“RAQAMLI UNIVERSITET” TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA
Tashbayev Asliddin Kumakovich
Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
Uralova Dilnoza Alisher qizi
19 sonli umumta’lim maktabi
Annotatsiya.
Mazkur maqolada oliy taʼlim tizimida “Raqamli universitet”
modelini qoʻllash, uning imkoniyatlarini tahlil qilish asosida oʻquv jarayonini
rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari aniqlangan.
Kalit soʻzlar:
raqamli universitet, raqamli texnologiyalar, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari, oliy taʼlim tizimi, zamonaviy taʼlim, raqamli
bilimlar, internet tizimi.
Ushbu maqola avvalini prezidentimiz Shavkat Miromonivich Mirziyoyevning
Mustaqilligimizning 31 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbirida soʻzlagan nutqi
bilan boshlashni joyiz deb bildik. Yani prezidentimizning ushbu tantanali tadbirda
Yangi Oʻzbekiston qanday boʻlishi kerakligi haqida shunday fikr bildirdi[1].
“Bizning maqsadimiz aniq va ravshan. Yangi Oʻzbekiston:
– har bir fuqaroning hayotini yanada yaxshilash maqsadida davlat
xizmatlaridan foydalanish uchun keng imkoniyatlar beradigan;
– odamlar oʻz muammolari haqida ochiq gapirishi va ularning yechimi uchun
birgalikda harakat qilishlariga barcha sharoitlar mavjud boʻlgan;
– hamma uchun adolatni soʻzsiz taʼminlash imkoniyatini beradigan hamda
fuqarolari ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida teng boʻlgan;
– tadbirkorlikning rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan Davlat, desak,
mubolagʻa boʻlmaydi.
Bir soʻz bilan aytganda, Yangi Oʻzbekiston deganda, har bir fuqarosi uchun
gʻamxoʻrlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat ham tushuniladi”.
197
Bundan tashqari prezidentimiz 2026-yilgacha taraqqiyo strategiyasi doirasida
amalga oshiriladigan beshta asosiy vazifalarni belgilab berdi. Ushbu vazifalarning
eng avvalida “Taʼlim sohasida farzandlarimiz zamonaviy bilim va koʻnikmalarni
puxta egallashlari uchun eng qulay sharoitlar yaratish izchil davom ettiriladi” degan
fikrlari taʼlim tizimiga aloqador boʻlgan barchani birdek, oliy maqsadlar sari katta
qadamlar bilan odimlashga undaydi. Bu qadamlar albatta jahon tajribasi bilan
hamohang tarzda taʼlim tizimining raqamlashgan yangi avlodini kamol toptirish
bilan bevosita bogʻliq[2].
Biz mavzuni bekorga “Raqamli universitet” taraqqiyot omili sifatida deb
nomlamadik. Sababi oddiy, bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotning barcha
sohalarida faol qoʻllanilmoqda. iqtisodiyot, bank, xizmat sektori shuningdek taʼlim
jarayonini ham tez surʼatlarda rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Davlat va jamiyat
boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib,
natijadorlikni oshirish, bir soʻz bilan aytganda, odamlar turmushini keskin
yaxshilash mumkin. Raqamli iqtisodiyot bu birgina faoliyat turi emas, balki,
ishbilarmonlik, sanoat obyektlari, sifatli taʼlim va xizmatlar deganidir[3]. “Raqamli”
atamasi barcha sohalarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi.
Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli
iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, maʼlumotlar
boʻladi. Ularning tahlilidan soʻng esa toʻgʻri boshqarish boʻyicha yechim ishlab
chiqiladi.
Raqamli
universitetni
yaratishdan
asosiy
maqsad
esa
raqamli
texnologiyalardan foydalangan holda universitetdagi asosiy jarayonlar va boshqaruv
jarayonlarini oʻzgartirishdan iborat. “Raqamli universitet” modeli taʼlim jarayoniga
eng zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, onlayn platformalardan keng
foydalanish, shaxsiylashtirilgan taʼlim trayektoriyalari va kurslarini joriy etish,
makon va formatlar uchun yangi imkoniyatlarni nazarda tutadi[4].
Raqamli universitet nafaqat onlayn kurslar haqida. Elektron jadval yoki onlayn
taʼlim elementlarining oʻzi universitetlarni raqamli qilmaydi. Transformatsiya oʻquv
jarayonining mohiyatiga taʼsir qilishi, yakuniy taʼlim natijasi sifatini va talabalar va
oʻqituvchilarning motivatsiyasini oshirishi kerak.
Raqamlashtirish yoʻnalishi boʻyicha faollashtirish barcha biznes tuzilmalarida
amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda,
ayniqsa iqtisodiy samarasi topilgan joylarda, barcha darajalarda qoʻllab-
quvvatlanmoqda. Iqtisodiyotda roʻy berayotgan jarayonlar dinamikasi
iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasida oliy taʼlimini rivojlantirish boʻyicha
takliflarni tahlil qilish va ishlab chiqishda taʼlim hamjamiyatining faol pozitsiyasini
talab qilmoqda.
198
Shu oʻrinda bir savol tugʻuladi “Raqamli universitet” modelini taʼlim tizimida
samarali qoʻllash uchun nimalar qilish kerak?
- Bu borada albatta mamlakatimizda Internet infratuzilmasini yaxshilashimiz,
mobil operatorlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishimiz va eng
muhiki aholining, ayniqsa talaba yoshlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining eng soʻng yutuqlarini oʻzlashtirishga shart-sharoitlar yaratib
berishimiz.
- oʻquv jarayonini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanish
koʻlamini kengaytirish, ijodkor talabalarni universitetni raqamlashtirish loyihalariga
jalb qilish bilan yuqori samaradorlikka ega raqamli qurilmalar bilan jihozlangan
tuzilmalar, oʻquv xonalari, laboratoriyalar, mediastudiyalar va boshqalarni oʻz
ichiga olgan markazlarni tashkil etish hamda unda orttirilgan tajribani
Oʻzbekistonning barcha oliy taʼlim muassasalarida qoʻllash.
-
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
va
taʼlim
texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini taʼminlash, bu borada pedagog
kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qoʻshimcha
sharoitlar yaratish.
- interfaol taqdimot tizimlaridan foydalanish, maʼruza va seminar darslari
uchun internet bilan bogʻliq holda interfaol va multimediali taqdimotlarni ishlab
chiqish kabi mavzular boʻyicha oʻqituvchilarning malakasini oshirish uchun
kurslarni tashkil qilish va oʻtkazish.
- real vaqt rejimida interfaol taqdimot tizimlari, video-konferensaloqa tizimlari,
virtual zallar, elektron resurslardan foydalanib istalgan vaqtda masofaviy oʻqitish
jarayonini amalga oshirish.
- bulutli texnologiyalar, virtual voqelik, voqelikdan foydalanish hamda didaktik
materiallar va tajriba dizaynlarini ishlab chiqishda 3D printerini qoʻllash, raqamli
didaktika va raqamli taʼlim modellarini qoʻllash, oʻqituvchilar va talabalar uchun
loyihalar, diplom ishlari, ilmiy izlanishlar va boshqalarini muhokama qilish uchun
ilmiy veb-saytlar ishlab chiqish lozim. Shundagina, biz “Raqamli universitet”
modelidan samarali foydalanib talaba-yoshlarga bugungi kun talabi darajasida bilim
olishlariga erishamiz.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, bugungi kun oʻqituvchining obroʻsi va uning
faoliyatining samaradorligi faqatgina kurs mazmunidagi bilimlar darajasi va uning
pedagogik qobiliyatigina emas, balki muayyan oʻquv materialini toʻplash, qayta
ishlash va oʻqitishda oʻqituvchining qanchalik zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini qoʻllash darajasiga bogʻliq boʻladi. Boshqacha qilib aytganda,
raqamli asrda taʼlim tizimi qayta koʻrib chiqilayotgan bir paytda talabalar ortiq
anʼanaviy uslubda oʻqishni xohlamaydilar va oʻqituvchilar ham bu kabi odatiy
usulda oʻqitishni davom ettirishlari kerak emas.
199
Do'stlaringiz bilan baham: |