Milliy universiteti p. Habibullayev nomidagi fizika fakulteti



Download 0,5 Mb.
bet7/9
Sana14.02.2022
Hajmi0,5 Mb.
#448409
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ahmadov Nursulton Kurs ishi3

II BOB.Asosiy qism.
2.1 Kompozitsion materialning olinish usullar.

Polimer kompozit materiallarni olish usuli haqidagi masala doim bir vaqtning o’zida kerakli komponentalami tanlash va unga mos texnologiyalarni qo’llashni topishdan iborat, chunki texnologiya ham, KM komponentalari ham o’zaro bog’liq.


Tolali to’ldiruvchilardan foydalanilganda ma’lumki, maxsulot olish jarayoni KM tayyorlash jarayoni bilan moslashtirilgan bo’ladi. Uglerod tolasidan maxsus shaklga solingan mato yoki to’qimani suyuq bog’lovchi- matritsaga solinadi. Keyin turli usullarda hosil qilinadigan past bosimlarda yoki bosimsiz ma’lum
harorat tizimida qotish jarayoni ro’y beradi.
Formalash usuli (shakl berish) - ugleplastiklar olishda asosiylardan biri bo’lib, u turli-tuman texnologik shakllarni o'z ichiga oladi. Sinchlangan plastiklardan (masalan naycha) ba’zi bir ko’rinishdagi maxsulotlarni olishdagi boshqa bir usul, bu maxsulotni uzluksiz o'rashdan iborat. Ularda iplar, to’qima va to’g’rilagichlardan foydalaniladi. O’ramdan bo’shab, ular suyuq matritsali
vannadan o’tib namlanadi va aylanadigan metal o'zakka o'raladi. Shunday qilib aytish kerakki, sinchlangan KM tayyorlash texnologiyasi usullari maxsulot shakliga, to’ldiruvchi turiga va bog’lovchiga (matritsa) bog’liq. Yuqorida ko’rsatilgan usullardan tashqari yana vakuum kontaktli, markazdan qochma, qo’lda shakl berish va boshqa usullar ham qo’llaniladi. Oxirgi bosqich - qotish. Uning sharti tanlangan bog’lovchi turi bilan aniqlanadi (sovuq va radiatsion kimyoviy qotishma, yuqori chastotali qizdirish va boshqalar). Termoplastik polimerlar asosida KMni to ’ldirishda polimerlar kukunini aralashtirib yoki ular granulalarini plastmassalarni odatdagi ishlovi usullari bilan aralashtirib olinadi (presslash, bosim ostida quyish, ekstruziya (vallarga o’rash) va boshqalar). Uzluksiz tolalar bilan sinchlangan yoki chiziqli termoplastik polimerlar to'qimasi bilan sinchlangan materiallar hali keng qo’llanishga o’tmadi. Chunki, suyuq bog’lovchilarga yaraydigan usulni termoplastlar uchun qo’llab bo’lmaydi. Ular suyuq yopishqoq holatga nisbatan yuqori haroratlarda o’tadi. Shu nuqtai nazardan uglerod tolasi asosidagi to ’qimalar bilan sinchlangan termoplastlar olishni shimdirilmaydigan usuli qiziqarlidir. U uglerodli va sintetik tolani birgalikda to’qishga asoslangan.
Olinadigan to’qima ip k o’rinishidagi termoplastik bog’lovchini uglerod bilan eshilgani bo’ladi. Olingan to’qima ixtiyoriy shaklda tayyorlashga moyil bo’ladi.
Organik tolani bosim ostida yoki tutashuv ostida erish haroratidan yuqoriroq haroratda qizdirilsa, u o’z strukturasini yo’qotib, suyuq bog’lovchi holatiga o’tadi. Sovitishda bog’lovchini qattiqlanishi yoki kristallanishi ro’y beradi va natijada monolit kompozit hosil bo’ladi. Termoplastdan bunday usulda KM olishning afzalligi shundaki, sinchlovchi to ’ldiruvchiga ixtiyoriy yo’nalish berish mumkin. Bu esa, term oplast asosida faqat izotrop b o’lmay, balki anizotrop plastiklar ham olish imkonini beradi. Boshqa afzalligi esa, termoplastga odatdagi usullar bilan kiritiladigan to’ldiruvchi miqdori bu usulda ancha yuqori bo’lishidir. Adabiyotlarda berilgan miqdordagi to’ldiruvchisi bo’lgan materialni elektr o’tkazuvchanligini orttirishni yangi texnologik usullarini ishlab chiqishga bag’ishlangan ishlar talaygina. Ular ichida e’tiborni tortadigan usullar magnit va elektr maydonda ishlov berish, yuqori chastotali va impulsli, ham da uchqun
razryadli ishlovlar berishdir. Solishtirma qarshilikni anchagina pasaytirishga binar
to’ldiruvchilar kombinatsiyasini qo’llash bilan, ya’ni yuqori dispersli o’tkazuvchan to’ldiruvchi va dag’al dispersli (o’tkazmaydigan va o’tkazuvchan) to’ldiruvchilar aralashmasi orqali erishiladi. Termoplast asosidagi o’tkazuvchan KM yaratish sohasida erishilgan yutuqlar bir komponentali matritsa o’rniga o’zaro mos
kelmaydigan polimerlar aralashmasidan foydalanish bilan bog’lanadi. Yangi istiqbolli usullardan biri polimerlanishda to’ldirish usulidir. Unda to’ldiruvchi zarrasi qo’shilgan holda monomerdan polimer sintezlanadi. Uning sirtiga oldindan katalizator surtiladi va polimerlanish jarayoni bevosita to’ldiruvchi zarrasi sirtidan
boshlanadi. Shunday binar to’ldiruvchilar kombinatsiyasini qo’llash bilan, ya‘ni yuqori dispersli o’tkazuvchan to ’ldiruvchi va dag’al dispersli (o’tkazuvchan va o’tkazmaydigan) to’ldimvchini matritsa bilan jips tutashuvi orqali ancha tekis taqsimlanishiga erishiladi. Istiqbolli usullardan yana biri, polimerlarni metallar bilan to’ldirishdir. Bunda to’ldiruvchi zarrasi polimer qo’shilgan holda shakl oladi. Bu usul tuzlarni oqimga qarshi diffuziya usuli bilan metallar va ular tuzlarini tiklashga va bevosita polimer matritsada tiklovchi bo’lishiga asoslangan. Matritsa sifatida suvda bo‘kadigan polimer (PVS), yoki g’ovak polimer, masalan,
kreyzin mexanizmi bo’yicha shakllangan g’ovakli strukturali polimer olinadi. Bu usul polimerni fizik faol suyuq muhit mavjudligida sovuqda tortib olish bilan amalga oshiriladi. Bunda polimerda plastik deformatsiyalangan polimeming maxsus zonalari kreyzlar, y a’ni yo’nalgan makromolekulalarning fibrillari bilan ajratilgan m ikrog’ovaklar hosil bo’ladi. Mikrokovaklar strukturasi va miqdori deformatsiya rejimiga, haroratga va boshqa faktorlarga bog’liq. Yangi usul matritsadagi to’ldiruvchi miqdorini, to’ldiruvchi zarralari taqsimoti xarakterini va ular o’lchamlarini boshqarish imkonini beradi. KMning oxirgi xossalari foydalanilgan to’ldiruvchi turiga, olinish usuliga juda kuchli bog’liqligi 1.12 va 1,13-rasmlarda yaxshi ko’rsatilgan:

a) kukunsimon polimer bilan qurum aralashmasini siqib, b) sharli tegirmonda qurumni toluoldagi polimer eritmasi bilan bug’lantirib, parda olib, so’ng pardani maydalab siqiladi. v) qizdirilgan baraban vallari orasidan qurum va polimer aralashmasini o'tkazib, ya’ni kalandrlab, maxsulotni maydalab siqiladi. Birinchi holda 1.12-rasmdagi kabi strukturalangan tizim hosil bo'ladi (a variant). Erigan modda bilan, qurumni aralashtirish yuqori strukturali qurum agregat (tuzilma)lami maydalashga yordamlashgani uchun oqim chegarasi ancha kattalashadi variant). Eritmada aralashtirish (b variant) evaziga KM hajmida
qurumli agregatlarni bir tekis taqsimlanishiga erishiladi.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish