Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Ijtimoiy psixologiya fan sifatida tarkib topishning ijtimoiy, ilmiy va g‘oyaviy asoslari.
2. Ijtimoiy psixologiyaning vujudga kelishi.
3. Turli ijtimoiy – psixologik nazariyalarning paydo bo`lishi.
4. Rus psixologiyasida olib borilgan ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar.
5. Hozirgi kunda ijtimoiy psixologiya oldida turgan asosiy masalalar.
6. Ijtimoiy psixologiya rivojlanishining hozirgi davridagi ahvoli.
Mavzu yuzasidan adabiyotlar ro'yxati:
1. Mayers D.G. Social psychology. 11 edition. - McGraw-Hill Education,2012
2 G‘oziev E.G‘ . Ijtimoiy psixologiya.-Toshkent, 2010.
3. Karimova V.M. Sotsial psixologiya. - Toshkent, 2012.
Mavzu yuzasidan internet tarmog'i bo'yicha veb-saytlar ro'yxati:
1. http://www.book.ru
2. Материалы по психологии, http://www.psychology-online.net
3.Психологическая библиотека «Самопознание и саморазвитие».
http://nsviib.kiev.ua/
4.Сайт «Психология на русском языке»:
http7/www. nsvcholo2v.ru/Library
5. «Мир психологии»: http://psvchologv.net.ru/articles
6. link.springer.com
5-6-Mavzu: Ijtimoiy psixologiya metodologiyasi (4 soat)
Reja:
1. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi tushunchasi
2. Sotsial psixologiyada talablar
3. Sotsial psixologik tadqiqotining asosiy metodlari
4. So‘rov-anketa metodi
Tayanch tushunchalar: Metodologiya, metod, empirik ma’lumotlar, kuzatish metodi, Ijtimoiy psixologik eksperiment, so’rov metodi, suhbat, anketa
Ijtimoiy psixologiya to‘g‘risida gapiriladigan bo‘lsa, shuni alohida ta’kidlash lozimki, avvalo jamiyatning bu fan oldiga qo‘yayotgan talablari o‘ziga xos bo‘lib, bu talablar javob berish uchun uning tekshirish uslublari u darajada mukammal emasligidadir. CHunki shu davrgacha ijtimoiy psixologiyada kuzatilgan xodisa shu bo‘ldiki, bu fandagi nazariy ishlar tadbiqiy ishlardan ancha ko‘pdir. SHuning uchun ham, G.M.Andreeva ijtimoiy psixologiyaning metodologiyasi muamolariga to‘xtalar ekan, uning bu boradagi intilishlari, vazifalari ko‘pligini ta’kidlaydi. Metodologik muammolarga qiziqish, — deb yozadi u, — ijtimoiy psixologiyaning kuchsizligi emas,; balki uning etilish davriga kirganligining belgisidir.
“Metodologiya" tushunchasining ilmiy mohiyati nimada? Bu tushunchani turli nazariy qarashlardagi olimlar turlicha sharhlaydilar va tushunadilar. Masalan, amerikalik psixologlar metodologiya deganda, tadqiqot jarayonida ishlatiladngan barcha tadqiqot uslublari va texnik jarayonlarni tushunadilar. Lekin “metodologiya" tushunchasi aslida uslublar yig‘indisidan ham kengroq tushunchadir. YA’ni, “metodologiya" tushunchasi “konkret metodlar" yoki texnik usullar tushunchalaridan kengroqdir.
Asosiy metodlar asosiy metodlarning variantlari:
Kuzatish metodi:
-Tashqi (ob'ektiv kuzatish)
-Ichki (sub'ektiv, o'z-o'zini kuzatish)
-Erkin kuzatuv standartlashtirilgan
-Guruh ichida kuzatish
-Guruh tashqarisida kuzatish
So'roq metodlari:
-Og'zaki so'roq
-Yozma so'roq
-Erkin so'roq (suhbat) standartlashtirilgan so'roq
Testlar metodi:
-Test – so'rov
-Test - topshiriq
-Proektiv test
-Sosiometrik test
Eksperiment:
- Tabiiy eksperiment
-Laboratoriya eksperimenti
Modellashtirish:
-Matematik modellashtirish mantiqiy modellashtirish
-Texnik modellashtirish kibernetik modellashtirish
Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning metodologik muammolariga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |