qisqa so`z iboralarini qo`llash ("juda Yaxshi", "fikringizga qo`shilaman" va 
xoka`zo); 
- asosiy masalani eslatib turish; 
- ba`zi masalalarda qisman qo`shilmaslik belgisini bildirish ("Siz bunday 
deyapsiz, lekin ba`zilarning fikricha,..." va xoka`zo); 
- respondentning oxirgi so`zlarini vaqti-vaqti bilan qaytarib turish (exo 
metodi) ; 
- turli Yo`llar bilan bildirilgan fikrlarni tushuntirib berishga erishish.
Intervyu o`tkazishga odam maxsus ravishda tayorgarlik kurishi kerak, 
chunki u odamdan qator muhim sifatlarning bo`lishini talab qiladi. Shuning uchun 
ham ijtimomy psixologiyada "rolli o`yinlar" metodi yerdamida psixolog yoki 
sotsiologlar maxsus tayorgarlik kursidan utadilar.
Anketa metodi hammaga tanish bo`lgan usullardan biri. Lekin ko`pincha 
anketani o`tkazgan odam uning to`zilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan 
ma`lumotlarni qayta ishlab, sharxlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Anketaga 


kiritilgan savollarga ko`ra anketa ochik yoki yopiq turlarga bo`linadi. Ochik anketa 
respondentdan o`z fikrini bilganicha bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi 
anketa savollarning esa javoblari berilgan bo`lib, tekshiriluvchi o`ziga ma`qo`l 
bo`lgan o`zining qarashlari, fikrlari bilan mos bo`lgan javobni belgilab beradi. 
Ochik savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo`yilgan vazifaga 
yetarli darajada mas`uliyat bilan qaramaganligi hamda yozilgan javoblarni statistik 
ishlov 
berishdagi 
qiyinchiliklar 
bo`lsa, 
yopiq 
anketadan 
respondentga 
tekshiriluvchi tomonidan o`z fikriga ergashtirishga o`xshash holat yoki har doim 
ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bo`lmasligidir. Shunday 
holatlarda respondent ye umuman javob bermasligi yoki tavakkal bir variantni 
belgilab berishi mumkin.
Shuning uchun ham oxirgi paytda yarim yopiq savollardan iborat anketa 
to`zilmoqdaki, ularda javob variantlardan tashkari, yana kushimcha fikr bildirish 
uchun kushimcha qatorlar qoldiriladi.
Anketaga kiritilgan savollar to`g`ridan-to`g`ri berilishi mumkin. Masalan, 
"... xususida Sizning fikringiz?," ... ekanligini bilasizmi?, "... Sizga ma`qo`lmi?" va 
shunga o`xshash. Lekin savollar bilvosita berilsa ham Yaxshi kabo`l qilinadi. 
Masalan, "Ba`zi odamlar... deb hisoblaydilar. Sizchi?" yoki oilaviy daromad 
qiziqtirgan sharoitda to`g`ridan-to`g`ri"Daromadingiz qancha?"demasdan, uy-
ruzgor buyumlari ro`yxati va boshqa pul bilan bog`liq narsalarning bor-yo`qligini 
so`rash 
Yo`li 
bilan 
ham 
o`rganish 
mumkin. 
Ko`pgina 
tadqiqotlarda 
tekshiruvchilarga "proektiv" savollar ham beriladi. Bunda shaxsga bir qancha 
hayotiy vaziyatlar, u yoki bunday xulq-atvor shakllari taklif qilinib, ular ichidan 
o`ziga maqo`l, u maqo`llashi mumkin bo`lganini tanlash topshirigi beriladi. V. 
YAdov shunday hollarda munosabatning kuchini ham aniqlash mumkin, deb 
hisoblaydi. Masalan, ba`zi odamlar "Mening fikrimga to`g`ri kelmaydigan narsani 
gapirishsa, men hattoki ularni eshitishni ham xoxlamayman", deydilar. Sizning 
fikringiz qanday?
1. Ularga tuligicha qo`shilaman
2. Ularga qo`shilaman 


3. Qo`shilaman, faqat butunlay emas 
4. Ularga qo`shilolmayman 
5. Ularga tamoman qo`shila olmayman. Odatdagi anketa to`zilishi jixatdan 
uch qismga bo`linadi:
1. Kirish qismi yoki "respondentga murojaat" deb ataladi. bu qismda odatda 
tadqiqot o`tkazayotgan tashqilot nomi, oddiy tilda tadqiqot maqsadlari va ularning 
qanday foydasi borligi, tekshiruvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan 
malumotlarning umumlashtirilgan holda ishlatilishi (anonimlik), anketani tuldirish 
Yo`llari va boshqalar yoziladi. Instruksiya - murojaatning qanchalik Yaxshi 
yozilganligi bevosita tekshiriluvchining ishga bo`lgan munosabatiga bog`liqdir.
2. Asosiy qism. Bunga savollar kiritiladi, lekin savollar tartibiga ham etibor 
berish kerak, chunki boshidan qiyin savollar berilsa, bu narsa repondentni 
chuchitib kuyishi, hattoki, tuldirmasdan, anketani qaytarib berishiga majbur qilishi 
ham mumkin. Shuning uchun boshida yengil, holis savollar berib, tekshiriluvchini 
qiziqtirib olib, keyin qiyinrok, psixologik savollarga utish, oxirida yana 
"neytralrok" savollar berish maqsadga muvofiq.
3. Yakuniy qism yoki "pasportichka" respondentning shaxsiy sifatidagi 
obektiv malumotlarni olishga qaratilgan bo`lib, unda shaxsning jinsi, yeshi, oilaviy 
ahvoli, kasb-kori va boshqalar so`raladi.
Anketalar tarkatilish uslubiga ko`ra, qo`l bilan tarkatiladigan, pochta orqali 
yuboriladigan, gazeta yoki jurnallar orqali tuldiriladigan formalarga bo`linadi.
To`plangan malumotlarga, odatda, statistik qayta ishlov beriladi yoki ular 
kompyuterlar yerdamida analiz qilinadi.
Ijtimoiy psilogik testlar. Testlar psixologiyadan kirib kelgan usuldir, bu 
qisqa sinov usuli bo`lib, ular yerdamida u yoki bu ijtimoiy psixologik xodisa qisqa 
muddat ichida bir texnik usul-testda tekshiriladi. Testlar 20-30 yillarda paydo 
bo`lgan bo`lib, ular hayotga, amaliyotga shunchalik chukur kirib keldiki, hattoki 
maxsus soha-psixometrika paydo bo`ldi. Testlarni qo`llshning qo`laylik tomoni-bir 
test yerdamida bir obektning u yoki bu xususiyatini bir necha marta, takror-takror 
sinab kurish bu testni faqat qanday turdagi obektda sinalgan bo`lsa, shunga 


o`xshash obektlardagina qo`llash mumkin, qolaversa, bunda olingan malumotlar 
nisbiy harakterga ega bo`ladi. Lekin shunday bo`lishiga qaramay, testlar, ayniqsa 
hozirgi kunlarda hayotimizga keng kirib keldi. Shaxs xususiyatlarini tekshiruvchi 
testlardan tashkari, shaxsning muloqot sistemasidagi o`rnini, undagi muloqot 
malakalarining bor-yo`qligini sinovchi, shaxs aqliy sifatlarini tekshiruvchi testlar 
keng qo`llanilmoqda. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, testni to`zish, uni 
obektlarda sinovdan o`tkazish, hattoki, tayor testni moslashtirish yo`qsak 
bilimlarni, malakani, olimlik odobini talab qiladigan ishdir. Masalan, ingliz olimi 
Kettel shaxs sifatlarini sinovchi testini ishlab chiqish uchun odamdagi 4, 5 mingga 
yaqin
sifatlarni o`rganishdan boshlagan edi. Ana shulardan ekspertlar yerdamida 
171 juft dixotomik sifatlarni ajratdi (masalan, kamtar-maktanchok, bosik-tez va 
shunga o`xshash). Nixoyat, ular ichidan eng ishonchlilari tanlab olindiki, oxir-
okibat 21 xil shaxs xususiyatlaridan iborat sifatlar kompleksi tanlandi va shular 
asosida mashxur Kettel testi paydo bo`ldi. Uning yerdamida asosan shaxsdagi 
introversiya, ekstroversiya, faollik, reallik, ziyraklik darajasi va boshqalar 
sinaladigan bo`ldi.
Testlar xususida yana shuni aytish mumkinki, har bir testning 
o`z"kaliti"bo`ladi va bu kalitning egasiga maxsus lisenziyalar ya`ni kelishuviga 
ko`ra ishonchli shaxslargagina sotish, berish huquqi bo`ladi."Kalitsiz"esa maxsus 
testlarni xech kimga ishlata olmaydi. Endi maxsus sharoitlarga moslashtirilishi 
kerak bo`lgan testlarga kelsak, masalan, usha K. T. yoki Ayzenkning testlarini 
bizning O`zbekiston sharoitimizda ishlatish kerak bo`lib qolsa, demak, uni tarjima 
qilgan va uni amaliyotda qo`llagan kishida professional huquq va moslashtirish 
uchun kamida 2, 5-3 ming kishilik ob`ekt, yana odamlar kerak. Shundagina bu 
metod moslashtirilgan hisoblanadi va to`plangan ishochli hisoblanadi.
Ijtimoiy psixologik eksperiment. Ijtimoiy psixologik eksperiment - bu 
ijtimoiy xodisalarni o`rganish maqsadida tekshiruvchi bilan tekshiriluvchi bilan 
tekshiruvchi o`rtasidagi maqsadga qaratilgan muloqotdir. Bunday muloqotning 
bo`lishi uchun eksperimentator, yani tekshiruvchi maxsus sharoit yaratadi va ana 
shu sharoitda aniq reja asosida faktlar tuplaydi. Umumiy psixologiyada bo`lgani 


kabi, Ijtimoiy psixologiyada ham tabiiy va laboratoriya eksperimenti turlari 
farklanadi. Tabiiy eksperimentga misol qilib, rus pedagogi A. Makarenkoning 
jamoaning shakllanishi va uni uyushtirish borasida olib borgan tadqiqotlarini olish 
mumkin. Amerikalik psixolog M. Sherif esa guruhlararo munosabatlarga taalluqli 
fenomenlarni tabiiy sharoitlarda maxsus reja asosida tekshirib o`rgangan. Uning 
asosiy maqsadi vaqtinchalik to`zilgan jamoa - yozgi tatil lagerlarida kooperatsiya 
hamda turli ziddiyatlarning paydo bo`lishidagi psixologik sabablarni o`rganishdan 
iborat edi.
Laboratoriya eksperimenti odatda maxsus sharoitlarda, maxsus xonalarda, 
kerakli asbob-uskunalar yerdamida o`tkaziladi. Birinchi marta laboratoriya 
sharoitida ijtimoiy psixologik tadqiqotni rus olimi Bexterev o`tkazgan edi. U 
maxsus 
asboblar 
yerdamida 
idrokning 
aniqligini, 
xotiraning 
sifatini, 
kuzatuvchanlik xususiyatlarini yakka holda va guruh sharoitida solishtirib o`rgandi 
va guruhning borligi har bir guruh a`zosi psixik jarayonlariga bevosita tasir etishini 
isbot qildi.
Laboratoriya eksperimenti keyinchalik B. G. Ananev, ye. S. Kuzmin, V. S. 
Merlin, V. N. Myasishev, L. I. Umanskiy va boshqalar tomonidan yanada 
takomillashtirildi va Ijtimoiy psixologiyada apparatura uslubi keng qo`llanila 
boshladi. Masalan, F. D. Gorbov va M. A. Novikovlar tomonidan gomeostat, L. I. 
Umanskiy tomonidan yaratilgan guruh uchun integratorlar paydo bo`ldi va 
amlietda bir guruh xodisalarni tekshirishda keng ishlatila boshladi. Masalan, 
guruhiy gomeostat guruhni tashqil etuvchilar o`rtasida harakatlardagi moslikning 
bor-yo`qligini tekshiradi. Bu moslamaning moxiyati shuki, guruh a`zolari yumalok 
stol atrofida utiradilar, har bir katnashuvchi ruparasida tablo va o`zi xoxlagan 
tomonga burishi mumkin bo`lgan strelka bo`lib, tekshiruvchi har birining 
harakatini kuzatib turadi. Lekin ularga 

Download 442,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish