Milliy universitetining jizzax filiali psixologiya va gumanitar fanlar kafedrasi


KATTA IJTIMOIY GURUXLAR PSIXOLOGIYASI



Download 2,11 Mb.
bet62/98
Sana01.07.2022
Hajmi2,11 Mb.
#728007
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   98
Bog'liq
SOTSIAL PSIXOLOGIYA MA\'RUZA MATNI 2020 1-k 2-sem

KATTA IJTIMOIY GURUXLAR PSIXOLOGIYASI
Har bir shaxs o`z faoliyatini turli guruxlar sharoitida yoki turli guruxlar ta`sirida amalga oshiriladi. Chunki, jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruxiga umuman kushilmaydigan individning o`zi yo`k, kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, o`zaro ta`sirda bo`ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruxida ruy beradi. SHuning uchun ham guruxlar muammosi, uni o`rganish va guruxlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chikarish ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
Psixologik ma`noda gurux bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat. mu­loqot hamda umumiy maksad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak. olimlar guruxi tashkil topishi uchun albatta kandaydir umumiy maksad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo`lishi shart. Masalan, talabalar guruxi uchun umumiy narsalar ko`p (o`quv faoliyati, bilim olish, eshlarga xos birliklar (uspirin eshlar), ma`lum o`quv yurtida ta`lim olish istagi va xokazo. Kuchada bi­ror tasodif ruy berganligi uchun tuplangan kishiglar uchun ham umumiy bo`lgan narsa bor bu kizikuvchanlik bo`lib utgan xodisaga guvoxlik, unga umumiy munosabatdir.
Guruxni aloxida shaxslar tashkil egadi, lekin xar bir gurux psixologiyasi uni tashkil etuvchi aloxida shaxslar psixologiyasidan fark kiladi va o`ziga xos qonuniyatlarga buysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruxlarni boshkarish va ana shu guruxlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir.
Guruxlarning turlari ko`p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya kiladilar. Bizning nazarimizda, G. M. Andreevaning "Ijtimoiy psixologiya" darsligida klassifikatsiya guruxlarining asosiy turlarini o`z ichiga kamrab olgan. U xar kanday kishilar guruxini avvalo shartli va real’ guruxlarga bo`ladi. Real’ guruxlar anik tadkiqot maksadlarda tu­plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruxlarga bo`linadi. Qonkret faoliyat odamlarning tabiiy ehtiyojlari asosida tashkil bo`ladigan bunday tabiiy guruxlarning o`zi kishilarning soniga karab katta kichik guruxlarga bo`linadi. Katta guruxlar uni tashkil etuvchilarning maksadlari fazoviy joylashishlari, psixologik xususixtlariga karab, uyushgan va uyushmagan turlarga
kichiklari esa o`z navbatida endi shakllanaetgan diffo`z hamda tarakkietning yuksak pogonasida kutarila olgan jamoa turlariga bo`linadi. Guruxlarning ijtimoiy psixologiya uchun ayniksa muxim hisoblangai turlariga ta`rif berish va ularning psixologik qonuniyatlarini o`rganishni maksad kilib kuygan xolda, bevosita katta guruxlarning ijtimoiy psixologik qonuniyatlarini o`rganishga utamiz.
Katta guruxlar psixologiyasiga xos xususiyatlar va ularni ilmiy tadkik kilish printsiplari. Katta guruxlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo ko`pchilikni tashkil etib, ma`lum sinfiy, ilmiy, irkiy, profesional belgilar ularning shu guruxga mansubligini ta`minlaydi. Katta guruxlarni tashkil etuvchilar ko`p sonli bo`lganligi va ular xulkatvorini belgilovchi mexanizmlarning o`ziga xosligi tufayli bo`lsa kerak, ijtimoiy psixologiyada olimlar ko`pincha kichik guruxlarda ish olib borishini afzal kuradilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siesiymafkuraviy ahamiyatiga ega. Bu soxadagi tadkiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib utilganidek, ko`pchilikni kamrab olishda kiyinchiliklar bo`lsa, ikkinchi tomondan, katta guruxlar psixologiyasini o`rganishga karatilgan metodik ishlar zaxirasining kamligidir. Masalan, ishchilar yoki zielilar sinfi psixologiyasi o`rganilishi kerak, deylik. Avvalo usha ishchilarning soni ko`p, qolaversa, ishchilarning o`zi turli ishlab chikarish sharoitlarida ishlaetgan, turli iklim sharoitlarida yashaetgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning barchasini kamrab oladigan yagona ishonchli metodikani topish masalasi tadkiqotchi oldiga juda jiddiy muammolarni kuyadi. Shuning uchuk ham xar bir katta guruxga taallukli bo`lgan asosiy etakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini o`rganish xozircha ijtimoiy psixologiyadagi asosiy metodologik yo`llanma bo`lib kelmokda. Qolaversa katta guruxlar jamiyatning tarixiy tarakkieti mobaynida shakllangan guruxlar bo`lgani uchun ham xar kanday guruxni o`rganishdan oldin, xox bu sinflar bo`lsin, xox millatlar yoki xalklar psixologiyasi bo`lsin, uning xaet tarzi, unga xos bo`lgan odatlar, udumdar, an`analar o`rganiladi. Ijtimoiy psixologik ma`noda, xaet tarznni o`rganish deganda, u yoki bu guruxga taallukli bo`lgan kishilar urtasida amalga oshiriladigan muloqot tiplari, o`zaro munosabatlarda ustun bo`lgan psixologik omillar, kizikishlar, kadriyatlar, ehtiyojlar va boshkalar nazarda tutaladi. Ana shularning umumiyligi tufayli xar bir shaxsda, ya`ni u yoki bu katta guruxga mansub bo`lgan shaxsda tipik hislat
lar shakllanadi. Masalan, 90 yillarning eshlariga xos bo`lgan tipik sifatlar ana shu eshlar urtasida kyong tarkalgan urfodatlar, moda, so`zlashish xususiyatlari, kadriyatlar, kizikishlar va xokazolar tufayli shakllanadi. SHuning uchun ham 20 eshli kishining psixologiyasini tulik ravishda o`rganish uchun undagi bilish jarayonlarining o`ziga xosligi, shaxsi, xarakteri va individual psixo­logik xususiyatlaridan tashkari, yana unga uxshash eshlarda ustun bo`lgan psixo­logik hislatlarining kanchalik namoyon bo`lishini, u mansub bo`lgan va asosan vaktini utkazadigan guruxlar psixologiyasini, milliy sifatlarini ham na­zarda to`tish za ularni o`rganish zarur. Bu degani, xar bir shaxs ongida uning yakka, aloxida orttirgan shaxsiy tajribasiga aloqador psixologik tizimlardan tashkari, uning kaysi millat. elat sinfi mansubligi singdirilgan psixologik tizimlar ham mavjuddir va uni ilmiy tadkiqotchi inqor etmasligi kerak.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish