Milliy universitetining jizzax filiali kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari


DАVLАT TIBBIYOT MUАSSАSАLАRIDА HISOBNI “UzАSBO”



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/188
Sana10.11.2022
Hajmi6,59 Mb.
#862908
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   188
Bog'liq
O\'zmuJF 1-to\'plam 07.10.22

DАVLАT TIBBIYOT MUАSSАSАLАRIDА HISOBNI “UzАSBO” 
DАSTURIY MАJMUАSIDА YURITISH АFZАLLIKLАRI 
 
Kuliboev Аzamat Shonazarovich 
Toshkent moliya instituti, Oʼzbekiston, 
 
buxgalter_82@mail.ru
Аnnotatsiya: 
Ushbu ilmiy tadqiqot ishida davlat tibbiyot muassasalarida 
hisobni “UzАSBO” dasturiy majmuasida yuritishning oʼziga xos xususiyatlari va 
afzalliklari yoritilgan. Davlat tibbiyot muassasalarida buxgalteriya hisobini oʼziga 
xos xususiyatlari koʼrstilgan. 
Kalit soʼzlar: 
buxgalteriya hisobi, byudjet tasnifi, davlat moliyasi, davlat 
sektori, davlat tibbiyot muassasasi, “UzАSBO” dasturiy majmuasi. 
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hozirgi kunda 
amalga oshirilayotgan tub oʼzgarishlarning negizi hisoblanib, ushbu oʼzgarishlar 
barcha sohalarni qamrab olgan holda oʼz samarasini bermoqda. Davlat sektorida 
ham islohotlarning amalga oshirilayotganligi bu sohada tashkiliy-uslubiy jihatdan 
normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, xorij tajribasini chuqur 
oʼrgangan holda milliy iqtisodiyotimizga xalqaro standartlar talablarini joriy etishni 
taqozo etmoqda [3]. 
Davlat moliyasini boshqarishda iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga 
oshirish eng avvalo moliya organlarining samarali faoliyat olib borishiga bogʼliqdir. 
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, davlat moliyasini boshqarish, byudjet 
intizomini taʼminlanishi, davlat byudjeti mablagʼlarining shakllantirilishi hamda 
samarali va maqsadli sarflanishida buxgalteriya hisobi va moliyaviy nazorat tizimi 
alohida ahamiyat kasb etadi. 
Davlat sektori tuzilmasi koʼp tarmoqli boʼlib, unda davlat tibbiyot 
muassasalari alohida oʼringa ega. Davlat tibbiyot muassasalari asosan davlatning 
aniq bir funktsiyasini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda byudjet 
mablagʼlari hisobiga saqlab turiladigan muassasalardir. Davlat tibbiyot muassasalari 
davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʼlar, faoliyat yoʼnalishiga mos tibbiy 
xizmatlar koʼrsatishdan, homiylik, vaqtinchalik boʼsh bino va inshootlarni ijarasi, 
hamda boshqa qonunchilik bilan taqiqlanmagan byudjetdan tashqari mablagʼlar 
tushumlari hisobiga mablagʼ bilan taʼminlanadi va ular hisobiga belgilangan tartibda 
xarajatlar amalga oshiriladi[4]. 
Davlat tibbiyot muassasalarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning boshqa 
tarmoq va soha hisob tizimiga nisbatan oʼziga xos boʼlgan alohida xususiyatlari 
mavjud, avvalo barcha jarayon byudjet ijrosi jarayonini uzluksizligini taʼminlash 


294 
maqsadida tashkil qilinadi. Bunda, daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi boʼyicha 
xoʼjalik muomalalarini roʼyxatga olish va nazorat qilish, buxgalteriya hisobi 
schyotlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlari va majburiyatlarining 
holati toʼgʼrisidagi toʼla va aniq maʼlumotlarni shakllantirish, samarali boshqarish 
maqsadida buxgalteriya hisobi maʼlumotlarini umumlashtirish hamda moliyaviy, 
soliq va boshqa hisobotlarni tuzish hisoblanadi [5]. 
Mamlakatimizda byudjet mablagʼlari hisobidan moliyalashtiriladigan 
tashkilot va muassasalarda buxgalteriya hisobi maʼlumotlarini umumlashtirish, 
moliyaviy, soliq va boshqa hisobotlarni tuzishni osonlashtirish, hisobot 
maʼlumotlarining shaffofligini taʼminlash hamda davlat byudjetining gʼazna ijrosini 
isloh qilish maqsadida “UzАSBO” dasturiy majmuasi amaliyotga joriy etildi. 
“UzАSBO” dasturiy majmuasi yaratilishi davlat tibbiyot muassasalariga 
sifatli interfaol xizmat koʼrsatish yoʼlida muhim qadamlardan biri hisoblanib, ushbu 
dastur orqali davlat tibbiyot muassasalari nafaqat Moliya vazirligi va uning hududiy 
organlari mutaxassislari tomonidan tekshirilgan ishonchli buxgalterlik hisobi 
tizimini, balki Davlat byudjetini shakllantirish va ijro etish borasida davlat tibbiyot 
muassasalarining Gʼaznachilik va moliya organlari bilan oʼzaro hamkorlik qilish 
imkoniyatini ham qoʼlga kiritadilar. 
Shu oʼrinda “UzАSBO” dasturiy majmuasi haqida quyidagilarni maʼlum 
qilamiz: 

dastur “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida”gi 
Yoʼriqnoma (2010 yil 22 dekabrь, 2169-son)ga asosan ishlab chiqilgan; 

dastur Web texnologiyaga asoslangan boʼlib, maʼlumotlar markazlashgan 
holda saqlanadi; 

dasturdan foydalanish internet tarmogʼi orqali amalga oshiriladi; 

“UzАSBO” dasturi DMBАT dasturi bilan maʼlumotlar almashinish 
imkoniyatiga ega. 
Dasturni yaratish va uni amaliyotga joriy qilishdan koʼzlangan maqsad 
byudjet tashkilotlarida byudjet va byudjetdan tashqari mablagʼlarning sarflanishini 
nazorat qilish, hisobotlarni shakllantirish jarayonida vaqtni tejash, operativ hisob 
maʼlumotlarini tayyorlash hisoblanadi. 
Davlat tibbiyot muassasalarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun 
Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirliginning 2013 yil 29 apreldagi “Oʼzbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tizimida hamda byudjet tashkilotlarida zamonaviy 
axborot -kommunikatsiya texnologiyalarini yanada takomillashtirish va joriy etish 
chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 63-son buyrugʼiga muvofiq “UzАSBO” dasturiy 
majmuasi toʼliq oʼrnatilgan. 
Davlat tibbiyot muassasalarida buxgalteriya hisobi byudjet qonunchiligi, 
byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi boʼyicha yoʼriqnoma, shuningdek, 


295 
byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti boʼyicha boshqa meʼyoriy 
hujjatlar bilan bevosita bogʼliq. 
“UzАSBO” dasturiy majmuasi davlat tibbiyot muassasalarida buxgalteriya 
hisobini yuritishning oʼziga xos xususiyatlarini mujassamlashtirgan (1-rasm). 
Yana shuni ishonch bilan aytish mumkinki, “UzАSBO” dasturiy majmuasi 
davlat tibbiyot muassasalarida buxgalteriya hisobining “Byudjet tashkilotlarida 
buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida”gi Yoʼriqnoma va byudjet tashkilotlarida 
buxgalteriya hisobi va hisoboti boʼyicha boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar 
talablariga toʼliq muvofiqligini taʼminlaydi. 
1-rasm. Davlat tibbiyot muassasalarida buxgalteriya hisobini oʼziga xos 
xususiyatlari 
Shuningdek, davlat tibbiyot muassasalarida buxgalteriya hisobini “UzАSBO” 
dasturiy majmuasidan foydalanib yuritish muassasa buxgalteriya xodimlariga bir 
qancha afzalliklarni yaratadi (2-rasm). 
2-rasm. Davlat tibbiyot muassasalarida “UzАSBO” dasturiy majmuasidan 
foydalanish afzalliklari 

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish