Milliy universitetining jizzax filiali psixologiya va gumanitar fanlar kafedrasi



Download 2,11 Mb.
bet66/98
Sana01.07.2022
Hajmi2,11 Mb.
#728007
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   98
Bog'liq
SOTSIAL PSIXOLOGIYA MA\'RUZA MATNI 2020 1-k 2-sem

- psixik asos - etnik xarakter, temperament, milliy an’analar va odatlardan iborat barqaror qism;
- hissiyot sohasi - etnik yoki milliy his-kechinmalarini o‘z ichiga olgan dinamik qism.
Lekin tadqiqotchilar nima uchundir, milliy psixologiya masalalari bilan shug‘ullanishganida, milliy qirralar yoki sifatlarni aniqlash bilan shug‘ullanadilar-da, u yoki bu millatlargagina xos bo‘lgan qirralarni topishga urinadilar, lekin fan-texnika rivojlangan, millatlar uyg‘unligi, millatlarning doimiy o‘zaro hamkorligi va muloqoti sharoitida, aralash nikohlar keng tarqalgan sharoitda faqat u yoki bu millatga xos bo‘lgan qirralar haqida gapirish juda qiyin. Masalan, o‘zbeklar o‘rtasida o‘tkazilgan kichik tadqiqot natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, go‘yoki mehmondo‘stlik, kamtarlik, samimiylik kabi ijobiy sifatlar o‘zbek halqigagina xos emish. To‘g‘ri, bu sifatlar albatta o‘zbeklarda bor. Lekin, aynan shu sifatlar boshqa millatlar vakillarida yo‘q deyishga haqqimiz yo‘q. Xuddi har bir shaxs ongida turlicha stereotiplar-ya’ni o‘rnashib qolgan obrazlar bo‘lganidek, har bir oila, yaqin oshna-og‘aynilar va o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan muloqot jarayonida u yoki bu millat vakilida ham o‘z millatiga xos bo‘lgan sifatlar haqida stereotiplar paydo bo‘lib, ular ongida o‘rnashi boradi. Bunday stereotiplar o‘z millatiga va boshqa halqlarga nisbatan bo‘lib, boshqalar haqidagi tasavvurlar ancha sodda, yuzaki, mazmunan tor bo‘ladi. Shunday tasavvurlar asosida boshqa millatlarga nisbatan yoqtirish (simpatiya) yoki yoqtirmaslik (antipatiya) va befarqlik munosabatlari shakllanadi. O‘z millati haqidagi tasavvur va stereotiplar esa milliy “etnotsentrizm” hissini shakllantiradi, shu his tufayli shu milliy guruh vakillarida boshqa millatlarga nisbatan irratsional munosabatlar paydo bo‘lishi, bu esa milliy antogonizm va milliy adovatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu borada, ijtimoiy psixologlar va mafkurachilar oldida turgan muammolardan biri millat vakillarida milliy g‘ururning qay darajada bo‘lishini aniqlash muammosi turadi. Milliy psixologiya bo‘yicha o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tadqiqotlarning maqsadlaridan biri ham boshqa millatlar psixologiyasini bilib, uni boshqa millatlarga yetkazish tufayli, har bir millat vakiliga hurmat-izzat hissini kuchaytirishdir.
Chet ellarda va mamlakatimizda qilingan ilmiy ishlarni analiz qilar ekanmiz, etnopsixologik tadqiqotlarda xilma-xil uslub va metodlar qo‘llanilganining guvohi bo‘lamiz. Chugki bunday tadqiqotlarda shaxs xususiyatlarini o‘rganuvchi turlicha testlardan tortib, proektiv metodlar, eksperimentallarning turlicha ko‘rinishlari, so‘roq metodlari-anketa, intervyu, sotsiometriya, shakl metodlari va boshqalar ishlatiladi. Bu metodlar hozirgi kunlarda ham “madaniy muhit va shaxs”, guruhlararo munosabatlar hamda qiyosiy tadqiqotlarda qo‘llanilmoqda. Bunday ishlarni faqatgina ijtimoiy psixologlar emas, balki umumiy psixologiya bilan shug‘ullanuvchi olimlar ham o‘tkazmoqdalar. Lekin shunday bo‘lishiga qaramay, etnopsixologik metodlarning tansiqligi kun sayin sezilmoqda. Chunki etnopsixologiya muammosi bilan shug‘ullanishni maqsad qilib qo‘ygan har bir tadqiqotchi yo mavjud metodikalardan birini qayta o‘zgartirishga yoki bo‘lmasa, o‘zicha yangi metodni kashf qilishga majbur bo‘lmoqda. Nihoyat, etnopsixologik metodlarni qo‘llashning noqulayligi shundaki, masalan, Amerikada juda yaxshi natija berib, ishonchli ma’lumotlar to‘plangan metodika Osiyo mamlakatlari yoki bizning jumhuriyatimiz sharoitida umuman hech narsani o‘lchamasligi mumkin. Masalan, Ravenning matrik testi va muhit ta’sirlari dahlsiz deb hisoblangan Kettellning intelekt testi ham baribir, qisman bo‘lsada, muhit sharoitlarini hisobga olishni talab qiladi, qolaversa ularni sharhlash masalasida alohida ehtiyotkorlik zarur. Shuning uchun ham hozirgi butun jahon olimlari har qanday madaniy muhitdan ham yuqori turadigan, universal test yoki metodika yaratish fikrining asossizligi haqida umumiy fikr bildirmoqdalar.
Konkret etnopsixologik tadqiqotlarga qo‘yiladigan yana bir talab-tadqiqotni tabiiy sharoitlarda, tekshiriluvchilar uchun tanish bo‘lgan joylarda qisqa ko‘rsatmalar berish yo‘li bilan o‘tkazishdir. Chunki etnopsixologik tadqiqotlarda ko‘pincha turli yosh, kasb va ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar ishtirok etadilar. Shuning uchun ham ularning barchasi uchun tushunarli, aniq topshiriqlar tizimini tuza olish ham psixologiyadan qator prfessional malakalarni talab qiladi.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish