Ekzistensializm falsafasi XX asr boshlarida Germaniyada yuzaga keldi. Bu davrda
ijtimoiy-siyosiy sharoitlar Birinchi Jahon urushidan sо‘ng ancha murakkab edi. Germaniya
urushda qattnashgan asosiy davlatlardan bо‘lib, bu urushda yengilishi munosabati bilan ichki
siyosiy-iqtisodiy ahvol nihoyatda og‘ir edi. Mamlakatda ishsizlik, iqtisodiy tanglik keng
miqyosda tarqalgandi. Germaniyaning ziyoli tabaqa vakillari ruhiy inqirozga yuz tutgan edilar.
56
Bunday sharoitda yangi falsafiy g‘oyalarning shakllanishi va ularning yangi falsafiy
oqimga aylanishi muqarrar edi. Ekzistensializm falsafasi aynan shu oqimlardan biri bо‘ldi. Lekin
bu falsafa, albatta, bо‘shliqda paydo bо‘lgani yо‘q. Uning nazariy va g‘oyaviy asoslari
S.Kyerkegor va A.Shopengauerning tushkunlik falsafasi, N.Berdyayevning romantik va mistik
qarashlari,
F.Nitsshe
va
V.Dilteyning
“hayot
falsafasi”dir.
Badiiy
adabiyotda
ekzistensializmning shakllanishiga Kafka, Mark Avreliy, F.Dostoyevskiylarning ijodi katta ta’sir
kо‘rsatdi.
Ekzistensionalizm falsafasida "ekzistensiya" tushunchasi asosiy tushunchalardan biri
hisoblanadi. "Ekzistensiya" - "mavjudlik" degan ma’noni anglatadi. Bu tushunchaning
shakllanishida neokantchilikning ham ta’siri bо‘lgan. Ayniqsa,"ekzistensiya" tushunchasi
Kantning "narsa о‘zida" tushunchasiga о‘xshab ketadi. Kant falsafasida "narsa о‘zida" biz uchun
sirli bir olam bо‘lib qolganday va bu sirli olamga о‘tish, ya’ni Kantning iborasi bilan
"transendensiya" sodir bо‘lishi qanday mushkul bо‘lsa, ekzistensionalizm falsafasida ham inson
borlig‘ini bilish va shu borliqning ichki mohiyatini tushunish nihoyatda qiyin. Bu qiyinchilikning
sababi nimada?
Ekzistensionalizm borliq va inson borlig‘i masalasini kо‘taradi va bu borliq insondan
tashqarida bо‘lganligi uchun inson bu borliqni idrok eta olmaydi va u haqida hech narsa deya
olmaydi. Biz bu yerda ingliz faylasufi Jorj Berklining qarashlariga о‘xshash mulohazalarga duch
kelamiz. Berkli "butun olam mening his-tuyg‘ularim" - deganiday, ekzistensializm ham
insonning his-tuyg‘ulari chegarasidan chiqib bо‘lmaydi, deb ta’kidlaydi. Berklining bunday
dunyoqarashi solipsizmga olib keldi, ya’ni bu olamda mendan boshqa hech narsa yо‘q degan
falsafiy fikrni keltirib chiqardi. Solijizm nuzog‘iga tutilmaslik uchun ekzistensionalizm
falsafasining asoschilari insondan tashqaridagi borliq masalasini e’tiborga olishmadi. Ular
borliqqa emas, inson mavjudligiga diqqatlarini qaratdilar
.
Inson borlig‘ini "ekzistensiya" deb
atadilar. Insonning mavjudligida hayotning mohiyati ochilmaydi. Biz inson borlig‘ining moihyati
nimada degan savolni о‘rtaga tashlay olmaymiz. Shuning uchun ham inson hayotining
mavjudligi, mohiyati, mazmuni biz uchun sir bо‘lib qolaveradi.
Nega degan savol tug‘iladi?
Bu savolga javobni ekzistensialistlar insonning begonalashuvidan axtaradilar.
Dastlab, inson tabiat kо‘ynida yashar ekan, uni о‘zidan ajratmaydi va tabiatning bir qismi
sifatida mavjuddir. Lekin kо‘hna о‘tmishning bu davri uzoqqa chо‘zilmaydi. Inson tafakkuri
taraqqiyoti natijasida u sun’iy tabiat yaratib, о‘zini tabiatdan ajrata boshladi. Bu begonalashish
jarayoni xususiy mulkning shakllanishi, shaharlarning paydo bо‘lishi natijasida nihoyatda
kuchayib bordi. Inson aqli yaratgan fan va uning yutug‘i bо‘lgan texnika begonalashish
jarayonining kuchayishiga olib keldi. Qachonlardir yagona bо‘lgan odamzod millatlar, elatlar va
davlatlarga bо‘linib ketdi. Natijada inson, ham tabiatdan, ham kishilik jamiyatidagi о‘zaro
qardoshlik aloqalaridan begonalashib qoldi. Bu begonalashishning ikkinchi bosqichi bо‘ldi.
Ekzistensialistlar fikricha, begonalashish jarayonining uchinchi bosqichi hozirgi zamonda
davom etmoqda. Bu bosqichda inson о‘zining ichki olamidan, о‘zining hayotidan, mazmunidan
ham begonalashib qolmoqda.
Inson о‘zining botiniy tabiatini yо‘qotib, faqat zohiriy tabiatda yashab, unga moslashib
bormoqda. Inson tobora о‘zining ichki hissiyotlarini yо‘qotib jamiyat mashinasining bir
zarrachasiga aylanib qolmoqda.
Demak, ekzistensialistlar fikricha, inson jamiyatda о‘zining qandaydir rolini bajarib boradi.
Bu xilma-xil niqoblar ortida insonning asl qiyofasi yashirinib yotadi. Bu asl qiyofa qachon
ochilishi mumkin. Bu qiyofa zaminida yotgan inson mohiyati qachon yuzaga chiqadi? Bu masala
ekzistensionalizmni nihoyatda qiziqtirib keldi. Ekzistensializm falsafasi inson о‘z hayotining
mohiyati va ma’nosini anglashi uchun, u erkinlikka va erkin tanlash huquqiga ega bо‘lishi kerak,
degan fikrlarni ilgari surdi. Lekin inson bu erkinlikni su’istemol qilib, bilim mevasidan tatib
kо‘rdi va shu bilan gunohkor bandaga aylandi. Uning gunohi bilimga ega ekanligidir. Shu bilim
orqali inson о‘zining fojiasiga о‘zi sabab bо‘ldi.
Demak, inson hayot mohiyatini bilishga emas, balki shu hayotda yashash, mavjud
bо‘lishga intilishi kerak. Borliqdagi barcha jarayonlar Sartr ta’limotiga kо‘ra, "narsa о‘zida"
57
bо‘lib qolaveradi va biz ularning sirini ocholmaymiz. Hatto, ilm-fan ham narsa va hodisalarni
faqat yuzaki hodisa sifatida о‘rganadi. Ularni harakatga keltiruvchi birlamchi kuchlarni va
birlamchi sabablarni metafizika, deb atab, nazarga ham ilmadi. Natijada olamdagi barcha voqea
va hodisalar inson tomonidan sir, maxfiy "shifr"larga aylanib qoldi. Bu sirlar, maxfiy shifrlar
ichida insonning о‘zi ham bir katta sir bо‘lib qoldi.
Xaydegger fikricha, inson ichki mohiyatining ochilishiga yordam beruvchi vositalar
tasviriy san’at va musiqadir. Aynan shu sohalarda inson tabiatida yashirinib yotgan ijodkorlik
kuchlari yuzaga chiqadi.
Ijod qilish, yangilik yaratish inson tabiatidagi eng katta mо‘jizadir. Inson jamiyatda о‘z
о‘rnini topaolmasa, bu ijodkorlik kuchini yuzaga chiqara olmaydi. Uning qalbida yashirinib
yotgan marvarid, xuddi dengiz tubida yashirinib yotgan marvaridday о‘z nurini hech kimga
yog‘dira olmaydi. Inson qalbi yashirin qolar ekan, undagi nur ham xiralashadi. Qalbi yashirin
insondan tashkil topgan jamiyat esa yopiq jamiyatga aylanib qoladi. Bunday jamiyatda inson ijod
qilishdan mahrum bо‘lib qoladi. U faqat moddiy manfaatlarga intilib yashaydi. Uning moddiy
manfaatlari va ehtiyojlari birin-ketin paydo bо‘lib, hech vaqt tugamaydi. Bu manfaatlar ketidan
intilgan shaxs hech vaqt о‘z maqsadiga erisha olmaydi.
Ekzistensial faylasuflar fikricha, hozirgi jamiyatdagi inson hayotga bо‘lgan qiziqishini
tobora yо‘qotib bormoqda. U tabiatning gо‘zalligini ham, boshqa insonlar kayfiyatini ham his
qilmaydi. Inson faqat aqli bilan yashar ekan, aql uni faqat о‘z manfaatlarini kо‘zlashga undaydi.
Natijada inson hayotidan ezgulik о‘rniga faqat foyda axtaradi. Bunday odamning ongi
dasturlashtirilgan mashinaga, kompyuterga о‘xshab qoladi. Inson ham kompyuterga о‘xshab,
ichki beg‘ubor hissiyotlaridan mahrum bо‘lib qoladi. Bunday odamlarga hayot zerikarli,
ma’nosiz bо‘lib tuyuladi. Yurakdagi bolalarga xos bо‘lgan samimiylik va hayratlanish
xususiyatlarini saqlab qolgan odamlar hayotning gо‘zalligini his qilishi mumkin.
Xaydegger fikricha, inson о‘z qо‘llari bilan yaratgan narsalardagina joziba, iliq saqlanadi.
Inson bu narsalarni yaratishda ularga о‘z mehrini, ruhiyatini beradi. Hozirgi zamonaviy sanoat
mahsulotlari esa inson bilan bunday ruhiy aloqani yо‘qotgan va natijada inson о‘zi yaratgan
moddiy olamdan ham begonalashib qolib, narsalardan faqat manfaat keltirish jihatidan
foydalanadi.
Insonning asl qiyofasi faqat ayrim sharoitlarda yaqqol ochilishi mumkin. Bunday
sharoitlarni ekzistensionalistlar chegaradosh vaziyat deb ataydilar.
О‘lim va hayot о‘rtasidagi chegara, insonning ichki va tashqi olami о‘rtasidagi va
insonning mavjudligi va haqiqiy borlig‘i mohiyati о‘rtasidagi chegara nihoyatda murakkab
bо‘lib, bu tushunchani ochib berish uchun ekzistensionalistlar insonning ichki olamiga, erkinlik
masalasiga diqqatlarini jalb etdilar.
J.P.Sartr va A.Kamyu asarlarida insonning erkinligi, erkin tanlash huquqi asosiy
muammolardan biridir.Sartr Ikkinchi Jahon urushi davrida fashistlarga qarshi "Ozodlik"
harakatida faol qatnashib nihoyat boy tajribaga ega bо‘lgan. Bu harakatda vatanparvar
qatnashchilar bilan bir qatorda sotqinlar ham bо‘lgan. Ularni bunday qilishga majburlagan xolat
о‘lim oldidagi qо‘rquvdir.
Sartrning fikricha, о‘lim muqarrar bо‘lgan xolatda ham insonda erkin tanlash imkoniyati
bor. Agar inson о‘z erkinligidan voz kechsa, bu о‘limdan ham og‘irroqdir, deb hisoblaydi.
Qisqacha aytganda, о‘lim haqiqatdir. О‘lim arafasida insonning ichki kechinmalarida
keskin о‘zgarish sodir bо‘ladi. Bu о‘zgarish natijasida inson avval anglab yetmagan narsalari
birdaniga о‘z-о‘zidan ravshanlashadi. Inson uchun yaxshilik va yomonlik ortida yotgan cheksiz
olam ochiladi. Barcha narsalardagi ziddiyatlar birdaniga birlashadi. Yaspersning fikricha, о‘lim
bilan bir qatorda parokandalik xolatida ham inson mehr qо‘ygan narsalaridan ajralar ekan,
bulardan ham ustun turadigan qadr-qimmat borligini his qiladi. Bu qadriyat moddiy boylik
bо‘lmay, beqiyos cheksiz ummondir. Bu ummonni qalb xotirjamligi, ichki sokinlik deb ham
atashimiz mumkin. Bu ichki sokinlik oldida hayot bо‘ronlari kuchsizdir. Ichki sokinlikning о‘zi
buyuk bir olamiy kuchdir. Yaspers fikricha, bu ichki sokinlik xotirjamlik olamiga esankiratib
qо‘yadigan yо‘qotishlar, ajralishlar natijasida kirish mumkin. Bunday zarbalarga faqat qalbda