2.O‘zbekiston diyori ilk ajdodlarimiz makon topgan zamin.
Farg‘ona vodiysini o‘rganishda erishilgan fanimiz yutuqlari. Selung‘ur g‘or
makoni eng qadimgi ajdodlarmiz makon topgan muhim arxeologik yodgorlik
ekanligi. Vohaning o‘rganilish tarixi. Ilk paleolit davrida Farg‘ona vohasining
tabiiy iqlim va ekologik sharoitlari. O‘simlik va hayvonat dunyosi. Selungur
makonining ilk ajdodlarimiz tarixini o‘rganishdagi ahamiyati. Muhim arxeologik
topilmalar. Mehnat qurollari. Farg‘ona odami-sinantroplar zamondoshi ekanligi
haqidagi mulohazalar. Topilmalarning arxeologik sanasi haqidagi tafsilotlar. Ilk
paleolit davriga doir yangi topilmalar. Qizilqum sahrosida o‘rganilgan makonlar.
Kukayaz, Kulbuloq makonlari ilk ajdodlarimizning keng qamrov hududlarda
yashaganligi haqida guvohlik beruvchi dalillar ekanligi. Farg‘ona vodiysining
Qirg‘iziston bilan tutash – chegaradosh zaminidan topilib o‘rganilgan Seleng‘ur
g‘or makoni markaziy Osiyo xalqlarining kuhna tarixini o‘rganishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu yodgorlik aslida Qirg‘iziston hududiga tegishli bo‘lsa-da,
ma’lumingiz bo‘lsinkim, uni O‘zbekiston arxeologlari, xususan akademik
U.I.Islomov rahbarligidagi guruh olimlar tomonidan mukammal o‘rganildi va
jahon arxeologiya fani olamiga kiritishga erishdilar.Seleng‘ur g‘or makoni
Farg’ona vodiysining Xaydarkon cho‘kmasi zaminiga kiruvchi Sux daryosi o‘ng
qirg‘og‘ida, soy oqimidan 50 metr balandlikdagi qayirda, dengiz sathidan 2000
metr balandlikda joylashgan. YOdgorlik 13 ma’dan qatlamini o‘z tarkibiga
oluvchi 5 ta yotqiziq (gorizont)lardan iborat. Aslida, Xaydarkon cho‘kmasi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston hududlarida joylashgan vohadan iboratdir. Xaydarkon
vohasida XX asrning 60-yillarda YA.G‘.G‘ulomov rahbarligidagi arxeolgik otryad
keng ko‘lamda tekshruv ishlari bajarilingan bo‘lib, 28 ta g‘or qalamga olingan edi.
Ularning ko‘plari, shu jumladan, Obshir 1,5 kabi g‘orlar ajdodlarimiz bu erda tosh
asridayoq yashaganligi aniqlangan edi. Xaydarkon vohasida atoqli arxeolog
A.P.Okladnikov, o‘lkashunos P.T.Konoplya ma’lumotlariga tayanib 1955, 1960 va
1964– yillarda keng ko‘lamda arxeologik kuzatuv ishlarini bajardi va bir necha
g‘orlarda dastlabki tekshirish ishlarini boshlab, tosh ashyoviy topilmalarni esa
so‘nggi paleolit davri bilan sanalagan edi. Selung‘ur g‘orini dastlabki kuzatgan
A.CH.Pashko va so‘ngra 1958 yilda A.P.Okladnikov, P.T.Konoplya hamda 1964
yilda boshlangan dastlabki qazishma ishlar tufayli 1.10 m. chuqurlikdan bir necha
tosh ashyolar qo‘lga kiritilingan bo‘lib, makonni astoydil o‘rganish ishlari esa
1980 yildan O‘zFA Arxeologiya institutining paleolit guruhi U.M.Islomov
rahbarligida o‘rganildi. G‘orni qazib o‘rganish ishlari, uning ichidan turli
davrlarda qo‘porilib tushgan yirik tosh parchalari tufayli ancha murakkab
kechgan. Ma’dan qatlamlardan turli tosh ashyolar, jumladan, tosh o‘zaklari
ulardan ajratib olingan har xil parchalar, mehnat qurollaridan esa yirik tarzdagi
kirg‘ichlar, qo‘l cho‘qmori, chopper va choppinglar, kliverlar, bifaslar topilgan.
Toshni qayta ishlash va ulardan turmush aslahalarini yaratishda makon egalari
tishli kertuv texnologiyasidan foydalangan ekan. Selung‘ur g‘ori kishilarning
zamondosh ov ob’ektlari bo‘lgan jayron, bo‘ri, ayiq, tulki, g‘or arsloni, giena, qor
sheri, pleystotsen eshagi, qulon, to‘ng‘iz, tur-buqa, bizon, alxar, yak, sibir echkisi
kabilarning suyak topilmalari ham qiziqarli bo‘lib, selung‘urliklarda oziq- ovqat
ratsionining serobligidan dalolat beradi. Makon topilmalari zamonaviy fan
yutuqlari asosida tahlil qilishga erishilgan. Paleobotanika tahlillaridan olingan
natijalar shuni ko‘rsatdiki, ilk pleystotsen davrida janubiy Farg‘onaning mu’tadil,
ilk iqlimli tabiatga ega bo‘lganligi, makonning eng qadimgi antropogen
cho‘kmalari esa eopleystsotsen davrida shakllanganligi e’tirof qilinadi hamda
muzlik davrida iqlim, tabiat, ekalogik sharoitlarning davriy ravishda o‘zgarib
turganligidan dalolat beradi. 1988 yili g‘orning 8-raqamli qazilmasi ikkinchi
qatlamidan odam bosh qopqog‘i, to‘kilib yotgan 13 ta tish va elka suyak qoldiqlari
topilindi va mutaxasislarning o‘rganilishi tufayli eng qadimgi odam vakillaridan
iborat ekanligi aniqlanib, bu yangi arxantrop topilmasi Farg‘ona odami nomi bilan
fanga kirdi, hamda uning sanasi 1 ml. 200 ming yillarga teng ekanligi e’tirof
qilinadi. Farg‘ona odamining turmushda foydagangan mehnat qurollari, xususan,
qo‘l cho‘qmorlari, kliver, kolun kabi chopqich tosh qurollari Oldovoy makonida,
hamda Ubaydiya paleolit makonlaridan topilgan qurollarga yaqin o‘xshash bo‘lib,
qaysiki bu yodgorliklar 1,4 dan to 2,5 million yillar bilan sanalanganligini
e’tiborga olinadigan bo‘linsa, Selung‘ur g‘ori bergan arxeologik topilmalar ham
naqadar qadimgi ekanligidan shubha yo‘q. Xullas, Osiyo tasarrufiga kiruvchi
mamlakatlar – Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Xitoy, Falastin, hamda janubiy
Ovropa, SHimoliy Afrikada kamida 1 ml. yillardan bo‘yon inson jamoalari yashab,
madaniyat yaratib kelganligi fanda tan olingan. Sux vodiysidagi CHashma
qishlog‘idan 2 km janubiyroqda o‘rganilgan makondan ham chopqich qurollardan
chopper, chopping, dag‘al ishlangan boshqa tosh qurollarining topilishi bu atrofda
arxantroplarning bir necha guruhlari yashaganligidan dalolat beradi. Zikr etilgan
arxeologik ashyolar mamlakatimiz hududida kamida 1 million 200 ming yillardan
bo‘yon madaniyat yaratilinib kelinayotganligidan dalolat beradi. Vatanimiz,
O‘zbekiston diyori Markaziy Osiyoda arxeologik jihatdan bir muncha mukammal
o‘rganilgan mamlakatlar qatoriga kiritadi. Bu erda paleolit davrining barcha
taraqqiyot bosqichlarini ifodalovchi serob yodgorliklar topilib o‘rganilgan va ular
haqida qator kitoblar, ilmiy maqolalar e’lon qilingan. O‘zbekiston ilk paleolit
davri yodgorliklari Zarafshon havzasida, Toshkent viloyatining Ohangoron
vodiysida bir muncha yaxshi taqdim qilingan. Bundan tashqari, mamlakatimizning
boshqa hududlaridan ham bu davr mehnat qurollari alohida tarzda taqdim qilingan
bo‘lib, bu manbalar hozircha ilmiy va o‘quv vositalari orqali jamoatchilikka to‘la
etkazilgan emas. Ana shu manbalarning dastlabki o‘rganilishi xulosalariga
qaraganda mamlakatimiz hududlarida inson guruhlari kamida ilk ashel davridan
e’tiboran yashab kelgan bo‘lib, ularni sanalash tufayli aytilganda bu jarayon qariyb
1 mln. 200 ming yillikdan 500-300 ming yillarni o‘z ichiga oladi. Demakki, bu
hududlar juda qadimiy zamonlardan inson jamoalarining yashashi, rivojlanishi,
madaniyat yaratishi uchun qulay tabiiy, iqlim va ekologik shart-sharoitlarga ega
bo‘lgan desak, xato emas. To‘g‘ri, hozircha ilk paleolit yodgorliklari
O‘zbekistonda sanoqli taqdim qilingan. Biroq, ayni kunlarda qator arxeologik
guruhlar mahsulli tadqiqot ishlari olib borishib, yangi-yangi makonlarni
topishmoqdalar. Jumladan, 1998 yilda Qizilqum sahrolaridan qiziqarli ilk paleolit
makonlarining topilishi fikrimizdan guvohlik beradi. Navbatdagi satrlarda
Vatanimiz hududida o‘rganilgan ilk paleolit tarixi haqida qisqacha ma’lumot
berish ko‘zda tutilgan. Kulbuloq makoni, Toshkent viloyatining Ohangaron
vohasi-dagi Qizilolma soy yoqasidagi chashma atrofida joylashgan. YOdgorlik
ko‘p yillar davomida iste’dodli paleolitshunos M.R.Qosimov tomonidan
o‘rganilgan va uning vafotidan so‘ng, shogirdlaridan X.To‘ychiev ishtirokida
o‘rganilmokda. Bu ko‘p ma’dan qatlamga ega va Markaziy Osiyodagi etalon
yodgorliklardan biri bo‘lib, fanda 1963 yildan e’tiboran ma’lum.
Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga qaraganda yodgorlik 31 ma’dan qatlamidan
iborat bo‘lib, eng pastki qatlamlari esa, ilk paleolit davriga mansubdir. Makon
o‘rganilar ekan, uning manbalari asosida bu erda madaniyat tariximizning uzliksiz
rivojini, ya’ni ilk paleolitdan so‘nggi paleolit davrlari taraqqiyot bosqichlarini
kuzatish imkoniyatlariga ega bo‘lindi. Makonni o‘rganish natijasida juda boy
arxeologik, jumladan, chaqmoq-toshdan yasalgan mehnat vositalari, bu davr
kishilari bilan zamondosh hayvonot dunyosi qoldiqlari topildi. Makonning ilk
(pastki) qatlamlaridan qo‘lga kiritilgan mehnat vositalari orasida yirik tarzda
taqdim qilingan qurollar, turli kesuvchi va chopuvchi, narsalarni qirish uchun
qo‘llanilgan asboblar, qo‘l chopqilari alohida guruhlarni tashkil qiladi. Qiziqarlisi
ham shundaki, bu qurollarning ishlab chiqish texnikasi o‘ziga xosligi bilan ajralib
turadi. Ashel qatlamidan kul, ko‘mir qoldiqlarining topilishi ham qiziqarlidir.
Sababi, fanda olovning sun’iy ixtiro qilinishini o‘rta paleolit davriga xos deb
ma’lumot berilgan. Tabiiy olovdan foydalanish azaldan mavjudligini hisobga
oladigan bo‘lsak-da, ammo olovni sun’iy usulda kashf qilish ashel davridayoq
ma’lum bo‘lganligini e’tirof qilish haqiqatga yaqindir.
Fanda arxantroplar nomi bilan atalgan odamlar ish bilarmon kishilar
hisoblanib, jismoniy jihatdan ham hozirgi qiyofadagi aql-idrokli odamlardan bir
muncha farq qilar edilar. Bu odamlarning turmush tirikchiligi asosan turli oziqabop
narsalarga termachilik, gala yoki guruh tarzda ovchilik bilan band bo‘lgan. Ular
o‘zlarining mehnat qurollariga yarasha tabiat oldida juda ojiz bo‘lib, faqat tabiat
bergan in’omdan foydalanishni bilishganlar. Ammo, har doim o‘zlarining mehnat
qurollarini takomillashtirib, guruhlararo madaniy aloqalar o‘rnatib, taraqqiyot sari
ilgari intilib yashaganlar va asta-sekin, qadamba-qadam yuksak madaniyatga erisha
borganlar. Bu tarixiy jarayonni O‘rta Osiyo va Qozog‘iston arxeologik manbalarda
ham kuzatish mumkin bo‘ldi. Shuningdek, yuqorida aytilgandek O‘rta Osiyo va
Qozog‘iston hududlarida ilk paleolit davrida yashagan kishilar to‘da-to‘da bo‘lib
yashagan. Bu tipdagi qadimgi odamlarni-arxantroplar nomi bilan fanga kiritilgan.
Arxantroplar oilasiga zinjantrop, petekantrop va sinantroplar kiradi. O‘rta Osiyo
va Qozogistondan zinjantropga zamondosh odamlar vakillari hozircha topilganicha
yo‘q. Zinjantroplardan keyin yashagan odamzod ajdodi pitekantrop bo‘lib, ular
bundan qariyb 1 million yillar burun yashagan. Uning zamondoshi ham hozircha
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududlarida topilib o‘rganilmagan. Pitekantrop
odamlardan keyin sinantroplar yashagan. Bu tipdagi odamzod vakillari bundan
500-600 ming yilliklarda yashagan. Bu odamlarning ilk izlari dastlab Xitoydan
topilgan bo‘lib, ularni olimlar sinantroplar (xitoy odami) deb fanga kiritdilar. O‘rta
Osiyoning Farg‘ona vohasida, Selung‘ur g‘oridan topilgan ilk ajdodlarimiz
vakiliga «Farg‘ona odami» deb nom berildi va bu odam zoti sinantroplar bilan
zamondosh bo‘lganligi haqida mulohazalar mavjud. Ammo, O‘rta Osiyo va
Qozog‘iston hududlaridan ilk paleolitga oid odamzodning fanda ma’lum bo‘lgan
barcha vakillari topilmagan bo‘lsa-da, biroq, shel-ashel davrlariga molik
yodgorliklar esa topilib o‘rganilgandir. Sinantroplar odatda tabiiy g‘orlarda
yashagan. Ammo, ularning manzilgohlari ochiq joylarda ham topilib o‘rganilgan.
Ma’lum bo‘lishicha sinantroplar olov bilan tanish bo‘lgan. Masalan, ularning
qoldiqlari topilgan makonda hayvon suyaklari, mehnat qurollari bilan birga qalin
kul, gulxan qoldiqlari kuzatilgan. Olov kishilar turmushida muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan. Sinantroplarga zamondosh ibtidoiy odam ajdodlarining manzilgohlardan
iborat bo‘lgan izlari O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududlarining ko‘pgina
joylaridan topilgan bo‘lib, ular haqida matnimizda ma’lumotlar berish ko‘zda
tutilganligi ma’lum. Bu odam zotlari ashel davrida to‘da-to‘da bo‘lib, turmush
kechirganlar. Hikoya qilayotgan davrda shimoliy Ovropaning keng hududlarini
qalin muzliklar qoplagach bu tabiat hodisasi Markaziy Osiyo hududlariga ham
ta’sir qilmasdan qolmagan. Shu sababdan Markaziy Osiyo tabiat iqlimi ham sovib,
ayrim hududlarni, ayniqsa tog‘ va tog‘oldi tumanlarini muzliklar qoplagan. Bu
haqda Selung‘ur g‘oridan olingan muzlik haqidagi yangi ma’lumotlar ham
guvohlik beradi. Bu zamonda, ayrim hududlarda esa to‘xtovsiz yomg‘irlar bo‘lib
turgan. Ashel davri, olimlarining fikriga ko‘ra ibtidoiy to‘da davrining o‘rta
bosqichiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda inson guruhlarining yashash tarzi qiyin
kechgan, chunki ularning ov va mehnat qurollari nihoyatda sodda bo‘lganligida
ham edi, ularning kundalik tirikchiliklari oziqaga yaraydigan barcha narsalar
bo‘lib, odatda yovvoyi daraxtlarning mevalari, totlik o‘simliklarning ildizlari,
shuningdek, qurt-qumirsqa va mayda jonivorlarni ham iste’mol qilishga majbur
bo‘lishganlar. Buning muhim sabablaridan yana biri ov o‘ljasi har doim mavjud
bo‘lmagan. Bu davrda kishilar o‘z mehnat qurollarini asosan toshdan,
ko‘pincha esa chaqmoqtoshdan hamda qattiq daraxt shohlaridan, hayvon suyak va
shoxlardan yasashganlar, ammo toshdan boshqa ashyolar bizgacha etib kelmagan,
uzoq zamonlarning o‘tmishi tufayli ham ular bizgacha saqlanmagan. Toshdan
yasalgan bu qurollar mutaxassis paleolitshunoslar tomonidan har tomonlama
o‘rganib chiqilgan. Xususan, XIX asrning 2-yarimida Fransiya olimlari bu sohada
ilg‘or edilar va bir qancha makonlar topilib o‘rganilgan bo‘lib, ular birinchi bor joy
nomi bilan boqliq atalinib ashel qurollari va davri nomi bilan fanga kiritilgan edi.
Ashel tarzidagi qurollar, aslida qo‘l cho‘qmoridan iborat bo‘lib, uning shakli yassi
tuxumsimon bo‘lib, ishchi tomoni birmuncha uchqirroq, bir necha kertish usuli
bilan o‘tkirlangan holatda bo‘ladi. Bu kabi qo‘l cho‘qmoridan universal tarzda
foydalanilgan. To‘g‘ri, ashel davrida qo‘l cho‘qmorlarining turlicha shakllari
mavjud edi. Ashel davrini sanalash haqida olimlar orasida turlicha mulohazalar
mavjuddir. Ammo, paleolitshunoslar va to‘rtlamchi davr geologiyasi bilan
mashg‘ul bo‘lgan olimlarning hisobiga ko‘ra, ashel davri bundan 1 million yillar
burun boshlanib, mil. avv. 200-100 minginchi yillarga qadar davom etgan uzoq
zamonlarni o‘z ichiga oladi. Umuman, Markaziy Osiyo ilk paleolit davrining
tabiiy jo‘g‘rofik muhiti geolog olimlarning xulosalariga ko‘ra, bu hududlar
tabiatining yozi issiq va quruq, qishi sovuq, yog‘ingarchilikning nisbatan kamchil
bo‘lganligi bilan e’tirof qilinadi. Xuddi, ana shu davrda Markaziy Osiyoning
hozirgi cho‘l va dashtlari er usti tuzilishi (landshafti) shakllangan va shu
landshaftga xos hayvonot va o‘simliklar dunyosi tashkil topadi. Ashel davrining
so‘nggi vaqtlariga kelib esa tabiiy sharoit keskin soviy boshlagan. Ayniqsa,
Ovropaning shimoliy mintaqalarini qalin muzliklar qoplab olgan edi. Markaziy
Osiyoda esa, asosan uning tog‘lik mintaqalarida muzliklar hosil bo‘lib, mo‘l suv
oqimlari oqibati sababli daryolar va ular bilan bog‘liq vohalar vujudga kelib, er
ustining shakllanishiga sabab bo‘lgan. Markaziy Osiyo muzliklari asosan tog‘lik
hududlarda bo‘lib, vohalarda ham ularning oqibatlari kuchli bo‘lgan. Bu
muzliklarning izlari baland tog‘larda uzoq saqlangan va hozirgi vaqtda ham
mavjud. Markaziy Osiyoning vohalarga aylangan tumanlarida hamda ular bilan
bog‘liq past tekisliklarda esa uzluksiz yog‘ingarchiliklar tufayli iqlimining goh
sovushi, goh isishi hollari sodir bo‘lgan. Demakki, bu tabiat o‘zgarishlari bilan
bog‘liq o‘simliklar hamda hayvonot dunyosi tarkibida ham ma’lum o‘zgarishlar
yuz bergan. Xullas, tig‘is o‘rmonlar o‘rnini cho‘l, dasht mintaqalariga xos
o‘simliklar dunyosi egallaydi. Markaziy Osiyoning ana shunday tabiiy iqlim,
ekologik sharoitida vujudga kelgan o‘zgarishlar tufayli bu keng mintaqaning
ayrim hududlarida eng qadimgi ajdodlarimizning makon topishiga imkoniyat
tug‘ildi va bu ajdodlarimizning turmush zaruriyatidan kelib chiqib, o‘z mehnat
qurollarini har doim takomillashtirishda bo‘lganlar. O‘rta Osiyo, xususan, Farg‘ona
vodiysining Sux tumanida o‘rganilgan Selung‘ur g‘or makoni, Toshkent viloyati,
Ohangaron vohasida o‘rganilgan ko‘p ma’dan qatlamlarga esa Kulbuloq,
Tojikistondagi Laxutiy makonlarining manbalari bu fikrimizdan dalolat beradi.
Olimlarning xulosasiga ko‘ra, Selung‘ur g‘or makonida yashagan ilk ajdodlarimiz
sinantroplarga zamondosh ekanligi va O‘rta Osiyo hududi, ilk bor odamlar paydo
bo‘lgan mintaqalar qatoriga kirishi haqidagi fikrlar ma’qullanmoqda. Ayni vaqtda,
tadqiqot ishlarini olib borayotgan O‘zbekiston olimlari Kulbuloq makonining ilk
qatlamlari bergan mehnat qurollari ham zikr etilgan davr kishilari madaniyatidan
iboratligi e’tirof qilinmokda. Fanimizning ushbu o‘qilgan ma’ruzalar matniga
xulosa tarzida shuni ta’kidlashga asos borki, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston insoniyat
olamida juda qadimdan madaniyati rivojlangan, tarixi boy mintaqalardan biri ekan.
YUqoridagi zikr etilgan manbalar bu fikrni tasdiqlaydi. Endilikda bu hududlar
jahonda odamzodning ilk ajdodlari makon topgan mintaqaga kiradi. Bu
kashfiyotlar esa arxeolog olimlarimizning jahon tarixiga qo‘shgan munosib
hissasidir. Olimlarning ko‘p yillik tadqiqotlari shu jarayonni ko‘rsatdiki,
odamzodning paydo bo‘lganidan to hozirgi davrga qadar bo‘lib o‘tgan tarixi bir
tekisda rivojlanishda bo‘lmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |