Milliy universiteti



Download 0,49 Mb.
Sana13.03.2020
Hajmi0,49 Mb.
#42350
Bog'liq
Bozor faoliyati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqarish bo’yicha marketing vazifalari.


MUSTAQIL ISHI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON

MILLIY UNIVERSITETI

Bajardi:______________________________

Qabul qildi: ___________________________

Mavzu: Bozor faoliyati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqarish bo’yicha marketing vazifalari.

Mavzu: Bozor faoliyati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqarish bo’yicha marketing vazifalari.

Reja:
  • Bozor munozanati.
  • Bozorni o’rganish.
  • Bozordagi raqobat muhitini tadqiq etish.
  • Bozor konnekturasi tahlili

  • Xulosa

    Foydalanilgan adabiyotlar



     

     


Bozor muvozanati. Bozordagi tapab va taklifntg miqdoran va tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Bozor muvozanati bir lahzalik (oʻzgarmas taklifda), qisqa muddatli (tashkilot yoki firmalarning oʻzgarmas miqdori va ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi) va uzoq muddatli (iqtisodiy shartsharoit tashkilot, firmalar va mavjud talabning zamonaviy darajasiga muvofiq kelganda) boʻlishi mumkin. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, Bozor muvozanati buziladi. Umuman olganda Bozor muvozanati hamma tovarlarga nisbatan va uzok, vaqt boʻlishi mumkin. Ammo juzʼiy va ayrim tovarlarga nisbatan moslikning buzilishi muqarrar. Chunki ehtiyojning yuksalishi bilan yangi talab paydo boʻladi va u darhol qondirilmaydi. Bozor muvozanati ni taʼminlashning asosiy yoʻllari: tovar ishlab chiqarishni talab darajasiga yetkazish orqali bozorni toʻydirish; yetarli tovarlar zaxirasini barpo etish; talabgir tovarlar narxini oshirish, oʻtmay turgan tovarlar narxini pasaytirish; eksport va importning ortishi yoki kamayishi; aholi daromadlarining tovarlar va xizmatlar koʻpayishiga qarab ortib borishi; mehnat unumdorligining ish haqiga nisbatan tezroq oʻsishi. Bozor muvozanati maʼrifatli jamiyatda narxlar bilan bozorni tartibga solish orqali taʼminlanadi.

Bozor (market) - keng ma'noda muomala sohasi bo’lib, tovar ayirboshlash munosabatlari va jarayonlari majmuidir. Bunda tovar bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlari asosida amalga oshadi. Ko’pincha, marketingda bozor deganda ma'lum tarmoq tovarlariga ehtiyoj sezuvchi va uni qondirish imkoniyatiga ega bo’lgan potentsial iste'molchilarning majmui tushuniladi.Bozor ma'lum bir qiymatga ega bo’lgan turli xil obektlar bo’yicha tashkil etilishi mumkin. Masalan, iste'mol tovarlari bozori, qimmatli qog’ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori va boshqalar shular jumlasidandir. Iste'molchilarning turiga qarab bozorlar iste'mol bozori va korxonalar (tashkilotlar) bozoriga bo’linadi.

Iste'mol bozori - bu tovarlarni va xizmatlarni o’zining shaxsiy ehtiyoji uchun sotib oladigan yakka shaxslar va oilalar majmuidan iborat bo’lib, ommaviy iste'molchilarga egaligi, raqobatning xilma-xilligi va markazlashmagan strukturaga ega ekanligi bilan xarakterlanadi.Korxonalar (tashkilotlar) bozori esa o’z navbatida ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori va davlat tashkilotlari bozoriga bo’linadi.

Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori deganda boshqa tovarlar ishlab chiqarishda qo’llaniladigan tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi korxonalar va shaxslarning majmui tushuniladi.  

Davlat tashkilotlari bozori deganda esa o’z faoliyatlarini yuritish uchun tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi yoki ijaraga oluvchi hamma bo’g’indagi davlat tashkilotlari tushuniladi.  Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori kam sonli xaridorlarga egaligi, lekin tovarlarning katta miqdorda sotilishi bilan xarakterlanadi.Bozorda kim etakchilik qilishiga qarab bozorlar "sotuvchi bozori" va "xaridor bozori"ga bo’linadi.

"Sotuvchi bozori" - unda tovarga bo’lgan talab taklifdan oshib ketadi. Bunday bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, xaridorning esa faol ishtirokchi bo’lishiga to’g’ri keladi. Bunday holatda "pul tovar orqasidan yuguradi".

"Xaridor bozori" - bunday bozorda taklif talabdan ko’p, shuning uchun xaridorlar (iste'molchilar) taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar orasidan hohlaganini tanlash imkoniyatiga ega. Bunday bozorda xaridorlar ustunlikka ega bo’lib, ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar bozorning eng faol ishtirokchilariga aylanadilar. Bunday holatda "tovar pul orqasidan yuguradi".Talab va taklifning miqdori va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq kelishini "muvozanatli bozor" deb yuritiladi. Muvozanatli bozorni ta'minlashning asosiy yo’llari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishni talab darajasiga etkazish orqali bozorni to’yintirish; etarli darajada mahsulotlar zahirasini barpo etish; xaridorgir mahsulotlar narxini oshirish va aksincha, talab uncha mavjud bo’lmagan mahsulotlar narxini pasaytirish va boshqalar.

Raqobat — bozor subʼektlari iqtisodiy manfaatlarining toʻqnashuvidan iborat boʻlib, ular oʻrtasidagi yuqori foyda va koʻproq naflilikka ega boʻlish uchun kurashni anglatadi.



Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash. P. koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarnn yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. oʻzlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori nd/shshrda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurelarni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toʻliq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon boʻladi.

R. isteʼmolchilar oʻrtasida ham yuz berib, tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga qaratiladi, yaʼni haridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koʻproq naflilikka ega boʻlishga harakat qiladi, arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. R.da ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sarflangan harajatlarga koʻproq foyda olish, shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, yaʼni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi. R. asosida ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida alohidalashuvi va mustaqil boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuvi yotadi. Chunki har bir mulk egasining oʻz manfaati boʻlib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va boshqa barcha sohalardagi faoliyati shu manfaatga boʻysundirilgan boʻladi. R. mavjud boʻlishining yana bir sharti — bu tovarpul munosabatlarining , maʼlum darajada rivojlangan bozor tizimining boʻlishidir. Shu sababli R.ning asosiy sohasi bozor hisoblanadi.



Bozor konyunkturasi. Marketing faoliyatida bozorni o’rganishning asosiy elementlaridan biri bozor konyunkturasini o’rganish bilan bog’liq bo’ladi. Konyunktura deganda ma'lum omillarning ta'siri natijasida vujudga keladigan qisqa muddatli shart-sharoitlar tushuniladi. Omillarning o’zgarishi konyunkturaning o’zgarishiga olib keladi.Marketingda esa bozor konyunkturasi deganda belgilangan vaqtda maqsadli bozorda vujudga keladigan iqtisodiy shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi.

Konyunktura axborotnomasi - bu bozor konyunkturasining hozirgi holati va uning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatdir. Bu konyunkturani o’rganishning eng sodda shakli bo’lib, odatda savdo assortimentining maqbulligini baholash uchun foydalaniladi.

Konyunktura tahlili - konyunkturani mavjud holatga keltirgan omillarning tahlilini o’z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda tahlil bozor konyunkturasinig maxsus izlanishlarini aks ettiradi va omillarning ta'sir doirasini aniqlashga xizmat qiladi. 

Konyunktura prognozi bozordagi holatni ma'lum davr ichida oldindan ko’rish va uning asosiy parametrlarini aniqlashni o’z ichiga oladi. Bunda konyunkturaga ta'sir o’tkazuvchi omillarning yaqin kelajakdagi xususiyatlarini aniqlashga e'tibor qaratiladi.Shuni e'tiborga olish lozimki konyunktura tahlili va prognozida uning o’ziga emas, balki konyunkturaga ta'sir qiluvchi omillarga ko’proq ahamiyat beriladi. Shu sababli, bozor konьyunkturasiga ta'sir qiluvchi omillarni ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi. har qanday bozor konьyunkturasini belgilab beruvchi omillarni ikki guruhga bo’lish mumkin:
  • makroiqtisodiy omillar; 
  • mikroiqtisodiy omillar, ya'ni mazkur bozordagi talab, taklif, narx va raqobat omillari. 

Xulosa

Воzor tizimi hiircha mamlakallar iqlisodiyotiga xos bo’lib, u o‘z doirasini to’xtovsiz kengaytirib bormoqda. Iqtisodiy munosabntlami samarali tashkil ctish va rcsurislami oqilona joylashtinsh avvaldan insoniyat diqqatini, ayniqsa iqtisod ahlini jalb etib kelgan. Ma’lumki jamiyat ixtiyoridagi ishlab chiqarish imkoniyatlari, mehnat resurslari, tabuy boyliklar, yer, ya ni bu resurslar chegaralangan bo’lib ulardan foydalanish, joylashtirish oqilona yondashuvni talab etadi. Hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyoli hukmronligi resurslami samarali taqsimlab joylashtirish va iqtisodiy о’sishni tezlashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash va yuqori turmush darajasini taminlash imkonini tug diradi. Bunday tizini mehnatni rag batlantirishning ma'qul usullaridan keng foydalanish va shaxsiy boylikni, milliy boylikning ortib borishini tczlashtiradi. Bozomi asosan talab va taklif, raqobat. baho kabilar shakllantiradi, tartibga solib turadi. lalab va taklif qonuning harakati va bozor iqtisodiyoti taraqqiyoti insoniyat jamiyati uchun juda ahamiyatli bo Igan barcha boyliklardan foydalanish samarasini ko'tarish va inson manfaatiga qaratishda katta imkoniyatlar yaratishini qayd qilish mumkin. Bunda resurslardan to’la foydalanish. tabiiy boyliklar samarasini ko'tarish, yangi-yangi texnalogiyalar tufayli vangi xom-ashyo, materiallami yaratish juda aliamiyatlidir. Hozirgi texnalogiya asosan kam xarajat, avniqsa kam moddiy sartli ishlab chiqarishni yuqori darajaga ko'targan bo'lib. bulaming hammasi bozor talabi natijasidir. Ishlab chiqarishnmg talab asosida har tomonlama va keng miqyosda taraqqiy eta olishi inson turmish tarzming yuqori darajasini taminlab boradi. Talab va taklif qonuni ta’sinda rivojlanayotgan iqtisodiyot mavjud imkoniyatlardan inson manfaati uchun eng samarali foydalanish imkonini tug diradi. Bozor iqtisodiyotining ustunligi ham avvalo shu bilan belgilansa kerak.



Foydalanilgan adahiyotlar ro’yxati:
  • I. A Karimov Milliy istiqlol malkurasi - xalq e’tiqodi va buyuk kejakka ishonchdir Toshkent 2000 yil “Fidokor”.
  • I. A Karimov “O’zbckiston - bozor munosoballariga o’tishning o’ziga xos yo'li” Toshkent 1992 yil “O’zbekiston’'.
  • I. A.Karimovning 2011 yil 21 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yiida Respublikani ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yil iqtsodiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalariga bag’ishlangan majlisidagi ma'ruzasi "Xalq so’zi” gazetasi 2011 yil 22 yanvar soni.
  • I.A.Karimov “Jahon moliyaviy - iqtsodiy inqirozi , O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” Toshkent -2008 yil “O’zbekiston”
  • A.O’lmasov. Iqtisodiyot asoslari. Toshkent “Mehnat” 1997 y.
  • A.O'lmasov, M.Sharifxo’jayev. Iqtisodiyot nazariyasi Toshkent, 1995 y.
  • A.Qodirov. Iqtisodiyot nazariyasi. Nukus:1995 y.
  • Makkonell К Bryu S.. Ekonomiks. M.,Respublika 1992 y.
  • M.RasuIov. Bozor iqtisodiyoti asoslari. Toshkent "O’zbekiston” 1999 y.
  • Chibrikov G.G.. Osnovo’ ekonomicheskoy teoriyi., "Ekonomika", 1995 g.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish