55
Bu yerda 010110 qo‗shish «
» amalining kodi, 111010101001 s o‗zgaruvchi uchun xotirada
ajratilgan joyning adresi, 110001100101 esa d o‗zgaruvchi uchun qiymatlar ustida qo‗shish amalini
bajarib, natijani xotira registrlarining biriga joylashtiradi, ko‗p hollarda bu summator deb
nomlanuvchi A registri bo‗ladi.
Programmaga kiruvchi bunday buyruqlar ketma-ketligi xotiraning ma‘lum bir qismida
joylashadi. Programma bo‗yicha EHM ning ishi Boshqaruv qurilmasini (BQ) Buyruq adresi
sanagichi (BAS) deb nomlanuvchi registrga «qarashdan» boshlanadi. BAS da programmadagi
birinchi buyruqning xotiradagi adresi bo‗ladi. Shu buyruqni bajarilishi bilan EHM ish boshlaydi. Bu
buyruq bajarilish paytida BAS da navbatdagi buyruq adresi paydo bo‗ladi, keyin protsessor shu
buyruqni bajaradi, BAS da navbatdagi buyruq adresi paydo bo‗ladi va hokazo. Bu jarayon BAS da
«programma bo‗yicha ishlash tugashi» buyrug‗ining adresi paydo bo‗lib, shundan keyin EHM o‗z
ishini tugatadi.
BQ ko‗rsatilgan adres bo‗yicha xotirada ma‘lumotni o‗qiydi va arifmetik-mantiqiy qurilma
(AMQ)ni bu amalni bajarishga sozlaydi. BQ qiymatlar operandlarning buyruqdagi adreslari orqali
xotiradan topadi. Bu ishlardan keyin BQ «dam oladi», ya‘ni AMQ ga ko‗rsatilgan amalni
bajarishga
imkon beradi. AMQ bajarilgan amal natijasini o‗zining chiqishlarida nomoyon qiladi. O‗z ishini
tugatgan AMQ, bu haqida BQ ga signal orqali ma‘lum qiladi. BQ natijani ko‗rsatilgan xotira
adresiga yoki translator tomonidan ko‗zda tutilgan joyga (registrga) joylashtiradi. Shundan keyin
BQ BAS dan navbatdagi buyruqni o‗qiydi va yuqoridagi jarayon takrorlanadi. Shunday bo‗lishi
mumkinki, keyingi buyruq ma‘lumotni biror-bir tashqi qurilmaga (ekranga, kog‗ozga, diskka)
chiqarish buyrug‗i bo‗lishi mumkin. Bu holda BQ mos qurilmaga murojaat qiladi, uni ishga
tayyorlaydi va uni ishga tushiradi. Ma‘lumotni chiqarish tugagandan keyin chiqarish qurilmasi BQ
ga bu haqida signal beradi. Xuddi shunday, keyingi buyruq ma‘lumotni kiritish bo‗lsa, boshqaruv
klaviatura, diskdan o‗qish va boshqa qurilmalarga beriladi va ular o‗z ishini tugatadi. Keyin BQ
BAS dan navbatdagi buyruqni oladi va uni bajarishga o‗tadi.
Shunday qilib, EHM programmaga rioya qilingan holda mashinaning barcha qurilmalarini
muvofiq ishlashini ta‘minlaydi.
Sonlarning EHM xotirasida saqlash uchun ikkilik sanoq sistemasidan foydalanish juda ham
qulay. Bu sanoq sistemasini qo‗llash, ikki turg‗un holatga o‗tish imkonini beradi. Bu holatlardan
biri sonning razryadi 1 uchun boshqasi esa 0 uchun xizmat qiladi. Bunday elementlar tuzilish
jihatdan sodda va ishonchlidir. Xuddi shunday sonning ishoralari uchun ham foydalanish mumkin.
Odatda elementning 0 ga mos keluvchi holati, ishora registrida Q ishorasi uchun, birga mos
keluvchi
holati esa, - ishorasi uchun foydalaniladi.
Ikki baytlik ishorali butun sonning EHM xotirasidagi tasvirlanishi:
0
1
0
1
0
1
1
0
0
0
1
1
1
1
0
1
15 bit- Sonning absolut
qiymati
To‗rt baytlik haqiqiy sonning tasvirlanish sxemasi:
Ish
ora
Sonning
tartibi
Sonning mantissasi
1
bit
6-bit
25-bit
Sanoq sistemalariga bog‗liq bo‗lmagan holda, sonlari fiksirlangan va suzuvchi vergulli deb
nomlanuvchi ikki ko‗rinishlarda ifodalash mumkin. Fiksirlangan vergulli sonlardan foydalanuvchi
mashinalarda, ishora razryadlaridan boshqa hamma registr razryadlari (yoki yacheykalar)
sonlarning razryadlarini ifodalash uchun xizmat qiladi va registrning har bir razryadiga, sonning
aniq va har doim bitta razryadi mos keladi. Bu holat arifmetik amallar bajarishni soddalashtiradi,
lekin mashinada ishlatiladigan sonlar diapazonini juda cheklab qo‗yadi. Odatda bu diapazon -1
Son ishorasi
56
bo‗ladi. Bu esa mashinaga yozilgan sonlarni o‗qishda vergulni sonning eng katta razryadi oldiga
qo‗yish kerak degan kelishuvga mos keladi. Bu diapazonga tushmaydigan sonlardan foydalanish
uchun, programma tuzuvchi masshtabli ko‗paytuvchilarni qo‗llashi kerak bo‗ladi. Sonlarning
fiksirlangan vergulli ko‗rinishda yozishning boshqa bir kamchiligi, absolut qiymati jihatidan kichik
bo‗lgan sonlarni ifodalashda qiymatli raqamlar sonning ancha kamligida, yani birga yaqin sonlarga
qaraganda nisbiy aniqligining kamligida ko‗rinadi.
Bu kamchiliklardan qutulish uchun zamonaviy EHM larda sonlarni suzuvchi vergulli
ko‗rinishda yozish mumkin. Bu holda razryadlarning bir qismi sonning tartibi uchun, qolgan qismi
esa sonning mantissasi uchun ajratiladi. Har ikki qismlari bittadan razryad son tartibining va
mantissasining ishorasi uchun ajratiladi.
Odatda suzuvchi vergulli mashinalarda sonlarning normallashmagan yozuvchidan ham
foydalanish mumkin, lekin undan foydalanmagan maqul, chunki normallashmagan sonlar ustida
bazi bir amallar noto‗g‗ri bajariladi yoki umumiy bajarib bo‗lmaydi. Zamonaviy shaxsiy
kompyuterlarda sonlarni yozish uchun har xil uzunlikdagi yacheykalar (so‗zlar) ham da
kodlashning (ishorali va ishorasiz) turli usullari foydalaniladi. Belgili va satr o‗zgaruvchilarini
kodlash uchun ASCII jadvali foydalaniladi. Bu jadvalda 256 ta belgini har biriga [0,255] oraliqdagi
bir butun son mos keladi. Mantiqiy qiymatlar odatda bitta razryadga bir yoki nolni yozish orqali
aniqlanadi.
1>
Do'stlaringiz bilan baham: