3.Qadimgi So‘g‘diyona, Baqtriya, Xorazm, Choch va Farg‘onaning antik
davri arxeologiyasi.
So‘g‘dning antik davri tarixi ham murakkab siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq
uning antik davri arxeologiyasi Samarqand, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari
arxeologiya yodgorliklari asosida o‘rganilib keyingi yillarda talay kashfiyotlar
amalga oshirildi. O‘lkada yirik shahar markazlari ham, qishloq turidagi
yodgorliklarida ham arxeologik qazish ishlari amalga oshirilgan. Samarqand
So‘g‘dning eng yirik shahar markazlaridan biri hozirgi Afrosiyob o‘rnida bo‘lib,
yunon manbalarida bo‘lib Marokanda nomi bilan tilga olinadi. Antik davri
madaniy qatlamlari Afrasiyob, II va III lar bilan belgilanadi. Bu davrda shaharning
o‘sha manbalarda keltirilgan barcha hududlari (220 ga) to‘liq shakllanadi. SHahar
ikki qator mudofaa devori (7 metr) bilan o‘ralgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi
mudofaa burjlari va shinaklariga ega. SHahar arki (sitadel) (may. 0,5 ga) ham
alohida mudofaa devori bilan o‘ralgan. Unga kirishdagi cho‘ziq shaklda burjlar
aniqlangan. Samarqanddagi Qo‘rg‘ontepa shahar harobasi sitadel, shahriston va
shahar atrofi qismlaridan iborat. Sitadeli antik davri paxsa devorlari aniqlangan.
Manzilgohda olov ibodatxonasi aniqlangan. Samarqand So‘g‘d antik davri san’ati
namunalari haykalchalarida o‘z aksini topgan. Ular qo‘lida meva, gul, o‘simlik
yoki idish ushlab turgan hosildorlik ayol mabudalarining haykalchalaridan iborat.
Bosh kiyimi va kiyim kechagi turli variantlarida berilgan. Musiqachi ayol va
erkak haykalchalari ham uchraydi. Buxoroda antik davri yirik shahar markazlar
yaxshi o‘rganilmagan. qishloq tipidagi manzilgohlarning ikki turi ajralib turadi.
Qizilqir I Setaloq II, Romish yodgorliklari yaxshi o‘rganilgan. Hozirgi Buxoro
shahri antik davrda shakllanib, o‘sha davr o‘rni saqlanmagan. So‘g‘dning antik
davri tarixi ham murakkab siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq uning antik davri
arxeologiyasi Samarqand, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari arxeologiya
yodgorliklari asosida o‘rganilib keyingi yillarda talay kashfiyotlar amalga oshirildi.
O‘lkada yirik shahar markazlari ham, qishloq turidagi yodgorliklarida ham
arxeologik qazish ishlari amalga oshirilgan. Samarqand So‘g‘dning eng yirik
shahar markazlaridan biri hozirgi Afrosiyob o‘rnida bo‘lib, yunon manbalarida
bo‘lib Marokanda nomi bilan tilga olinadi. Antik davri madaniy qatlamlari
Afrasiyob, II va III lar bilan belgilanadi. Bu davrda shaharning o‘sha manbalarda
keltirilgan barcha hududlari (219 ga) to‘liq shakllanadi. SHahar ikki qator mudofaa
devori (7 metr) bilan o‘ralgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi mudofaa burjlari va
shinaklariga ega. SHahar arki (sitadel) (may. 0,5 ga) ham alohida mudofaa devori
bilan o‘ralgan. Unga kirishdagi cho‘ziq shaklda burjlar aniqlangan. Samarqanddagi
Qo‘rg‘ontepa shahar harobasi sitadel SHahriston va shahar atrofi qismlaridan
iborat. Sitadeli antik davri paxsa devorlari aniqlangan. Manzilgohda olov
ibodatxonasi aniqlangan. Samarqand So‘g‘d antik davri san’ati namunalari
haykalchalarida o‘z aksini topgan. Ular qo‘lida meva, gul, o‘simlik yoki idish
ushlab turgan hosildorlik ayol mabudalarining haykalchalaridan iborat. Bosh
kiyimi va kiyim kechagi turli variantlarida berilgan. Musiqachi ayol va erkak
haykalchalari ham uchraydi. Buxoroda antik davri yirik shahar markazlar yaxshi
o‘rganilmagan. qishloq tipidagi manzilgohlarning ikki turi ajralib turadi. Qizilqir I
Setaloq II, Romish yodgorliklari yaxshi o‘rganilgan. Hozirgi Buxoro shahri antik
davrda shakllanib, o‘sha davr o‘rni saqlanmagan. Janubiy Sug‘dda antik davri
yirik markazlaridan Erkurgon arxeologik jixatdan yaxshi urganilgan. U kudratli
mudofaa tizimi va anik rejaga asoslanib ikki kator mudofaa devori bilan o‘ralgan.
Ichki mudofaa devori 40 ga, tashqari mudofaa devori 150 ga maydonni o‘rab
olgan. Sitadel shaharistonning Umumiy tavsifiSHimoliy qismida joylashgan
bo‘lib, 90X60 m hajmda Sitadel mudofaa devori mudofaa burjlari va shinaklar
bilan kuchaytirilgan. Bu erdan mil. av. III-IV asrlarga oid ma’muriy bino o‘rni
hamda III-IV asrlarga oid ibdatxona o‘rganilgan. Qashqadaryo vohasining
sharqida Kitob shahrining qadimgi o‘rni 40 ga ortiq bo‘lgan. SHaharlarning
sitadeli (may. 1 dan ortiq) kulolchilar mahallasi aniqlangan. Ba’zi bir
tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra qadimgi Kesh Qang‘larning janubiy viloyati
bo‘lib, yozma manbalarda keltirilgan Qang‘-Susega to‘g‘ri keladi. Lekin
Qashqadaryo vohasining Kushonlar davlati tarkibida bo‘lgan, degan fikrlar ham
mavjud. Qashqadaryo vohasining sharqida Kitob shahrining qadimgi o‘rni 40 ga
ortiq bo‘lgan. SHaharlarning sitadeli (may. 1 gektardan ortiq) kulolchilar mahallasi
aniqlangan. Ba’zi bir tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra qadimgi Kesh Kangyuy
davlatining janubiy viloyati bo‘lib, yozma manbalarda uning tarkibida keltirilgan
beshta viloyatlardan biri - Si-sega qiyoslanadi. R.H. Suleymanov mazkur qiyosni
boshqa tomondan ma’qullaydigan fikrni bildiradi. Uning fikriga ko‘ra SHarqiy
Orolbo‘yi hududida yashagan aholining Lekin, boshqa bir guruh olimlar
Qashqadaryo vohasi Kushonlar davlati tarkibiga kirgan, degan fikrlarni ilgari
surishga harakat qilishadi.
O‘rta Osiyoning qadimgi tarixiy-madaniy viloyatlaridan biri bo‘lgan
Baqtriyanining Umumiy tavsifi SHimoliy hududlari. Bu o‘lka hozirgi Surxon
vohasi va Tojikiston Respublikasining janubiy hududlari kiradi. Mazkur mintaqada
mil.av. I ming yillikning boshlariga kelib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan
tub o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ma’lumki II ming yillikning oxiriga kelib Surxon
vohasidagi Sopolli madaniyati inqirozga uchragandan so‘ng o‘ziga xos o‘troq
dehqonchilik madaniyati vujudga keladi. Bu turdagi madaniyat ayrim jihatlariga
ko‘raO‘rta Osiyoning janubida, xususan, Surxon vohasi va Janubiy Tojikiston
hududlarida joylashgan Umumiy tavsifiSHimoliy Baqtriyaning ilk temir davriga
oid yodgorliklarini o‘rganish o‘tgan asrning 50-yillaridan, ya’ni Qalan Mir
manzigohida olib borilgan tadqiqot ishlaridan so‘ng kuchayadi. Umumiy
tavsifiSHimoliy Baqtriyaning mil. av. I ming yilliklarning boshlariga oid
manzilgohlari Surxon va SHerobod daryolarining irmoqlari atrofida Sopolli
madaniyatining inqirozidan so‘ng rivojlangan bo‘lsa, Surxon va Amudaryolarning
O‘rta oqimi, Kofirnigon, Vaxsh va Panj daryo vohalari esa qadimgi dehqonlar
tomonidan mil. av. I ming yillikning ikkinchi choragi va O‘rtalarida
o‘zlashtirilgan. Umumiy tavsifiSHimoliy Baqtriyada mil. av. I ming yillikning
birinchi yarmida o‘ndan ortiq dehqonchilik vohalari o‘zlashtirilib, turli
shakllardagi manzilgohlarning rivojlanishi kuzatiladi. SHulardan ettitasi Sargandak
-To‘palang-(Xolchayonning qo‘yi qatlami), Xalqajar (Mirshodi)- (Qiziltepa,
Qizilcha guruhidagi manzilgohlari, Ahatqul), Urgulisoy (Bandixon)-(BandixonI,II,
G‘ozimulla),
Sherobod-(Jondavlattepa,
Talashkantepa
I,
Pachmaktepa),
Ulonbuloqsoy-(Kuchuktepa, Pshaktepa, Dabilqo‘rg‘on), O‘rta Surxon-(Xayitobod,
Nomsiztepa), O‘rta Amudaryo-(Ko‘xna Termizning quyi qatlami, Kampirtepa
yaqinidagi Nomsiztepa.) kabi kichik daryo vohalari Surxon vohasida va Kuyi
Kofirnigon-(Qalam
Mir,
Munchoqtepa,
Xirmontepa),
Vaxsh-YAvon-
(Tomoshatepa, Boldoy I, SHo‘rchitepa), Boytudasht- (Boytudasht) kabi vohalar
Tojikiston Respublikasining janubida rivojlanadi. Ularning har birining hududi
tabiiy chegaralanib, Arxeolog olim A.S.Sagdullaevning ilmiy tahlillariga ko‘ra
ularning har biri alohida dehqonchilik tumani yoki kichik ma’muriy tuzilmani
tashkil etgangan. Mazkur ma’muriy bo‘linmalarning har birida taxminan 3-5 tadan
manzilgoh joylashgan. Ulardan biri hajmi kata va strukturasiga ko‘ra murakkab
bo‘lgan. Ko‘rinishdan ular ma’lum tumanning ma’muriy markazi bo‘lgan bo‘lishi
mumkin. Keltirilgan vohalardagi manzilgohlarning quyidagi shakllarini ajratish
mumkin. 1. Atrofi mudofaa devori bilan o‘ralib, sitadelga ega bo‘lgan yirik
hajmdagi manzilgohlar (yoki qadimgi shaharlar) - Qiziltepa, Hayitobodtepa. 2.
Mudofaa devorlariga ega bo‘lgan qal’a-qo‘rg‘onlariga imoratlar tutush joylashgan
manzilohlar - Kuchuktepa Bandixon II, Talashkontepa I. 3. Yirik xajmdagi
manzilgohlar yoki qadimgi qishloqlar- g‘G‘ozimullatepa. 4. Uy-qo‘rg‘onlari -
Qizilcha guruhdagi manzilgohlar 5. Alohida vazifani bajaruvchi manzilgohlar
(diniy inshoatlar)- Pishaktepa, Pachmaktepa. Mil. av. II ming yillikning oxirgi va
mil. av I ming yillikning boshlariga kelib, bu erda o‘ziga xos madaniyat
shakllanadiki, bu davr tarixi arxeologik jihatdan Kuchuk I (mil. av. 1000-750)
Qizil I (mil. av. 1000-700 yillar) Kuchik II (mil. av. 750-600) hamda Qizil II (mil.
av. 750-600), belgilangan.Kuchik III (mil. av. 600-500), Kuchuk IV (mil. av. 500-
350), Qizil III (mil. av 600-350) bosqichlari esa ahamoniylar davriga to‘g‘ri keladi.
Vohaning mil. av. I ming yillikning birinchi choragiga oid tarixini arxeologlar
Kuchuk madaniyati, deb yuritish odatlangan. Bu davr yodgorliklarining hajmi
ancha kichik (3 ga dan oshmaydi). Ulardan mashhuri Kuchiktepa manzilgohi
hisoblanib, baland sahni (4 metr qalinlikda) ustiga qurilgan qal’a-qo‘rg‘onchadan
iborat. Manzilgoh atrofida imoratlar joylashgan hamda ular mudofaa devorlari
bilan o‘ralgan. Keyingi bosqichdaa Kuchiktepa madaniyati taraqqiyoti davomida
Qadimgi Baqtriya madaniyatining vujudga keladi. Bu davr voha ijtimoiy-iqtisodiy
muhim jarayonlar kechganligi bilan tavsiflanadi. O‘troq deqqonchilik madaniyati
hududi kengayib, manzilgohlar soni ko‘payadi va ularning hajmi ortib boradi.
SHuningdek, O‘rta Osiyoning janubiy o‘lkalaridagi kabi qadimgi yirik shahar
markazlari shakllanadi. Bu davrga oid Qiziltepa vohadagi yirik manzilgoh
hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 30 ga.ni tashkil etadi. Manzilgoh sitadel
(ark), shahar (shahriston) va atrofii hamda shahar atrofii okrugi qismlaridan iborat.
Manzilgoh Qizil I davrida shakllanib, keyingi bosqichda kengayib asosiy qismi
shakllanadi. Manzilgoh shimoli-g‘arbida ark (may.2 ga) barpo etilib, ularning
atrofi mudofaa devorlari bilan o‘rab olinadi. Mil. av. V-IV asrlarda mudofaa devori
atrofi imoratlar barpo etiladi. SHahar ichkarisi alohida yangi imoratlar quriladi.
Mudofaa devorlari ikki qatordan iborat bo‘lib, ularning O‘rtasida koridor mavjud.
(Ichki devor 2,5 m, tashqi devor 0,7- 1,0 m, koridor esa 1,5 m) devorlar yarim
aylana va to‘rtburchak minoralar bilan kuchaytirilgan. Ularning har birida jangovar
shinaklar bor. Manzilgoh ichkarisida ochiq maydon joylashgan. Qiziltepaning
vohadagi boshqa manzilgohdan har tomonlama va alohida ajralib turish madaniy-
iqtisodiy hamda ma’muriy markaz vazifasini o‘taganligidan dalolat beradi.
SHerobod vohasidagi Talashkon I ham diqqatga sazovordir. U doira shaklidagi
istehkom qal’adan iborat bo‘lib, mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Devorlar
to‘g‘rito‘rtburchak shaklidagi minoralar bilan kuchaytirilib, ularda shaxmat
shaklidagi ikki qator shinaklar joylashgan. Qal’a ichidagi uylar mudofaa
devorlariga taqab qurilgan. Manzilgoh O‘rtasi hovli sifat ochiq joy qoldirilgan.
Bandixon voha tumanidagi yirik manzilgoh Bandixon II hisoblanadi. Bu
manzilgohning umumiy maydoni 14 ga. dan iborat bo‘lib, ikki qism sitadel va
uning atrofidagi joylangan uy-joy imoratlari joylashgan qismlardan iborat. Janubiy
Tojikiston hududidagi manzilgohlardan Boytudasht va Bolday I kabi yodgorliklar
ajralib turadi. Bu yodgorliklarning shakllangan davri mil av. I ming yillikning
ikkinchi choraklariga to‘g‘ri keladi Bu yodgorliklarda ham shahar alomatlari
mavjud bo‘lib, Surxon vohasi manzilgohlarinikiga nisbatan soda va ularda
jarayonlar kechroq sodir bo‘lganligi bilan ajralib turadi. Kichik vohalaridagi
markaziy manzigoh atrofidagi manzilgohlarda ham uy-joy va ho‘jalik imoratlari
aniqlangan. Manzilgohlar shakllaridan uy--qo‘rg‘onlar muhim o‘rin tutadi.
Qiziltepa yodgorligi atrofida joylashgan Qizilcha guruhidagi manzilgohlar mazkur
davr qishloq xo‘jaligi hayotini o‘rganishdagi ahamiyati kata. Ulardan Qizilcha I va
VI yodgorliklari arxeologik jihatdan yaxshi o‘rganilgan. Bu yodgorliklarning
maydoni taxminan 0,2 ga. ni tashkil etadi. Manzilgoh qo‘ra shaklida barpo
qilingan. Umumiy devor bilan o‘rab olingan hovlining bir qismida uy-joy
imoratlari va uning old tamonida hovli joylashgan. Ko‘rinishdan bu manzilgoh
mazkur davr davlatmand patriarxal oilasiga tegishli uy-joy kompleksi
hisoblangan. Umuman boshqa turdagi manzilgohlarda ham arxeologik tadqiqot
ishlari olib borilishi natijasida o‘lkaning qurilish- me’moriy xususiyatlarini
o‘rganish imkoniyatlari mavjud Barcha turdagi imoratlar xom g‘isht va paxsadan
barpo qilingan. Devorlar loysuvoq qilingan. Ba’zi imoratlarda yog‘och
ustunlarining o‘rni aniqlangan. Imoratlarning tomi tekis yopilgan. Umuman,
mazkur davr O‘rta Osiyo tarixida chuqur tarixiy-madaniy o‘zgarishlar bilan
belgilanib, yirik shaharlarning paydo bo‘lishi, qadimgi davlatlarning qaror topishi
va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishlar sodir bo‘lgan davr hisoblanib
Aholining asosiy mashg‘uloti sug‘orma dehqonchilik bo‘lib kichik daryolardan
anhorlar orqali suv chiqarilgan, yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri daryolardan ariqlar orqali
suv chiqarilgan. Katta anxorlardan birining izlari Bandixondan topib tekshirilgan.
Bu erda boshoqli o‘simliklar poliz va bog‘dorchilik rivojlangan.
Xorazmning antik davri siyosiy tarixi O‘rta Osiyoning janubiy hududlar
bilan birdek kechmaganligi tufayli o‘ziga xos madaniyat taraqqiyoti yo‘lidan
boradi. Ma’lumki, mil.av. IV asrning boshlarida o‘lka ahomoniylardan ajralib
chiqqandan so‘ng mustaqil siyosat yurib, Aleksandr Makedonskiy boshchiligidagi
yunonlar ta’siriga tushmaydi. O‘lkanining keyingi davr tarixiga oid ma’lumotlarni
manbalarda uchraydi. Unda Kanguy davlatining beshta kichik mulklaridan biri
bщlganligi ma’lumotlar mavjud bo‘lib, uni zamonaviy tadqiqotchi olimlar
hamfikrlikda Urgench bilan qiyoslashadi. Demak, bu o‘lka mil. av. III asrning
ikkinchi yarmidan boshlab Kanguy davlati tarkibiga kirgan bo‘lishi mumkin.
Xorazm hududidan milodning boshlariga oid old tomonida hukmdor tasviri va
orqa tomonida esa tamg‘a tushirilib zarb qilingan tangalar Kanguylarning vassali
sifatida rivojlangan, degan xulosaga kelish mumkin. Beruniy keltirgan
ma’lumotlarga ko‘ra 305 yilda Xorazm afrig‘iylar sulolasi tomonidan mustaqil
boshqarilgan. O‘lkaning bu davrga oid arxeologiyasi Xorazm arxeologik-
etnografik ekspeditsiyasi (XAEE) va boshqa ekspeditsiyaning ilmiy izlanishlar
natijasida yaxshi o‘rganilgan. Bu davr manzilgohlarining qadimgisi ahamoniylar
davri shahar va qishloqlari taraqqiyotining etishi bilan bog‘liq. Antik davri jamiyati
rivojlanishi o‘lka ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti jadallashishiga olib
keladi. Natijada ularning markazi sifatida yirik shaharlarning rivojlanishi va
yangilarining paydo bo‘lishi sodir bo‘ladi. Ilgari shakllangan Ko‘zaliqir va
Qal’aliqir kabilardan tashqari Jonbosqal’a, Tuproqqal’a, Turpoqqal’a, Qarqizqal’a,
Qo‘yqirilganqal’a, Xazorasp va boshqa shular kabi shahar turidagi manzilgohlar
taraqqiy etadi. Xorazmning bu davrga oid ko‘hna shaharlari O‘rta Osiyoning
boshqa hududlarinikidan shakli jihatdan keskin farq qiladi. Ularning ayrimlarida
ark qismi mavjud. SHuningdek, shahriston mudofaa devori atrofida hayot
shakllanmagan va shaharda kam hollardagina hunarmandchilik ishlab chiqarish
mavjud bo‘lgan. Keyingi yillarda Xazorasp xarobalarida amalga oshirilgan
tadqiqot ishlari davomida mazkur belgilarning ayrimlar shahar uchun xos ekanligi
ma’lum bo‘ldi. Umuman o‘lkaning antik davrida ma’lum reja va mudofaa tizimi
asoslangan shahar markazlar paydo bo‘ladi. Yirik shahar markazlari uchun saroy
va ibodatxona komplekslar, shahar ichkarisidagi uy-joy imoratlari xosdir.
Xorazmning antik davriga oid Qo‘yqirilganqal’a nisbatan yaxshi o‘rganilgan
yodgorliklardan biri sanaladi. Unda o‘tgan asrning 50-yillarida S.P.Tolstov
tadqiqot ishlarini olib borgan. Yirik shahar markazlaridan Tuproqqal’a
Xorazmning madaniy- ma’muriy markazi bo‘lgan. Manzilgohdan saroy
ibodatxonalar va uy-joy imoratlarining o‘rni ochib o‘rganilgan. Loydan yasalgan
haykalchalar, xususan xorazmshohlar va ularning ajdodlari tasviri tushirib
ishlangan haykalchalar va devorlardagi rang-tasvir namunalari Xorazmning
qadimgi davr san’at namunalaridan darak beradi. Bu erda sapollar sirtiga bitilgan
yozuv namunalari bir tomondan qadimgi
Toshkentning uzoq o‘tmishi va u qad ko‘targan qadimgi CHoch yoki
SHosh viloyati haqidagi ma’lumotlar yozma manbalarda xilma-xil hamda uzuq-
yuluq tarzda aks etgan. Zardushtiylarning qadimgi muqaddas kitobi ―Avestoda
Sirdaryo havzasidagi mamlakat «Turon», aholisi esa «tur»-lar deb yuritilgan. Bu
o‘lkada tur qavmlari urug‘ va qabila oqsoqollarining diniy va siyosiy qarorgohi —
Qang‘xa (Qang‘a) shahri borligi tilga olinadi. Toshkent haqidagi dastlabki aniqroq
ma’lumotlar mililoddan avvalgi II asr — milodiy V asrlarga mansub Xitoy
manbalarida uchraydi. Ularda Toshkent viloyati qadimda Lo-yueni, YUni, so‘ngra
Chjeshe, Chjechji, Chjesi va Shi deb nomlangan. Bu atamalar (avvalgi ikkitasidan
tashqari) «Choch» so‘zining xitoycha talaffuz etilishi natijasida hosil bo‘lib, hatto
oxirgi «SHi» toponimi xitoychada «tosh» ma’nosini anglatgan. Millddan avvalgi
III asrda qadimgi CHoch viloyatida tashkil topib, milodning III asrlarigacha hukm
surgan «Qang‘» («Qang‘a» yoki «Qang‘xa») davlati Xitoy yozma manbalarida
«Kangkiya» («Kanizyuy») nomlari bilan tilga olinadi. Qadimgi toxarlar tilida
«qang‘» so‘zi ham «tosh» ma’nosini anglatgan. Bu davlatning poytaxti — Bityan
shahri bo‘lib, u Iosha-Xasart daryosi (Sirdaryo) bo‘yida joylashgan. Bityan shahri
Davan (Farg‘ona vodiysi)dan 1510 li (528 km) masofada bo‘lgan. Bityan
shahrining bizgacha saqlanib qolgan xarobalari mahalliy aholi o‘rtasida
«Qanqatepa» nomi bilan mashhur (q. Qanqa). U Toshkentdan 70 km janubda —
Sirdaryoga yaqin erda, Ohangaron daryosining qurib qolgan qadimgi o‘zani
bo‘yida joylashgan. Arxeologik ma’lumotlardan ma’lum bo‘lishicha, Qanqatepa
Millddan avvalgi III asrdayoq atrofi mudofaa devori bilan o‘ralgan hamda arkli
katta shahar bo‘lib, maydoni 160 gektarga teng bo‘lgan. Qadimgi Qang‘
davlatining fuqarolari ham «qang‘ar», «qanzar», keyinchalik «qanhi», «qang‘li»
yoki «qa’ni» deb nomlangan. Ular (qanqalar) hindlarning qadimgi kitobi
«Mahabharata»da saklar va toxarlar nomlari qatorida tilga olingan. Yozma
manbalarda keltirilishicha, Toshkentning qadimgi nomi «CHoch» bo‘lgan.
Toshkent arablar tasarrufiga o‘tgach, arab alifbosida «ch» harfining yo‘qligi bois
arab tilidagi asarlarda «Shosh» deb yuritilgan. Ilk o‘rta asrlarda u «Choch»,
«Shosh», «Shoshkent», «Madinat ash-Shosh», «Binkat» va «Tarkan» deb
nomlangan. Toshkent haqidagi dastlabki ma’lumotlar mahalliy olimlar (Xorazmiy)
va tarixchi-geograflardan Tabariy, Istahriy asarlarida uchraydi. Istahriyning «Kitob
al masolik val mamolik» («Yo‘llar va mamlakatlar to‘g‘risidagi kitob»)ida
Shoshning bosh shahri Binkat deb ko‘rsatiladi. X asrda yozilgan (mualli-fi
noma’lum) «Hudud ul-Olam» («Olamning chegaralari») kitobida «CHoch bu katta
viloyat, xalqi jangovar va sahiydir. U erda kamon va o‘q - yoy yasaladi. Binkat
Chochning poytaxti hisoblanadi. Bu katta shahar, ayni vaqtda podshoning
qarorgohidir», deb ta’riflanadi. Firdavsiyning «SHohnoma» asarida CHoch
o‘zining kamoni SHoshiy (o‘q-yoylari) bilan mashhurligi, haqida misralar bor.
SHahar «Toshkent» nomi bilan dastavval XI asrning mashhur allomalari — Abu
Rayhon Beruniy va Mahmud Koshg‘ariyning asarlarida tilga olinadi. Beruniy
«Hindiston» asarida Toshkent nomining kelib chiqishi to‘g‘risida so‘z yuritib,
«Tosh» so‘zi asli turkcha bo‘lib, SHosh ko‘rinishini olgan. «Toshkand — toshli
qishloq demakdir» (Abu Rayhon Beruniy, Tanlangan asarlar, Toshkent, 1963, 2-j.,
232-6.), deb izohlaydi. Mahmud Koshg‘ariyning ma’lumoti bo‘yicha, Toshkent XI
– XII asrlarda «Tarkan» deb ham yuritilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur
«Boburnoma» da Toshkent nomi ustida to‘xtalib, «...asarlarda Toshkent nomini
SHosh, ba’zan CHoch yozadilar» deb qayd etadi. Biroq XVI - asr oxiri va XVII -
asr boshlarida Toshkent toponimi shuhrat topib, uning qadimgi CHoch, SHosh va
Binkat nomlari asta - sekin muomaladan tushib qoldi. XVII - asrda yashagan
tarixchi olim Mahmud ibn Vali shunday yozadi: «SHosh — Sayxun (Sirdaryo)ning
u tomoniga joylashgan shahar va Turkiston (viloyat)ga qaraydi... Uni CHoch
ataydilar. Biroq hozirgi vaqtda u Toshkent nomi bilan mashhurdir». Toshkent
vohasida shahar madaniyatining shakllanib, shaharning qad ko‘tarishi shu o‘lkada
yashagan qadimgi chorvador va dehqonlarning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy
hayotidagi ulkan tarixiy jarayon bo‘lib, bu jarayon shubhasiz o‘lkaning
o‘zlashtirilib, obod etilishi, ayniqsa, unda chorvachilik va dehqonchilik
xo‘jaliklarining tashkil topishi hamda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning
rivojlanish tarixi bilan uzviy bog‘liqdir. Bu jarayonning tarixiy manzarasi
nihoyatda keng bo‘lib, u yozma manbalarga nisbatan ko‘proq arxeologik
tadqiqotlar vositasi bilan tiklanmoqdadir. SHuning uchun ham Toshkent hududida
olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning natijalari qadimgi va o‘rta asrlarga oid
manbalardagi ma’lumotlarni to‘ldirib, ularga aniqlik kiritmoqda. Geografik
jihatdan qulay, iqlimi mo‘‘tadil bo‘lgan Chirchiq va Ohangaron vodiylarida uzoq
o‘tmishdayoq chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan aholi yashagan.
Arxeologik yodgorliklarnint guvohlik berishicha, miloddan avvalgi II ming
yillikning oxiri va I ming yillikning boshlarida ko‘chmanchi chorvador aholining
o‘troqlashuvi kuchayib, dehqonchilik kengaya boshlagan. Hali sug‘orma
dehqonchilik va irrigatsiya inshootlari qurish imkoniyati bo‘lmagan. Toshkentning
dastlabki dehqonlari, garchi daryoning asosiy oqimidan suv bog‘lab olishga
qurbilari kelmagan bo‘lsada, lekin, daryo toshqinlari va adirlardan kelgan
suvlardan hosil bo‘lgan irmoqlar bo‘yida, tabiiy zahob erlarda dehqonchilik
qilganlar. Hozirgi Toshkentning Qorasuv, Salor va Jo‘n arig‘idan sug‘oriladigan
janubiy qismida shunday ibtidoiy dehqonchilik madaniyati tashkil topgan.
Toshkentning bu ibtidoiy dehqonchilik madaniyatining izlari dastavval shahardan
30 km janubda Burganlisoy yoqasida topilib, tadqiq etilgani tufaili tarix fanida u
Burganli madaniyati nomi bilan mashhur bo‘lgan. Mililoddan avvalgi VI asr — IV
asrlarda Qorasuv, Salor va Jo‘n arig‘i yoqalarida dastlab ilk qishloqlar qad
ko‘targan. SHulardan biri Jo‘n arig‘i bo‘yidagi SHoshtepaning ostki qatlamidan
qazib ochilgan qal’a xarobasidir. 1980—1982 yillarda olib borilgan qazish ishlari
uning mililoddan avvalgi VI asr – IV asrlar va II – I asrlardagi rivojlanish
bosqichlarini aniqlashga imkon berdi. Bir tomoni Jo‘n arig‘iga yondoshgan bu
qadimgi joy atrofi dastavval tuproq, marza bilan o‘ralib, qal’a, istehkom qiyofasini
olgan. Shoshtepaning qadimgi aholisi chorvachilik (qoramolchilik, yilqichilik,
qo‘ychilik hamda tuyachilik) bilan shug‘ullangan. Qadimgi shoshtepaliklar jez va
temirdan qurol-yarog‘ va asboblar yasashni, kulolchilik hamda to‘qimachilikni
yaxshi bilgan. Shubhasiz, bu qishloklarda, keyinchalik Toshkent vohasida shahar
madaniyati shakllanib, qadimgi Toshkentning asta-sekin qad ko‘tarishiga zamin
bo‘ldi. Mililoddan avvalgi II – I asrlarda SHoshtepada qadimgi shahar belgilari
paydo bo‘ldi. Qadimgi qishloq xarobalari ustida atrofi qalin aylanma devor bilan
o‘rab olingan doira shaklidagi qal’a (qo‘rg‘on) qad ko‘tardi. Milodiy I – II asrlarda
suyakdan yasalgan yozuv tayoqchasi (stil) qadimgi SHoshda yasalib ishlatilgan. 15
sm li bu suyak qalamning bir tomoni yozish uchun uchli qilib, ikkinchi o‘chirgich
tomoni esa qiyshiq ko‘p burchak shaklida kurakcha qilib yasalgan. Bu topilma
milod boshlaridayoq Toshkent vohasida ham xattotlik mavjudligidan guvohlik
beradi. SHoshtepadagi arxeologik obidalar shaharning mustahkam mudofaa devori,
hashamatli me’moriy majmuoti, hunarmandchilik buyumlari, xat-savod va
savdodan dalolat beruvchi topilmalar milod bo‘sag‘asida Toshkent vohasida shahar
madaniyati rivojlanib, Shoshtepadagi qadimgi qishloq shahar qiyofasini ola
boshlaganini ko‘rsatadi. Shoshtepani o‘rganish Toshkent hududidan shahar
madaniyati tarixi huddi shu davrdan boshlangan, ya’ni uning yoshi 23 asrdan kam
emas deb baholashga imkon berdi.
Xulosa.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki vatanimiz, O‘zbekiston diyori Markaziy
Osiyoda arxeologik jihatdan bir muncha mukammal o‘rganilgan mamlakatlar
qatoriga kiritadi. Bu erda paleolit davrining barcha taraqqiyot bosqichlarini
ifodalovchi serob yodgorliklar topilib o‘rganilgan va ular haqida qator kitoblar,
ilmiy maqolalar e’lon qilingan. O‘zbekiston ilk paleolit davri yodgorliklari
Zarafshon havzasida, Toshkent viloyatining Ohangoron vodiysida bir muncha
yaxshi taqdim qilingan. Bundan tashqari, mamlakatimizning boshqa hududlaridan
ham bu davr mehnat qurollari alohida tarzda taqdim qilingan bo‘lib, bu manbalar
hozircha ilmiy va o‘quv vositalari orqali jamoatchilikka to‘la etkazilgan emas.
Ana shu manbalarning dastlabki o‘rganilishi xulosalariga qaraganda mamlakatimiz
hududlarida inson guruhlari kamida ilk ashel davridan e’tiboran yashab kelgan
bo‘lib, ularni sanalash tufayli aytilganda bu jarayon qariyb 1 mln. 200 ming
yillikdan 500-300 ming yillarni o‘z ichiga oladi. Demakki, bu hududlar juda
qadimiy zamonlardan inson jamoalarining yashashi, rivojlanishi, madaniyat
yaratishi uchun qulay tabiiy, iqlim va ekologik shart-sharoitlarga ega bo‘lgan
desak, xato emas.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Kabirov A .,Sagdullayev A. “O’rta Osiyo arxeologiyasi”. T.,”O’qituvchi”,
1990-yil
2.Asqarov A.”O’zbekiston arxeologiyasi” T.,2002-yil.
3. ”Markaziy Osiyo arxeologiyasi” ma’ruzalar matni. Samarqand .2014-yil.
4. Wikipedia uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |